Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
QATLAMLARARO BOSIMLI-ARTEZIAN SUVLAR
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
14.2. QATLAMLARARO BOSIMLI-ARTEZIAN SUVLAR
Bu xildagi yer osti suvlari asosan tektonik jihatdan botiq hudularga mansub bo‘lib, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan ikki qatlam oralig‘idagi tog‘ jinslari g‘ovaklarini va yoriqlarini butunlay suv bilan to‘ldirgan holatda bo‘ladi va doimo ma’lum darajadagi gidrostatik bosim ostida yotadi (14.1-rasm). Bunday qatlamlararo suv sathiga burg‘i quduqlari qazib tushirilgan taqdirda, suv yuqoriga qarab ma’lum balandlikka qadar ko‘tariladi. Suvli qatlamni yuqorigi chekkasidan boshlab ko‘tarilgan suv balandligi gidrostatik bosim deb, ochilgan burg‘i qudug‘i bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan (H 1 va H 2 balandlikka) suv sathi (H 1 —H 1 ) pyezometrik yuza 14.1-rasm. Artezian suvining paydo bo‘lish sxemasi (A.M.Ovchinnikov bo‘yicha). 1 — suvli qatlam; 2 — o‘zidan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinsi qatlamlari; 3 — artezian suvining pyezometrik sathi; A — artezian suvining tarqalish chegarasi; a — artezian suvining oziqlanish oblasti; b — artezian suv bosimi vujudga kelish oblasti; d — artezian suvini sarflanish oblasti; B — grunt suvlari tarqalish hududi; H 1 — suv bosimining yer yuzasidan baland sathi; H 2 — suv bosimining yer yuzasidan pastki sathi; N—N 1 — suvning pyezo- metrik yuzasi; m — suvli qatlamning qalinligi. 2 2 0 14.2-rasm. Qatlamlararo bosimli suvlarni burg‘i qudug‘i orqali yer yuzasiga fontan bo‘lib otilib chiqish holatlari (M.E.Altovskiy bo‘yicha). I. ab — fontan balandligi; II — suvni quvurlar orqali burib gorizontal (A) yo‘naltirilishi: ab va de suv debitini o‘lchash vaqtidagi masofa. deb ataladi. Qatlamlararo bosimli suvlar ba’zan yer yuzasidan ancha balandlikkacha fontan bo‘lib otilib chiqishi ham mumkin (14.2-rasm). Yer yuzasiga tabiiy bosim ostida fontan bo‘lib otilib chiquvchi suvlar qadimgi Misrda va Gretsiyada bundan 4000 yil avval ma’lum bo‘lgan. Yevropada esa o‘zi otilib chiquvchi suv Fransiyaning Artua provinsiya- sida (Qadimgi Arteziyada) 1126-yili ochilgan. Shuning uchun yer osti suvlarining bu turi artezian suvi nomi bilan, suv chiqarib olish uchun qazilgan burg‘i quduqlari artezian quduqlari nomi bilan atalib kelinadi. Bosimli suv vujudga kelish oblastida u avval grunt suvi holatida bo‘lib, vujudga kelish oblastidan uzoqlashgan sari suv bosimi tobora oshib artezian suvi holatiga o‘tadi. Botiq geologik strukturalardagi bosimli suv tarqalgan oblast artezian suvi havzasi deb ataladi. Havzaning artezian suv oqimi vujudga kelgan qismi uning oziqlanish oblasti deyilib, yer yuzasiga tabiiy oqib chiqish oblasti esa artezian suvining tabiiy sarflanish oblasti deyiladi (14.2-rasm). Artezian suvlar tabiiy holatda, qatlamlararo bosimsiz suvlarga nisbatan ko‘p yillik, yillik suv rejimini doimiyligi bilan ajralib ham turadi. Artezian suv rejimiga asosan odamlarning xo‘jalik faoliyatlari katta ta’sir ko‘rsa- tadi. Chunki yer ostidan har yili katta miqdordagi suv chiqarib olinib, ichish, davolash, kimyoviy moddalarni (yod, brom va boshqa har xil tuzlarni) ajratib olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladi. Natijada artezian suvining tabiiy sathi pa- sayishi, zaxirasi kamayishi holatlari sodir bo‘ladi. Jumladan, Moskva artezian havzasida artezian suvining tabiiy sathi 40—90 m ga Sankt- 2 2 1 Peterburg 50 m ga, Kiyevda 63 m ga, Londonda 100 m ga, Parijda 120 m dan ortiq chuqurlikka pasaygan (Sedenko, 1979). Bunday holat mam- lakatimizning Toshkent, Farg‘ona va boshqa artezian havzalarida ham kuzatiladi. Artezian suv havzalaridagi yoki ularning ba’zi qismlaridagi suvlarning yotish chuqurligini, harakat yo‘nalishini, gidrostatik bosimini, gidravlik qiyaligini, fontan bo‘lib otilib chiqishi mumkinligini xarakterlash uchun pyezoizogips sath, izogips xaritalari tuzib boriladi. Pyezoizogips sath xartasida pyezoizogips sath pyezoizogips chiziq holatida ko‘rsatiladi. Pyezoizogips chiziq mutlaq yoki nisbiy balandlikdagi bir xil nuqtalarni birlashtiradigan chiziq hisoblanadi (14.3-rasm). Izogips xaritasi esa o‘zidan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari qatlamlarining yuqorigi mutlaq balandlikdagi nuqtalarini birlashtiruvchi chiziqlar o‘tkazish yordamida tuziladi. Yer osti suvlari mutlaq balandlikdagi yuqori pyezoizogips chizig‘i tomonidan mutlaq balandligi past tomonga qarab harakat qiladi. Artezian suvlarining oqish yo‘nalishi bosim kuchi yo‘nalishiga ko‘ra, ya’ni pyezoizogipslarga perpendikular holatda yo‘nalgan bo‘ladi. 14.3-rasm. Pyezoizogips xaritasining sxematik ko‘rinishi (M.V.Sedenko bo‘yicha). 1 — yer yuzasining bir xil mutlaq balandlik nuqtalaridan o‘tuvchi gorizontal chiziqlar; 2 — artezian suvlarini bir xil mutlaq balandlikdagi pyezometrik sath nuqtalarini birlashti- ruvchi pyezoizogipslar; 3 — artezian suvlari joylashgan tog‘ jinslari qatlamlarining yuqorigi chegarasidan o‘tuvchi bir xil balandlikdagi nuqtalarini birlashtiruvchi gorizontallar; 4 — artezian suvining harakat yo‘nalishi. 2 2 2 Tabiatda artezian suvlarining asosiy ta’minlanish oblasti ancha uzoqda, tog‘li hududlarda bo‘lsa-da, ba’zan o‘z harakati jarayonida daryo suvlaridan ham oziqlanishi yoki ularni oziqlantirishi ham mumkin (14.4- rasm). Bu artezian suv havzasining tektonik sharoiti va yer usti sath tuzilishi bilan chambarchas bog‘liq holatda sodir bo‘ladi. 15-BOB Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling