Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- GRUNT VA AERATSIYA ZONASI SUVLARI 13.1. AERATSIYA ZONASI SUVLARI
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Yer qobig‘idagi va respublikamiz hududlarida mavjud bo‘lgan yer osti suvlarining miqdori to‘g‘risida gapirib bering. 2. Tabiatda suv aylanishi qanday sodir bo‘ladi? Harakati-chi? 3. Jinslarda kapillar ko‘tarilish jarayoni vujudga kelishiga qanday omillar sababchi bo‘ladi? 4. Yer osti suvlarining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar qaysilar? 5. Yer osti suvlarining xususiy va umumiy klassifikatsiyalari to‘g‘risida tushun- cha bering. Ular bir-birlaridan qaysi jihatlari bo‘yicha farq qiladi? 2 1 2 13-BOB GRUNT VA AERATSIYA ZONASI SUVLARI 13.1. AERATSIYA ZONASI SUVLARI Aeratsiya zonasi suvlariga tuproq va yer yuzasiga yaqin qat usti suvlari kiradi. Tuproq suvlari. Tuproq suvlari yerning eng ustki yuza qismida atmosfera yog‘inlarining (yomg‘ir, qor, jala) hamda havodagi suv bug‘- larining kondensatsiyalanishi va yerga shimilishi, singishi natijasida paydo bo‘ladi (13.1-rasm). Bu suv issiq iqlimli rayonlarda fasliy xarakterga ega. Ko‘pincha havo haroratining ko‘tarilishi bilan bug‘lanib ketishi mumkin. Nam iqlimli hududlarda (Yevropaning shimoliy rayonlarida, G‘arbiy Sibir, Uzoq sharq o‘lkalarida va h.k.) bu suv uzoq saqlanish xususiyatiga ega. Shuning uchun quruq iqlimli hududlarda tuproq suvi- ning bug‘lanishi oqibatida yer sathida oq tuz dog‘lari vujudga keladi. Namli o‘lkalarda tuproq suvi esa organik moddalarga nihoyatda to‘yingan bo‘ladi. Qat usti suvlari. Bu turkumga kiruvchi yer osti suvlarining paydo bo‘lishi aeratsiya zonasida tarqalgan jins qatlamlarining ichida joylash- gan, qalinligi 1—3 m, maydoni bir necha o‘n metr bo‘lgan, o‘zidan suvni yaxshi o‘tkazmaydigan gil qatlamlariga bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Qat usti suvlarining vujudga kelishida tuproq suvlari katta rol o‘ynaydi. Chunki tuproq suvlari o‘z harakati jarayonida aeratsiya zonasidagi suv o‘tkazmaydigan qatlamlarga duch kelib, ana shu qatlamlar ustki qismida yig‘ila boshlaydi (13.1-rasm) va ba’zan katta miqdordagi chuchuk yer 13.1-rasm. Tuproq, qat usti va grunt suvlarining yotish sxemasi (M.X.Drujindan, ba’zi o‘zgartirishlar bilan). 1 — tuproq suvi; 2 — grunt suvlari oqimi vujudga keltirgan qum qatlami; 3 — suv o‘tkazmaydigan qat; 4 — qat usti suvining sathi; 5 — grunt suvi va uning oqim yo‘nalishi; 6 — suv o‘tkazmaydigan gil qatlami; 7 — yer osti grunt suvining yer yuzasiga buloq holatda chiqishi; 8 — grunt suvi sathining depression yuzasi. 2 1 3 osti suvini hosil qiladi. Qat usti suvining yillik zaxirasi shu hududga tushadigan yog‘inning miqdoriga, havo namligiga va haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Qat usti yer osti suvlari bor maydonlarni insonlar bilishgan. Bunday maydonlarda quduqlar qazishib, o‘zlarining xo‘jalik faoliyatlarida suvidan foydalanishgan. Chunki kimyoviy tarkibi bo‘yicha qat usti suvlari aksa- riyat holatlarda chuchuk, kam minerallashgan suvlar guruhiga mansub. Lekin oxirgi yillarda bu suvlar tarqalgan hududlarda ekologik vaziyat o‘zgarishi natijasida suv tarkibi, xossa va xususiyatlari butunlay o‘zgarishi holatlari ham kuzatilmoqda. Qat usti suvlari ba’zan ko‘tarilib tuproq suvlari bilan qo‘shilishib yoki qatlam bo‘ylab pastga qarab harakat qilishi ham mumkin. Birinchi holatda yerning usti qismida zaxlash, botqoqlanish jarayonlari vujudga kelsa, ikkinchi holatda grunt suvlari sathining ko‘tarilishiga, bu holat ham sho‘rlanish jarayonlarini yanada rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Qat usti suvlari kon qurilish ishlarini olib borishda ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Jumladan, shaxta yoki boshqa kon inshootlarini qazib o‘tish jarayonida shu suv qatlamlariga duch kelib qolish kutilmagan qiyinchiliklar kelib chiqishiga olib keladi. Bu holat kon qurilishi lozim bo‘lgan maydonlarning gidrogeologik sharoitiga katta e’tibor berilmog‘i, yaxshilab o‘rganilmog‘ani taqozo etadi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling