Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

12.3. YER OSTI SUVLARINING KELIB CHIQISHI
Yer osti suvlarining kelib chiqishi to‘g‘risida qator fikr va nazariyalar
mavjud. Ulardan eng asosiylari kondensatsiya va infiltratsiya nazariyalari
hisoblanadi.
Kondensatsiya nazariyasining to‘ng‘ich namoyondalaridan bo‘lib Aris-
totel (e.a. III asr), nemis gidrogeologi Folger (XIX asrning ikkinchi


2 0 7
yarimi, 1878- yillar), rus tuproqshunos olimi A. F. Lebedev (1907—1919-
yillar) va boshqalar hisoblanadi. Ularning fikrlarini umumlashtirib
hamda suv bug‘larining yuqori bosimli hududlardan past bosimli
hududlarga qarab harakat qilishini, yoz fasli mobaynida tog‘ jinslari va
tuproq tarkibidagi suv bug‘larining bosimini, atmosferadagi suv bug‘lari
bosimiga nisbatan past bo‘lishini va chuqurlik ortishi bilan bosimning
yanada o‘zgarib borishini hisobga olinadigan bo‘lsa va bu harakat
davomida haroratning o‘zgarishi, suv bug‘larining tog‘ jinslari bo‘shliq-
lariga kirib borishi, undagi havoning suv bug‘lari bilan o‘ta to‘yinishi
hisobiga avval suv tomchilari, so‘ngra suv oqimi vujudga kelish jarayoni
sodir bo‘lishini ko‘ramiz. Bu jarayonni, ya’ni atmosfera bosimi o‘zgari-
shi, issiq havo oqimi sovuq havo oqimi bilan uchrashishi, havoning suv
bug‘lari bilan to‘yinishi natijasida avval suv tomchilari, so‘ngra ma’lum
hajmdagi ma’lum yo‘nalishdagi yer osti suv oqimining vujudga kelishi
kondensatsiya nazariyasining asosini tashkil etadi. Suvning bu zaylda
bo‘lishini ota-bobolarimiz bundan bir necha yuz yillar avval yaxshi
bilishgan. Suvsiz cho‘l hududlarida quduqlar qazish, tosh uyumlaridan
piramidalar qurish yo‘li bilan suv to‘plaganlar (12.7-rasm), millionlab
12.7-rasm. Suvsiz cho‘l hududlarida insonlar tomonidan shurflar qazish yo‘li bilan
suv yig‘ish sxemasi (A.S. Xasanov bo‘yicha, 2003).
1 — quruq tog‘ jins qatlami; 24 — atmosfera bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi
jarayonida issiq va sovuq havo oqimining vujudga kelishi; 3 — shurf devorlarida paydo
bo‘lgan suv tomchilari; 5 — suv tomchilarining yig‘ilishi natijasida paydo bo‘lgan suv.


2 0 8
qo‘y, yuz minglab tuyalarni ana shu suv hisobiga boqqanlar. Bunda
quruq tog‘ jinsi qatlamida qazilgan quduqning chet devorlarida, atmos-
fera havo bosimining sutka davomida keskin o‘zgarishi, hamda atmosfe-
radagi va jinsdagi mavjud suv bug‘lari bosimining va haroratning turlicha
bo‘lishi hisobiga avval suv tomchilari, keyin bu tomchilarning bir-birlari
bilan qo‘shilishi natijasida suv hosil bo‘lishini ular amalda sinovdan
o‘tkazishgan.
Infiltratsiya nazariyasiga asosan yer sathiga tushayotgan yog‘inning
(yomg‘ir, qor, jala) tog‘ jinslari g‘ovaklari, yoriqlari orqali va qatlam-
lari bo‘ylab sizib o‘tib suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha yetib borishi,
ana shu qatlamning ustki qismida yig‘ilishi natijasida hosil bo‘ladi (15.8-
rasm). Bu holda paydo bo‘lgan yer osti suvi infiltratsiya suvi deb ataladi.
Infiltratsiya suvining vujudga kelishi u yoki bu hududga tushadigan
yog‘inning miqdoriga, tog‘ jinslarining g‘ovaklik darajsiga, yer sathi tuzi-
lishiga, uning dengiz sathiga nisbatan absolut balandligiga bog‘liq holda
sodir bo‘ladi. Shuningdek, bu yer osti suvining paydo bo‘lishida yerni
ustki qismida mavjud bo‘lgan daryo, ko‘l, kanal, suv omborlaridagi suvlar
ham qatnashadi. Bu manbalardan suv sizib o‘tishi jarayonida yer ostki
qatlamlarida butunlay yangi yer osti suv oqimi vujudga kelishi yoki
mavjud yer osti suvlari hajm jihatdan boyishi va uning sathi ko‘tarilishi
yuz berishi mumkin.
12.8-rasm. Atmosfera yog‘inining yer qatlamlariga singishi natijasida vujudga kelgan yer
osti suvlari oqimi sxemasi (N.N.Maslovdan, ba’zi o‘zgartirishlar bilan). 1yer osti
suvini paydo qilish hududi; — yer osti suvi va uni oqim harakat yo‘nalishini ta’minlovchi
g‘ovak tog‘ jins qatlami; 3 — suvni o‘zidan o‘tkazmaydigan tog‘ jins qatlamlari; 4 — yer
osti suv oqimining yer yuzasiga buloq holatida chiqishi; — yer osti suvining yer yuzasiga
chiqib, daryo suviga qo‘shilishi va uni to‘yintirish holati.


2 0 9
Yer osti suvlarining vujudga kelishida Yerning chuqur qatlamlarida
yuz beradigan jarayonlar, jumladan: magma yuqoriga ko‘tarilishi vaqtida
ajraladigan suv bug‘larining kondensatsiyalanishi va suyulishi, vodorod
va kislorod molekularining sintez qilinishi, minerallar tarkibidagi suvlar-
ning yuqori bosim va haroratda ajralishi sabab bo‘lishi ham mutaxassislar
tomonidan ko‘rsatilgan. Bunday yo‘llar bilan hosil bo‘ladigan suvlarni
fanda 
yuvenil suvlar deb nomlanadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lishi tog‘
jinslari dastlabki yotqizilish davri bilan bog‘liqligi to‘g‘risida ham ma’-
lumotlar mavjud. Tog‘ jinslari yotqizilish davri bilan bog‘liq bo‘lgan
bunday suvlarni sedimentatsion suvlar deb ataladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling