Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


— kapillar ko‘- tarilish kuchi; N k —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 — kapillar ko‘-
tarilish kuchi; N
k
kapillar ko‘tarilish ba-
landligi.


2 0 5
Kapillar suvlari gilli, jumladan, lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan
hududlardagi mavjud «aeratsiya zonasini» (12.6-rasm), ya’ni grunt suvlari
sathi bilan yer yuzasi orasidagi jins qatlamlarining namligi oshishiga,
ularning mustahkamlik va deformatsiyalanish xususiyatlari o‘zgarishiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, grunt suvlari kapillar suv holatida
yer yuzasiga yaqinlashishi va bug‘lanish jarayonining vujudga kelishi
oqibatida aeratsiya zonasidagi jins tarkibidagi suvda yaxshi eruvchan
tuzlarni yer yuzasiga olib chiqib yotqizilishiga va sho‘rlanishiga ham
sababchi bo‘ladi.
Immobilizovan holatdagi suv gil jinslardagi mavjud bir-birlariga
nisbatan mustaqil bo‘lgan g‘ovaklardagi suv bo‘lib, biron-bir mexanik
kuch ta’sir etmaguncha o‘z holatini o‘zgartirmaydi. Mexanik kuch
ta’sirida esa zarralarning harakati natijasida uning strukturasiga putur
yetadi, jins karkasi buziladi.
12.3-jadval
BA’ZI TOG‘ JINSLARIGA XOS KAPILLAR KO‘TARILISH BALANDLIGI
(Atterberg va F. P. Svarenskiy, V. D. Lomtadze
ma’lumotlari asosida)
Tog‘ jinslari 
Kapillar ko‘tarilish balandligi, sm 
Mayda shag‘al (5—2 mm) 
2,5 
Qum: 
Dag‘al (2—1 mm) 
6,5 
12.6-rasm. Lyoss va lyossimon jinslar «aeratsiya zonasida» kapillar suvlar ko‘tarilishining
vujudga kelish sxemasi: I
 — suv o‘tkazmaydigan tog‘ jins qatlami; II — grunt suvi oqimi
vujudga kelgan qatlam; III
 — aeratsiya zonasi. 1 — grunt suvi sathining yuqorigi chegarasi;
2
kapillar suvi ko‘tarilgan balandlik chegarasi.


2 0 6
Jadvalning davomi
Tog‘ jinslari 
Kapillar ko‘tarilish balandligi, sm 
Yirik donali (1—0,5 mm) 
13,1 
O‘rta yiriklikda (0,5—0,2 mm) 
26,4 
Mayda donali (0,2—0,1 mm) 
42,8 
Mayin donali (0,1—0,05 mm) 
105,5 
Alevrit (0,05—0,02 mm) 
200 
Qumoq tuproq (suglinok)* 
160 
Gil 
90,7—400 
Yengil qumoq tuproq (yengil suglinok) 
196 
* Gil va gilli jinslarda kapillar ko‘tarilishning maksimal tezlik qiymati (sm/sut)
birinchi sutkalarga to‘g‘ri keladi.
Immobilizovan suv gravitatsion suv holatiga o‘tishi ham mumkin.
Lyoss jinslarida yuz beradigan tiksotropiya jarayoni ana shu suv holati-
ning o‘zgarishi oqibatida yuz beradi.
Tabiatda ba’zi minerallarni fizik-kimyoviy xossa va xususiyatlari bilan
bog‘liq bo‘lgan suv turlari ham uchraydi. Bu suvlar seolit, kristallizatsion
va konstitutsion holatidagi suvlardir.
Seolit holatidagi suvlar opal (SiO
2
nN
2
O) va shu turkumdagi mine-
rallarga xos bo‘lib H
2
O molekula holatida uchraydi. Bu suv minerallar
tarkibidan 80—400°C haroratda ajraladi.
Kristallizatsion holatidagi suv gips (CaSO
4
2H
2
O), soda (Na
2
CO
3
10H
2
O)
va boshqa minerallariga xos. Ularni tarkibidagi suv 100
0
C dan past
haroratda ajraladi.
Konstitutsion holatidagi suv muskovit KAl
2
(Al

Si
3
O
10
)(OH, F)
2
va
shu turkumdagi boshqa minerallarda uchraydi va ularni tarkibiy qismi
bilan juda mustahkam bog‘langan bo‘ladi. Suv ularni tarkibidan 400°C
dan yuqori haroratda ajraladi.
Shuningdek, suv tog‘ jinslarining g‘ovaklarida, qatlamlarida qattiq
muzlagan, kristallangan holatda ham uchraydi. Bunday suvlar yilning
fasllari mobaynida erishi va suyuq holatga o‘tishi yoki doimiy muz
holatida qolishi ham mumkin.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling