Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
YER OSTI SUVLARINING KLASSIFIKATSIYASI
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
12.3.1. YER OSTI SUVLARINING KLASSIFIKATSIYASI
Yer osti suvlarini ma’lum guruhlarga ajratilishida, ya’ni klassifikatsiya- lanishida ularning vujudga kelish sharoiti, qaysi guruhdagi tog‘ jinslari qatlamlarida joylashgan yoki yotishi, joylashish sharoiti va holati, paydo bo‘lish davri, harorati, fizik xossalari, tarkibidagi mavjud erigan tuzlar miqdori va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi. Yer osti suvlari paydo bo‘lish sharoitiga qarab infiltratsion, kondensat- sion va yuvenil suvlarga ajratiladi. Bu suvlar to‘g‘risida yuqorida ma’lu- mot berildi. Yer osti suvlari tog‘ jinslari qatlamlarida yotish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. G‘ovak suvlar — yer qobig‘ining eng yuqorigi, yuza qismini tashkil qiluvchi tog‘ jinslari g‘ovaklaridagi suvlar. Bu suvlar asosan to‘rtlamchi davrning alluvial, alluvial-proluvial genetik guruhidagi jinslar g‘ovaklarini egallab yotadi. 2. G‘ovak-qatlamli va yoriq-qatlamli suvlar — asosan neogen, palogen, bo‘r, yura davrlari- ning g‘ovak (qum, shag‘al, alevrolit va b.) va yoriqlari bo‘lgan yarim qoya (ohaktosh, qumtosh va b.) tog‘ jinslariga xos yoriq suvlar. Bu suvlar harakat qiluvchi qatlamlar ko‘p holatlarda yuqori va pastki qismi bo‘ylab suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari (gil va yoriqlari bo‘lmagan boshqa jinslar) bilan to‘silgan bo‘ladi. 3. Yoriq suvlar — qoya tog‘ jins- lari (granit, ohaktosh, porfir, granodiorit, tuf va b.) yoriqlari bo‘ylab harakat qiluvchi suvlar. 4. Karst suvlar — asosan ohaktoshlarda, gips- larda, tuzli jinslarda, ularni yuvilish oqibatida vujudga keladigan bo‘shliq- lar — karst bo‘shliqlari orqali harakat qiluvchi suvlar. 5. Yoriq tomir suvlar bo‘lib, bu suvlar tektonik yoriqlar ko‘p tarqalgan yer qobig‘i qism- lariga xos. Yer osti suvlari gidravlik xususiyatlariga ko‘ra bosimsiz va bosimli turlarga bo‘linadi. Bosimsiz suvlar erkin sathga ega bo‘lsa, bosimli suvlar mavjud bo‘lgan suvli qatlam yuqori qismidan suv o‘tkazmaydigan suv to‘sar jins qatlami bilan ajralgan bo‘ladi va doimiy holatda gidrostatik bosim ostida bo‘ladi. 14—M.Sh. Shermatov 2 1 0 Yer osti suvlari o‘z tarkibida erigan holatdagi tuzlarning miqdoriga qarab: chuchuk (erigan tuzlar 1 g/l gacha), sho‘rroq (erigan tuzlar 1 g/l dan 10 g/l gacha) sho‘r (10—50 g/l), namakob (erigan tuzlar miqdori 50 g/l dan ko‘p) suvlarga bo‘linadi. O‘zining tabiiy haroratiga qarab yer osti suvlari juda sovuq (harorat +5°C dan kam), sovuq (+10°C), iliq (+18°C), iliqroq (+25°C), issiq ( +37—42°C), o‘ta issiq yoki termal (+42°C dan yuqori) suv turlariga bo‘linadi. Yer osti suvlari qaysi davr tog‘ jinslari qatlamlarida mavjudligiga qarab, u o‘sha davr nomi bilan atalishi mumkin. Masalan, bo‘r, trias, toshko‘mir, devon davri jinslaridagi suvlar va h.k. Anion va kationlarning miqdoriga qarab, hamma suvlar klasslarga guruhlarga, xillarga ajratiladi (12.9-rasm). Jumladan, anionlarga qarab: gidrokarbonatli (HCO 3 +CO 2 ), sulfatli (SO 4 ), xlorli (Cl) suvlarga; Kation- larga qarab: kalsiyli (Ca), magniyli (Mg) va natriyli (Na) suvlarga ajratiladi Har bir guruh o‘z navbatida kation va anionlarning bir-biriga bo‘lgan nisbatiga qarab 4 ta xilga bo‘linadi: Birinchi xil H C O - 3 > C a 2 + M g 2 + Ikkinchi xil H C O - 3 < C a 2 + Mg 2 + < H C O 3 + SO 4 2 - Uchinchi xil H C O - 3 + S O 4 2 - < C a 2 + M g 2 + To‘rtinchi xil HCO - 3 = O (nordon suvlar) Tabiatda yer osti suvlari tarkibida tuzlardan tashqari gazlar ham uchraydi. Bu gazlarning suvdagi miqdoriga qarab ular karbonat angidritli, oltingugurtli, radonli va b. suvlarga ajratiladi. Bu suvlar ko‘p holatlarda davolash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ularni shifobaxsh suvlar deb 12.9-rasm. Tabiiy suvlarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha O.A. Alekin tomonidan klassifikatsiyalanishi. 2 1 1 ham ataladi. Bunday suvlar respublikamizning Toshkent viloyati («Toshkent mineral suvi», «Zangiota», Parkent tumanidagi «Qo‘tirbuloq» suvi va h.k.), Farg‘ona vodiysining deyarli hamma viloyatlarida («Chortoq», «Chimyon» va b.) keng tarqalgan. Yer osti suvlari tarkibidan u yoki bu miqdordagi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan kimyoviy moddalarni (yod, brom va b.) ajratib olish ham mumkin. Ana shunday suvlarni yodli, yod-bromli, bromli suvlar deb ataladi. Bunday suvlar mamlakatimizning Farg‘ona vodiysi hududlarida mavjud. Yer osti suvlarining yuqorida keltirilgan klassifikatsiyalari asosan xususiy xarakterga ega bo‘lib, amaliyotda yer osti suvlarining umumiy klassifikatsiyalari ham mavjud. Bulardan asosiylari: F. P. Sovarenskiy (1939-y), A. M. Ovchinikov (1949-y.), N. I. Tolstixin (1954-y.), O. K. Lange (1958-y.), M. B. Altovskiy (1958-y.) I. K. Zaysev (1961-y.), E. V. Pinneker (1979-y.) klassifikatsiyalari hisoblanadi. Umumiy klassifikatsiyani tuzishda ularni yotish sharoitidan tortib, boshqa xossa va xususiyatlari hisobga olinadi. F. P. Sovarenskiy yer osti suvlarini: tuproq (pochvennaya), qat (verxovodka), grunt, karst, artezian, yoriq suvlarga; A. M. Ovchinikov — aeratsiya zonasi suvi, grunt va artezian suvlariga; N. I. Tolstixin — qat, grunt, qatlamlararo bosimsiz, qatlamlararo bosimli, issiq termal, yer qobig‘i osti va magma suvlariga; M. B. Altovskiy — grunt, artezian, poydevor qatlamlaridagi suvlarga, tektonik yoriqlardagi hamda karst suvlarga; O. K. Lange — tuproq, grunt, qatlamlararo; I. K. Zaysev qatlam, yoriq-tomir; E. V. Pinneker — quruqlik, dengiz va okean osti suvlarga ajratishgan. Mavjud umumiy klassifikatsiyalarni tahlil qilish va ularni hozirgi vaqt- dagi fandagi o‘rnini hisobga olgan holda yer osti suvlarini 6 guruhga ajratib ko‘rib chiqishni lozim deb topdik. Bular: 1. Aeratsiya zonasi; 2. Grunt; 3. Artezian; 4. Karst; 5. Yoriq; 6. Qobiq osti suvlaridir. Kitob- ning davomida yer osti suvlari, ularning tarqalishi, xossa va xususiyatlari ana shu ketma-ketlik asosida beriladi. Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling