Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 TABIATDA SUVNING AYLANISHI VA YER OSTI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

12.1. TABIATDA SUVNING AYLANISHI VA YER OSTI
SUVLARINING KELIB CHIQISHI
12.1.1. TABIATDA SUVNING AYLANISHI
Suv tabiatda doimo tinimsiz harakatda. Bu harakat jarayonida u goh
bug‘, goh suyuq, goh qattiq (muz va h.k.) holatda bo‘ladi. Bu uch
holat uzluksiz o‘zaro bog‘liq holda bir-birlari bilan almashinib turadi.
Bu almashinish sababi eng avvalo Quyosh issiqligining (harakatining)
fasllar oshaYer sathi hududlariga (tog‘, tog‘ oldi, tekislik) va dunyo
okeani yuzasiga turlicha darajada ta’sir etishidir. Suvning asosiy makon-
lari bo‘lib, Yer sferalari: atmosfera, litosfera, gidrosfera va biosfera
hisoblanadi. Suv okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar sathidan bug‘lanib,
yana suyuq (yomg‘ir) yoki qattiq (qor, jala) yog‘in holatda Yer hudud-
lariga tushadi. Bu tushgan yog‘inning bir qismi daryolar orqali okeanlarga
qarab yo‘l olsa, ikkinchi qismi qayta bug‘lanib atmosferaga ko‘tariladi
va yog‘in bo‘lib yerga tushadi. Uchinchi qismi esa yer qobig‘ini tashkil
etuvchi (litosferani) tog‘ jinslari qatlamlariga shimilib, sizilib o‘tib yer
osti suv oqimini vujudga keltiradi. Yer osti suv oqimi o‘z harakati ja-
rayonida daryo oqimlariga qo‘shilishi va bug‘lanib yana atmosferaga
ko‘tarilishi mumkin. Demak, gidrosferadagi, atmosferadagi, hamda yer
qobig‘i qatlamlaridagi mavjud suvlar doimo harakatda bo‘lib, bug‘,
yog‘in, yer usti yoki yer osti oqimlari holatida aylanib yuradi (12.1-
rasm). Suvni bunday okean-dengiz, atmosfera va quruqlikdagi doimiy
ravishda almashinib turishiga fanda suvning tabiatdagi katta aylanishi
deb ataladi. Agar dengiz sathidan bug‘langan suv yog‘inga aylanib den-
gizga qayta tushsa suvning tabiatdagi kichik aylanishi deb yuritiladi. Va
nihoyat, suvning quruqlik (materik) sathidan parga aylanib, yana yog‘in
bo‘lib qayta quruqlik sathiga tushishi suvning materik ichidagi aylanishi
deyiladi.
12.1-rasm. Suvning tabiatda aylanish sxemasi (M.K.Drujinindan):
1 — bug‘lanish; 2 — yog‘in; 3yer usti suv oqimi; 4yer osti suvining sathi;
— yer osti suv oqimi.


1 9 8

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling