Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
QOYA VA YARIM QOYA TOG‘ JINSLARINING NURAGANLIK
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sohaviy injener-geologik klassifikatsiyalar
QOYA VA YARIM QOYA TOG‘ JINSLARINING NURAGANLIK
DARAJASI 1 BO‘YICHA KLASSIFIKATSIYALANISHI (QMQ bo‘yicha, V. D. Lomtadzedan, 1978, 1984) Nuraganlik darajasi Nuraganlik koeffitsiyenti, K Nuraganlik darajasini ko‘rsatuvchi belgilar Nuramagan (monolit holatda) K vs =1 Jinsda nurash alomatlari yo‘q Kam nuragan 1 K vs 0,9 Jins yoriqlardan iborat. Ayrim bo‘laklar bir-birlaridan ajrab turadi Nuragan 0,9 K vs 0,8 Jins yirik xarsanglar, chaqiq toshlar holatida yotadi O‘ta nuragan K vs 0,8 Jins yirik bo‘lmagan har xil o‘lchamdagi chaqiq toshlarga, qumlarga aylangan 1 Nuraganlik darajasi (K vs ) deganda, nurash jarayoniga uchragan tog‘ jinslari zichligining ( g n ) nurash jarayoniga uchramagan tog‘ jinslari zichligiga ( g) bo‘lgan nisbati tushuniladi va ushbu formula bilan ifodalanadi: n vs K . 13—M.Sh. Shermatov 1 9 4 Sohaviy injener-geologik klassifikatsiyalar u yoki bu sohaning (gidro- texnik, sanoat, yo‘l qurilishi va h.k.) talablariga va vazifalariga moslab tuziladi (11.3-jadval). Shu bilan birga amaliyotda Davlat qurilish qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus «Metodik qo‘llanmalar», «Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ)» va boshqa yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Respublika hududida tarqalgan, imorat va inshoot- larni poydevori hisoblangan hamma tog‘ jinslar (gruntlar) QMQ bo‘yicha 5 ta guruhga ajratilgan: 1) Magmatik, metamorfik va cho‘kindi qoya tog‘ jinslar (gruntlar) bo‘lib, bu jinslarga, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralar o‘zaro mustahkam bog‘langan, sementlangan, namlanganda deyarli o‘z xususi- yatlarini o‘zgartirmaydigan, siqilishga bo‘lgan qarshiligi 5MPa dan katta bo‘lgan jinslar (granitlar, granodioritlar, granit-porfirlar, porfirlar, bazalt- lar, kvarsitlar, gneyslar, kristallangan slaneslar, ohaktoshlar, qumtoshlar va b.) kiradi. Nurash jarayoniga uchragan, serdarz, vaqtincha siqilishga bo‘lgan qarshiligi 5MPa dan oshmaydigan qoya tog‘ jinslari, shuningdek, nisbatan qattiq bo‘lgan cho‘kindi jinslar (vulqon tuflari, gil sementli qumtoshlar, konglomeratlar, dolomitlar, mergel, ohaktoshlar, gil sla- neslar, toshqotgan lyoss jinslari va b.) yarim qoya tog‘ jinslari deb yuritiladi; 2) Yirik donali, sementlanmagan, tarkibi 50 % dan ortiq o‘lchami 2 mm dan katta har xil darajada silliqlangan magmatik, me- tamorfik, cho‘kindi qoya jinslari bo‘laklaridan tashkil topgan (shag‘al- lar, shebenlar, chaqiq shag‘allar va b.) jinslar; 3) Quruq holatda sochiluv- chan, plastiklik (qovushoqlik) xususiyati bo‘lmagan, plastiklik soni 0,01 dan kichik, tarkibida miqdori 50 % dan kam, o‘lchami 2 mm dan katta bo‘lgan zarralardan tashkil topgan qum jinslari (gruntlari); 4) Tarkibida asosan o‘lchami 0,01 mm dan kichik, bir-birlari bilan mustahkam bog‘langan zarralardan tashkil topgan, plastiklik soni 3—7 dan katta bo‘lgan gil va gilli jinslar (gruntlar); 5) O‘ziga xos tarkibga, holatga va xususiyatga ega bo‘lgan (texnogen va b.) jinslar (gruntlar). 11.3-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling