Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash va tekshirish uchun savollar


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Gil va gilli jinslarning mustahkamlik xususiyati to‘g‘risida va jins qatlamiga
ta’sir etuvchi kuchlar to‘g‘risida tushuncha bering.
2. Gil jinslarining mustahkamligini xarakterlovchi eng asosiy xususiyatlari
qaysilar va ular qanday aniqlanadi?
3. Gilli jinslarining ichki ishqalanish burchagi deb nimaga aytiladi? Bog‘lanish
kuchi deb-chi?
4. Gilli jinslarning surilishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda qo‘llaniladigan
Kulon qonunining matematikaviy ifodasidagi formulasini yozing va uning
fizik ma’nosini tushuntirib bering.
5. Jinslarning surilishga bo‘lgan qarshiligiga ta’sir etuvchi eng asosiy omillarni
sanab bering.
6. Qum jinslarining tabiiy qiyalik burchagi qanday aniqlanadi? Uni ifodalov-
chi formulani yozib ko‘rsating.


1 9 2
11-BOB
TOG‘ JINSLARINING INJENER-GEOLOGIK
 KLASSIFIKATSIYASI
Klassifikatsiya so‘zining asosi «Klass», ya’ni lotincha «klassis»
so‘zidan olingan bo‘lib, ma’lum turkum, to‘da, guruh, daraja ma’no-
larini anglatadi. «Klass» so‘zi birinchi marta fransuz botanigi J. Turne-
for tomonidan qo‘llanilgan, keyinchalik, 1735- yili K. Linney o‘zining
«Tabiat sistemalari» asarida ishlatgan.
Geologiyada, jumladan, «Injenerlik geologiyasi» fanida «klassifi-
katsiya» so‘zi tog‘ jinslar yoki gruntlar
1
tarkibini tashkil qilib turuvchi
mineral zarralar miqdoriga, katta-kichikligiga (o‘lchamiga), ana shu jins-
larning genetik turlariga, suvli, fizik, fizik-mexanik xossa va xususiyatlari-
ga va boshqa tarkibiy holatlariga, miqdoriy va sifat jihatdan bir-birlariga
yaqinligi, o‘xshashligiga qarab, ma’lum turkumlarga, guruhlarga ajratish
yoki birlashtirish tushuniladi. Tog‘ jinslarini klassifikatsiyalashda qo‘lla-
niladigan ko‘rsatkichlar asosan uch guruhga bo‘linadi: 1) klassifikatsion
ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslarining granulometrik, minera-
logik va kimyoviy tarkibi; 2) bilvosta ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘
jinslari zichligi, g‘ovakligi, plastikligi, ko‘pchuvchanligi, konsistensiya
darajasi; 3) bevosita ko‘rsatkichlar bo‘lib, bularga tog‘ jinslari zichligi,
zichlanish koeffitsiyenti, umumiy deformatsiyalanish moduli, zarralar
ichki ishqalanish koeffitsiyenti, zarralar orasidagi bog‘lanish (qovushoq-
lik) kuchi, ichki ishqalanish burchagi, nisbiy cho‘kuvchanlik, filtratsiya
koeffitsiyenti va h.k. lar kiradi.
Hozirgi vaqtda tog‘ jinslarining yuqoridagi klassifikatsiyalash ko‘r-
satkichlari hamda ularning imorat va inshootlarning mustahkamligiga
ko‘rsatadigan ta’siriga qarab maxsus injener-geologik klassifikatsiyalar
ishlab chiqilgan (F. P. Sovranskiy, E. M. Sergeev, V. D. Lomtadze,
G‘. A. Mavlonov va b.). Bu klassifikatsiyalar injenerlik-geologiyasi fanida
«Umumiy», «Regonil», «Xususiy» (chastniy) va «Sohaviy» (otraslevoy)
nomlari bilan ataladi.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling