Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


— mayda donali qum uchun; 2 —


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 — mayda donali qum uchun; 2 — gil jinslari
uchun.


1 8 5
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering.
2. Deformatsiyalanish jarayonini 10.3-rasm asosida tushuntirib bering.
3. «Siqiluvchanlik koeffitsiyenti», «Umumiy deformatsiyalanish moduli», «Siqi-
luvchanlik moduli», «Cho‘kuvchanlik» kabi eng asosiy injener-geologik
ko‘rsatkichlarni aniqlash asboblari to‘g‘risida so‘zlab bering. Ularni aniqlash
formulalarini yozib ko‘rsating.
4. Gilli jinslarning g‘ovaklik koeffitsiyenti bosim o‘zgarishi bilan qanday
o‘zgarib boradi? P
1
-n
bosimlar ostida o‘zgarish mohiyatini tushuntirib bering.
5. Gilli jinslar siqiluvchanlik koeffitsiyenti (a) va siqiluvchanlik moduli (E
s
)
bo‘yicha qanday klassifikatsiyalanadi?
6. Lyoss va lyossimon jinslar cho‘kuvchanligini ifodalaydigan «Bir egri chiziq»,
«Ikki egri chiziq», «Uch egri chiziq» sxemalarini chizib ko‘rsating.
7. Gil va gilli jinslarda yuz beradigan konsolidatsiya jarayoniga ta’rif bering.
Konsolidatsiya darajasini aniqlash formulasini yozing va o‘qib bering.
10.4. GIL VA GILLI JINSLARNING MUSTAHKAMLIK
XUSUSIYATLARI
U yoki bu hududda tarqalgan ma’lum qalinlikdagi, tabiiy namlik,
zichlikdagi gil, jumladan, lyoss va lyossimon jinslar ma’lum qiyalikda
yoki gorizontal holatda yotadi. Bunda jinsga doimiy ravishda ikki kuch:
birinchisi, jins qatlami og‘irligiga teng bo‘lgan og‘irlikda ta’sir qiluvchi
og‘irlik (normal kuch) kuchi, va ikkinchisi, jins qatlamini qiya tomonga
qarab harakatga kelishini hosil qiluvchi suruvchi kuch 
t ta’sir qiladi. P
kuch o‘z navbatida ishqalanish kuchi ni vujudga keltiradi. Bu kuch
surilishga moyil bo‘lgan jins qatlamini o‘z joyida doimiy mustahkam
turishini ta’minlasa, ikkinchi — suruvchi kuch (
t )ning oshishi surilish
jarayonini keltirib chiqaradi. Suruvchi kuchning oshishini, ya’ni surilish
vujudga kelishini tezlashtiruvchi eng asosiy omillarga jins qatlamining
tabiiy namligi oshishi, tabiiy yotish holatini yo‘llar o‘tkazish, kanallar,
karyerlar qazish jarayonida buzilishi, kuchli zilzilalarning sodir bo‘li-
shi, portlatishlar kirishi mumkin. Shuning uchun gilli jinslar tarqalgan
tog‘ yonbag‘irlari mustahkamligini ta’minlash, u yerda mavjud bo‘lgan
imorat va inshootlarni surilish hodisasi ta’siridan saqlashda ana shu
jinslarning mustahkamlik xususiyatlarini o‘rganish, aniqlash, kerakli
chora va tadbirlar qo‘llash katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, yuqoridagi
ikki kuchni (P
t ) bir-biriga nisbatan ta’siri o‘zgarganda eng avvalo
jinsni tashkil etib turuvchi zarralarning bir-biriga bo‘lgan bog‘lanib tu-
rishi o‘zgaradi, ya’ni 
t kuch oshishi bilan shu zarralar orasidagi
bog‘lanish kuchi C kamayadi. Bog‘lanish kuchining kamayishi jins yoki
jins qatlamining ichki ishqalanish koeffitsiyentini (= tgj) va ichki ish-
qalanish burchagi (
j) kamayishiga olib keladi.


1 8 6
Ba’zi mutaxassislarning fikricha, gil jinslarining surilishga bo‘lgan
qarshiligini baholashda surilish burchagi (
y ) va surilish koeffitsiyenti
(tg
y )ni birgalikda ishlatilgani ma’quldir. Shuning uchun amaliyotda gil
jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligini baholashda, yaxshisi yuqoridagi
hamma ko‘rsatkichlarni (C
y , tgy , j, tgj) aniqlash lozim bo‘ladi.
Gilli jinslarning mustahkamligini baholashda ularning yuqorida
ko‘rsatilgan xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish uchun maxsus
«Tog‘ jinslarining surilish qarshiligini» aniqlaydigan asboblar ishlatiladi
(10.9-rasm). Buning uchun laboratoriyaga tahlil uchun olib kelingan
har bir monolitdan maxsus halqalarga 3 tadan namuna qirqib olinadi.
Olingan har bir namuna harakatdagi Respublika standartlari (O‘zRSTlar)
asosida asbob odometriga joylanadi. Birinchi namuna P
1
kuch ostida
zichlanadi. Zichlanish jarayoni tugagandan, keyin 
t
1
suruvchi kuch ta’sir
etdiriladi. Bu kuch sekin-asta bir necha bo‘laklarga bo‘linib asbobni
suruvchi kuch qo‘ygichi pallasiga surilish jarayoni yuz bergunga qadar
10.9-rasm. Gilli tog‘ jinslarining surilishga bo‘lgan qarshiligini aniqlashda
qo‘llaniladigan Maslov-Lure konstruksiyasidagi asbobning umumiy ko‘rinishi.
1

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling