Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Tog‘ jinslarining fizik xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering. 2
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. TOG‘ JINSLARINING MEXANIK XUSUSIYATLARI
1. Tog‘ jinslarining fizik xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering.
2. Tog‘ jinslarining «namligini», «zichligini», «g‘ovakligini», «suv bilan to‘yinganlik darajalarini» aniqlash formulalarini yozib ko‘rsating. 3. Gil va gilli jinslarning plastiklik xususiyati deganda ularning qanday holati tushuniladi? Plastiklik chegaralari to‘g‘risida gapirib bering. 4. Tog‘ jinslarining suvli xususiyatlariga qaysi xususiyatlar kiradi? 5. Tog‘ jinslarining suv ta’sirida bo‘shashish koeffitsiyenti formulasini yozing. 6. Gilli jinslarning ivivchanlik xususiyati to‘g‘risida ma’lumot bering. 7. Tog‘ jinslarining suvni o‘ziga shimish, suvga to‘yinish xususiyatlarini aniqlashda ishlatiladigan formulalarni yozing va o‘qib bering. 8. Tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanlik xususiyati to‘g‘risida tushuncha bering. Filtratsiya koeffitsiyenti formulasini yozing va o‘qing. 9. Gilli jinslarning «ko‘pchish», «kirishish» xususiyatlari qanday aniqlanadi? Ko‘pchish va kirishish xususiyatlarining o‘zgarishi qanday omillarga bog‘liq? 1 7 5 10.3. TOG‘ JINSLARINING MEXANIK XUSUSIYATLARI Tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari ularni tashqi kuch ta’sirida qay darajada o‘zgarishini aniqlaydigan va ko‘rsatadigan eng asosiy ko‘rsatkichlaridan bo‘lib hisoblanadi. U yoki bu hudud maydonida imorat va inshootlarni (suv omborlari, to‘g‘onlar, kanallar, shaxtalar, gaz saqlagichlar va h.k.) rejalash, loyihalash, qurish ishlari tog‘ jinslarning mexanik xususiyatlariga asoslangan holda amalga oshiriladi. Chunki tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari ularning fizik, suvli xususiyatlari bilan chambarchas bog‘langan holda vujudga keladi va o‘zgaradi. Tog‘ jinslarining mexanik xususiyatlariga ularning deformatsiyalanish, mustahkamlik, gil va gilli jinslarining reologik xususiyatlari kiradi. Jinslarning deformatsiyalanish xususiyati deganda, ularni tub o‘zgarishiga olib kelmaydigan tashqi kuch ta’siri ostida, yuz beradigan shakliy va hajmiy o‘zgarishlar tushuniladi. Jinslarning mustahkamlik xususiyati deganda, ularning surilishga bo‘lgan qarshiligi tushuniladi. Ana shu surilishga bo‘lgan qarshilik kamayishi (buzilishi) jarayonida, imorat va inshootlarning zaminini tashkil qiluvchi jinslar mustahkamligi o‘zgarishi va buzilishi yuz beradi. Gil va gilli jinslarining reologik xususiyatlari deganda ularda yuz berayotgan deformatsiyalanish jarayonining qonu- niy ravishda rivojlanib borishi va mustahkamligi vaqt birligi davomida o‘zgarishi tushuniladi. Bu xususiyat ularning strukturasiga, mineral zarralarning va agregatlarning bir-birlari bilan bog‘lanish, bir-birlariga nisbatan joylanishiga, mustahkamligiga, ta’sir etuvchi kuchning katta- kichikligiga (miqdoriga) bog‘liq. Tog‘ jinslarining yuqoridagi mexanik xususiyatlaridan amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladigani — bu deformatsiyalanish va mustahkamlik xusu- siyatlari hisoblanadi. 10.3-rasm. Tog‘ jinsi (grunt)ning og‘irlik (bosim) ostida deformatsiyalanishi. (Frolov, Korotkixlardan, 1990, ba’zi o‘zgartirishlar bilan): a Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling