Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
BA’ZI QOYA TOG‘ JINSLARINING SUVNI SHIMISH, SUVGA TO‘YINISH
Download 5.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv o‘tkazuvchanligi.
BA’ZI QOYA TOG‘ JINSLARINING SUVNI SHIMISH, SUVGA TO‘YINISH
DARAJALARI VA SUVGA TO‘YINISH KOEFFITSIYENTLARI (V. D. Lomtadze bo‘yicha) ¹ Tog‘ jinslari Suvni shimishi Suvga to‘yinishi Suvga to‘yinish koeffitsiyenti, K 1 Granit 0,36 0,42 0,86 2 Granit 0,48 0,56 0,86 3 Granit-gneys 0,35 0,51 0,69 4 Gneys 0,35 0,43 0,81 5 Diabaz 0,04 0,21 0,19 6 Diabaz 0,60 1,10 0,55 7 Ohaktosh 0,68 0,76 0,89 8 Mustahkam qumtosh 0,53 0,69 0,77 9 Gilli qumtosh 5,44 7,79 0,70 Olingan natijalar bo‘yicha K n qiymati 0 <K n £0,5 bo‘lsa, kam namli yoki g‘ovaklarining yarmi, yarmidan kami suv bilan to‘lgan, 0,5 < K n £0,8 bo‘lsa, juda namli yoki g‘ovaklarining 0,8 qismi suvga to‘lgan, K n >0,8- 1,0 bo‘lsa, g‘ovaklari suvga butunlay to‘lgan, deb baholanadi va shunga ko‘ra chora-tadbirlar belgilanadi. Suv o‘tkazuvchanligi. Tog‘ jinslari qatlamlaridan suvni vertikal yoki gorizontal yo‘nalish bo‘ylab sizib o‘tish xususiyati ularning suv o‘tkazuv- chanligi hisoblanadi. Tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanligi ularning g‘ovakligiga, yoriqligiga, bo‘shoq, sochma tog‘ jinslarining (qum, shag‘al va b.q.) granulometrik tarkibiga, karst bo‘shliqlari mavjudligiga, havo haroratiga va suvni qanday bosim ostidaligi harakatiga bog‘liq. Amali- yotda jinslarning suv o‘tkazuvchanligi filtratsiya koeffitsiyenti bilan ko‘rsatiladi. Filtratsiya koeffitsiyenti — bu suv oqimining bosim kuchi 1 ga teng bo‘lgandagi filtratsiya tezligi bo‘lib, Darsi qonuniga binoan filtratsiya davomidagi suv sarfi Q =K f FI bo‘lgan holda, o‘rganilayotgan tog‘ jinsi- ning filtratsiya koeffitsiyenti f Q FI K bo‘ladi, bu yerda: Q — ma’lum vaqt mobaynida, jins qatlamidan sizib o‘tgan (yoki filtratsiya uchun sarf bo‘lgan) suv sarfi, m 3 /s; K f — suv oqim kuchi gradiyenti 1 bo‘lgandagi filtrat- siya koeffitsiyenti; F — suv sizib o‘tgan sath, m 2 ; I — gidravlik gradiyent = 1. 1 7 2 Tog‘ jinslarining suv o‘tkazuvchanligini aniqlashning qator usullari mavjud. Bularga: dala sharoitida burg‘i quduqlari orqali suvni so‘rib chiqarish orqali, jins qatlamlarida shurflar qazib suv quyib sarflangan suv miqdori orqali, laboratoriya sharoitida maxsus asboblar orqali, hamda tog‘ jinslarini granulometrik tarkibi, g‘ovakligini hisobga olgan holda qo‘llaniladigan usullar kiradi. Jumladan, V. A. Priklonskiy tomonidan har xil granulometrik tarkibiga ega bo‘lgan shag‘al, qum, gilli jinslar uchun filtratsiya koeffitsiyenti aniqlangan bo‘lib, eng katta filtratsiya koeffitsiyenti (sutkasiga 100 metrdan oshiq) qiymati shag‘allarga, eng kam qiymat (0,001 dan kam) gil jinslariga xos (10.4-jadval). Tog‘ jins- larining suv o‘tkazuvchanlik darajasini bilish injener-geologik nuqtayi nazardan katta ahamiyatga ega. Chunki bironta inshoot, ayniqsa to‘g‘on- lar, suv omborlari, kanallarni qurishda, ana shu inshootlar qurilishi lozim bo‘lgan maydonlarda tarqalgan tog‘ jinslarining filtratsion xususiyatlarini o‘rganmasdan ruxsat etilmaydi. 10.4-jadval Download 5.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling