Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

 — tabiiy holatida; IItabiiy bosim ostida namlanib, cho‘ktirib quritilgandan
keyigi holati.


1 7 4
Gil va gilli jinslarning ko‘pchuvchanlik qiymati har xil bosim ostida
aniqlanishi ham mumkin. Buning uchun amaliyotda «Kompression»
asboblari qo‘llaniladi.
Lyoss va lyossimon jinslarning ko‘pchuvchanligi ularning boshlan-
g‘ich tabiiy namligiga, mineralogik, granulometrik, kimyoviy tarkibiga
bog‘liq holda 0 dan 20% oralig‘ida o‘zgaradi (10.2-rasm).
Qurilish me’yorlari va qoidalari bo‘yicha ko‘pchuvchan tog‘ jinslari
nisbiy ko‘pchuvchanligini (
d
n
) hisobga olgan holatda kam ko‘pchuvchan
(0,04
n
<0,08), o‘rtacha ko‘pchuvchan (0,08n
<0,12), juda ko‘pchuv-
chan (
d
n
<0,12) jinslarga ajratiladi.
Kirishish (usadka). Gil va gilli jinslar suvga to‘yinish jarayonida o‘z
hajmlarini oshirib borishi bilan birga, o‘z tarkibidagi (g‘ovaklaridagi)
suvni yo‘qotishi, hajmlarini kamaytirib borishi ham mumkin. Bu
jarayonni amaliyotda gilli jinslarini kirishishi deb ataladi. Kirishish
jarayoniga uchrayotgan jinsning namligi sekin-asta kamayishi oqibatida
u plastik holatdan yarim quruq, quruq holatga o‘tishi, keyin esa hajmini
butunlay o‘zgartirmaydigan darajaga kelib qolishi mumkin. Jinslarning
ana shu chegaradagi namligini kirishish namligi deb yuritiladi. Bu namlik
chegarasida gil va gilli jinslar qatlamlarida, yer sathiga yaqin yuzalarda
har xil yo‘nalishdagi har xil kattalikdagi yoriqlar vujudga keladi. Bun-
day yoriqlarni fanda kirishish yoriqlari deb ataladi.
Jinslarning hajmiy kirishishi ularning tarkibidagi gil minerallarining,
suvda eruvchan tuzlarning mavjudligiga, ularning ko‘p-ozligiga, tabiiy
namligiga qarab 2—5 dan 20% oralig‘ida o‘zgarishi mumkin.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling