Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


SHAMOLNING TUPROQ UNUMDORLIGI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.8.2. SHAMOLNING TUPROQ UNUMDORLIGI
VA SHO‘RLANISHGA TA’SIRI
Shamol (eroziyasi) natijasida tuproq ustki qatlamlarining sidirilib
ketishi, bir joydan ikkinchi joyga olib borib yotqizilishi, tuproq unumdor-
ligining kamayishiga, o‘simliklar (ayniqsa paxta)ning ko‘plab nobud
bo‘lishiga, ba’zan tuproqning qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi.
Shamol eroziyasi (deflyatsiya) ayniqsa Farg‘ona vodiysida, Mirza-
cho‘lda, Samarqand oblastining Nurota, Qoratepa, Zirabuloq-Ziyovud-
din tog‘li rayonlarida, Qarshi, Tomdi, Buxoro hamda Qoraqalpog‘is-
tonning Orol oldi hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, Q.Mirzajonov-
ning ma’lumotiga ko‘ra, birgina Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida
changli bo‘ron bo‘lgan kunlar soni 1961-yilda 63 tagacha yetgan. Shu
yilning o‘zida Farg‘ona viloyatida shamol eroziyasidan 196 ming gektarga
yaqin ekin maydoni zararlangan yoki 1956—1960-yillar mobaynida
shamol respublikamizning 200 ming gektar yerdagi paxtasining butunlay
nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan (Mavlonov, Islomov, Shermatov, 1970).
Yer osti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan rayonlarda, ayniqsa Mir-
zacho‘l, Farg‘ona, Qarshi cho‘lining ba’zi bir yerlarining sho‘rlanishi-
da (tuzlarning bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chib yurishida) shamolning
roli juda ham kattadir. Ma’lumki, ayniqsa Mirzacho‘l, Amudaryoning
quyi qismi yerlari yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi, suvda
eruvchan tuzlarning tuproqda hamda yer osti suvlari tarkibida ko‘pligi
bilan ajralib turadi.
Yer ostidan tuproq g‘ovaklari bo‘ylab ko‘tarilgan suv, yer betiga juda
ko‘p miqdordagi turli xil tuzlarni olib chiqadi. Haroratning oshishi
suvning bug‘lanishiga, tuzlarning esa tuproqning yuqori qatlamlarida
yig‘ilib qolishiga sababchi bo‘ladi. Keyinchalik katta tezlikka (ba’zan
sekundiga 40 metr) ega bo‘lgan shamol ana shu yig‘ilgan tuz qatlamlarini
boshqa yerlarga olib borib yotqizadi. Natijada ko‘pincha sho‘ri yuvilib,
sho‘rsizlantirilgan yerlar yangi uchirib keltirilgan tuzlar hisobiga qayta
sho‘rlanadi. Agar bu holatni Orol dengizi hududi misolida ko‘riladigan
bo‘lsa, 1960-yilda uning suv sathi absolut balandligi 53 m, maydoni
66,5 ming km
2
, suvining hajmi 1000 km
3
, sho‘rlanish darajsi 10—11%
bo‘lgan. Hozir (2003-y) esa, uning suv sathining absolut balandligi 36
m, maydoni, 42,4 ming km
2
, suvining hajmi 400 km
3
ga kelib qolgan
(Frank Xyuler, B. Z. Noviskiy, 2003). Natijada suvning sathi 17—18 m
ga kamaygan, 4 mln ga o‘ta sho‘rlangan, qum-chang-tuz zarralaridan
iborat bo‘lgan, shamol harakatiga beriluvchan maydon ochilib qolgan.
Bu maydonlarda yangi qum barxanlari vujudga kelmoqda. Bu esa Orol
atrofi hududlarida birinchidan, katta maydondagi toza yerlarning tuz-
lanishiga, botqoqlanishiga, unumdorligining kamayishiga sababchi bo‘lsa,
ikkinchidan ekologik vaziyat yomonlashishi oqibatida insonlarning


1 4 0
salomatligi yomonlashishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun hozirgi
vaqtda shamol eroziyasi hukm surayotgan hududlarni o‘zlashtirishda
shamol harakatiga bog‘liq bo‘lgan yuqoridagi hodisaga katta e’tibor
berilmog‘i darkor.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling