Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


SEL HODISASI BILAN KURASH CHORALARI


Download 5.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/211
Sana10.10.2023
Hajmi5.78 Mb.
#1697023
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   211
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.7.3. SEL HODISASI BILAN KURASH CHORALARI
Sel hodisasi va uning keltiradigan zararlari bilan insonlar uzoq
o‘tmishdan buyon doimo kurashib kelganlar. Sel hodisasidan ziyon yeti-
shi kutilgan hududlarni sel ofatidan saqlash maqsadida shox, xoda, xarilar
tashlab, tosh devorlar, dambalar, to‘g‘onlar qurganlar. Hozirgi vaqtdagi
selga qarshi choralar o‘tkazilgan tekshirishlar, uzoq vaqtlar davomida
olib borilgan kuzatishlarga asoslanib chiqarilgan ilmiy, amaliy xulosalarga
asoslangan bo‘lib, asosan ikki turga bo‘linadi:
1. Injenerlik choralar, bularga:
Sel oqimining yoyilib, toshib ketishini cheklaydigan, uning to‘g‘ri
oqishini ta’minlaydigan vallar, temir, beton devorlar, ariqlar hamda sel
vujudga keladigan zonada, tog‘ning yonbag‘irlari bo‘ylab sel kuchini
qirquvchi, tosh, loyqalarni ushlab qoluvchi to‘siqlar qurish ishlari kiradi.
2. Agromeliorativ, agrotexnik choralar, bularga:
Sel vujudga keladigan birinchi zonaga daraxtlar o‘tkazib, o‘rmon-
zorlar barpo qilish, mavjud daraxtlarni qirqishni qat’iyan man etish,
tog‘ yonbag‘irlarini terrasalarga ajratish va ana shu terrasalarda yig‘ilgan
yomg‘ir, qor suvlarini ariqlar orqali daryo vodiysiga ehtiyotlik bilan
oqizib yuborish ishlari kiradi.
Takrorlash va tekshirish uchun savollar
1. Sel hodisasi nima va u qanday vujudga keladi?
2. Sel hodisasining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng asosiy omillarni
sanab bering.
3. Sel hodisasi qanday o‘rganiladi?
4. Sel hodisasi vujudga kelishida ajraladigan zonalar to‘g‘risida so‘zlab bering.
Zonalarning bir-birlaridan farqi nimalardan iborat?
5. Sel hodisasi bilan kurash choralariga nimalar kiradi?
7.8. EOL-SHAMOL HARAKATI NATIJASIDA SODIR
BO‘LADIGAN HODISALAR
7.8.1. SHAMOL HARAKATLARI TO‘G‘RISIDA
UMUMIY MA’LUMOT
Shamolning harakat yo‘nalishi, tezligi yer yuzasining tuzilishiga, tog‘
tizmalarining yotish holatiga, balandligiga, Yer sharidagi suv havzalari-
ning joylashishiga bog‘liqdir. Shamol o‘z harakati jarayonida suv eroziya-
si kabi tog‘ jinslarini yemiradi, tirnaydi, silliqlaydi, bir joydan ikkinchi
joyga olib borib yotqizadi. Sahrolarda katta-katta tepaliklar — dyunlarni,


1 3 7
yarim oy ko‘rinishiga ega bo‘lgan do‘nglar — barxanlarni vujudga
keltiradi (7.5-a rasm), katta sathga ega bo‘lgan dengizni to‘lqinlantiradi.
Shamol, ayniqsa, Sahroi Kabir, Arabiston, Meksika kabi ekvator
oldi sahrolarida, Fransiyaning Atlantik okeani, Germaniyaning Zilt oroli
rayonlarida, Mo‘g‘uliston cho‘llarida, Kaspiy dengiz atrofida, Markaziy
Osiyoning Qizilqum, Qoraqum sahrolarida, Farg‘ona vodiysida, Mirza-
cho‘l, Orol dengizining suvdan bo‘shagan hududlarida katta geologik
ish bajaradi. Shamolning bajaradigan ishi ana shu rayonlardagi nurash
jarayonining borishiga, suv eroziyasiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha bu uch
jarayon bir-birini to‘ldirib, biri ikkinchisining ishini davom ettiradi.
Shamolning bajaradigan ishi uning tezligiga bog‘liq bo‘lib, bu tezlik
ba’zi rayonlarda sekundiga 50 metrga yetishi, hatto undan ham oshishi
7.5-rasm Dyunlar (a) va barxanlarning (b) vujudga kelish va yotish holatlari
(S.M.Qosimov olgan rasm).
a)
b)


1 3 8
mumkin. Shamol tezligi oshishi bilan tog‘ jinslari zarrachalarini, qum-
larni, hatto tosh bo‘laklarini havoga ko‘tarishi va shu bilan birga tuproq
qatlamlarini changitib, uchirib ketishi ham mumkin. Tekshirishlardan
ma’lumki, shamolning tezligi sekundiga 6,5 metr bo‘lsa, diametri 0,25
mm dan kam tog‘ jins zarrachalarini uchirib ketishi, tezligi sekundiga
7—12 m ga borsa, 1—1,5 mm diametrli, tezligi sekundiga 20 metrdan
oshsa hatto qalinligi 0,10—0,15 metr keladigan tuproq qatlamlarini
yemirib, uchirib ketish qobiliyatiga ega ekan. Shamol o‘z harakati davo-
mida barxanlarni, dyunlarni vujudga keltirishi mumkin.

Download 5.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling