Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Download 26.75 Kb.
|
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari Aytishlashlaricha, agar dengiz va okeanlar suvi tarkibidagi tuzlar cho‘ktirilsa, butun okean tubi 60 metr qalinlikdagi tuz qatlami bilan qoplanar ekan. Biosfera. Olimlarning uzoq vaqt olib borgan tadqiqotlar natijasida hozirgi vaqtda planetamizda bir milliondan ortiq hayvonot turlari va 500 mingdan ortiq o‘simlik turlari borligi aniqlangan. Hayvonot va o‘simliklar dunyosining turlari Yerning uzoq geologik tarixiy taraqqiyoti davomida Yer iqlimining o‘zgarishi bilan bog‘liq holda bo‘lgan. Shu bilan birga hayvonot va o‘simliklar dunyosi mavjud tog‘ jinslarining hosil bo‘lishida katta geologik ish bajarishgan. Tog‘ jinslarini paydo qiluvchi hayvonot dunyosi foraminiferalarni, sapropelitlarni, ko‘mir, torf hosil qiluvchi o‘simliklarni ko‘rsatish mumkin. Tog‘ jinslarining tarkibi va xossa-xususiyatlarini o‘zgartirishda ko‘zga ko‘rinmaydigan 3.4-rasm. Yer atmosferasining tuzilishi (F.Yu.Zigeldan, 1988): 1 — dengiz sathi; 2 — troposfera; 3 — tropopauza; 4 — stratosfera; 5 — stratopauza; 6 — mezosfera; 7 — mezopauza; 8 — termosfera; 9 — ionizatsiyaning asosiy maksimumi; 10 — ekzosfera; 1 — ionosfera. 51 organizmlar — mikroorganizmlarning ahamiyati juda ham katta. Ba’zi mikrobiologlarning aniqlashlaricha, 1 g tog‘ jinsi tarkibidagi mikroor- ganizmlarning soni 18—25 mingdan oshib ketishi aniqlangan. Bu esa, tog‘ jinslarining nurashida yetakchi kuch ekanligidan dalolat beradi. Atmosfera. Yerning yuqori qobig‘ida bo‘ladigan yoki bo‘layotgan
Taxminan shu balandlikdan keyin atmosfera kosmik fazoga o‘ta boshlaydi. Atmosferaning yerga yaqin qismida 73,084 protsent azot, 20,246 protsent kislorod, 0,934 protsentga yaqin argon, 0,033 protsentga yaqin karbonat angidrid gazi va 0,033 protsent boshqa: neon, geliy, suv bug‘i kabi turli gazlar bo‘lib, bu gazlar bilan yer qobig‘ining ustidagi cho‘kindi tog‘ jinslarning hosil bo‘lish jarayonida uzluksiz almashinish jarayoni bo‘lib turadi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, yer qobig‘idagi ikkinchi bir hodisa hamda jarayonlarning kelib chiqishida, rivojlanishida katta geologik kuch bo‘lib hisoblanadi. Atmosferani haroratning pastdan — yer sathidan yuqoriga o‘zgarib borishiga qarab troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera qat- lamlariga ajratiladi (3.4-rasm). Troposfera yer yuzasiga yaqin qatlam bo‘lib, balandlik tomon bu qatlamda harorat har kilometrga 6,5°C ga kamayib boradi. Ob-havoning o‘zgarish jarayoni shu yerda yuz beradi. Stratosfera 50—55 km balandlikkacha bo‘lgan fazo bo‘shlig‘ini egallaydi. Uning pastki qismida harorat birmuncha bir xil bo‘lsa-da, 25 km dan keyin 0—10°Cga pasayib boradi. Bu harorat fasllar mobaynida o‘zgarib turadi. Mezosferada yuqoriga ko‘tarilish bilan harorat pasayib boradi. Havo oqimi bu qatlamda turbulent harakatga ega. Termosfera harorat- ning yuqoriga qarab oshib borishi bilan ajralib turadi. Agar 90 km balandlikda harorat 90°C ni tashkil qilsa, 400 km da 1000—2000° ga o‘zgaradi (Zigel, 1988). 52 UCHINCHI QISM 4-BOB TOG‘ JINSLARI 4.1. TOG‘ JINSLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA Yer sharining qayeriga bormaylik, oyog‘imiz ostida goh sog‘-gil tup- roqlarni, goh qumlarni, shag‘al, xarsang toshlarni, goh turli tarkib, xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan qoya toshlarning guvohi bo‘lamiz. Bir yerda ularning ustida paxtazorlar, bog‘-rog‘lar barq urib o‘sayotganini, yashnayotganini ko‘rsak, ikkinchi bir yerda ularning ustida 1—100 hatto bundan ham ko‘p qavatli imoratlar qad ko‘tarib turganini, suv ombor- larini, katta-katta kanallarni, gidrotexnika inshootlarni, ko‘priklarni, avtomobil, temir yo‘llarni, chuqurligi bir necha yuz metrga yetadigan shaxtalarni, aerodromlarni, kosmodromlarni ko‘ramiz. Ana shu rizqi- ro‘zimizning manbayi, u yoki bu inshootlarning zamini hisoblangan sog‘ va gil tuproqlar, qumlar, shag‘al, xarsang toshlar, qoya toshlar (granitlar, granodioritlar va b.) hammasi geologiya fanida birgalikda tog‘ jinslari deb yuritiladi. Bu jinslar o‘z tarkibiga ko‘ra monomineralli (bir mineralli) va polimineralli (bir qancha mineralli) bo‘ladi. Monomineralli jinslarga misol qilib ohaktoshni, dolomit, gips tog‘ jinslarini, polimineralli jinslarga ega granit, granodiorit, gil, lyoss jinslarini ko‘rsatish mumkin. Jumladan, faqat lyoss jinslari tarkibida 100 ga yaqin minerallar bo‘lib, ulardan 60 tasi jins hosil qiluvchi klastogen minerallari bo‘lib hisoblanadi. Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tog‘ jinslari deganda yer qobig‘ining katta qismini tashkil etuvchi, bir va bir qancha minerallar- dan tuzilgan, doimiy kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan ayrim-ayrim geologik birikmalar tushuniladi. Planetamizda tarqalgan hamma tog‘ jinslari o‘zining paydo bo‘li- shiga, yotish holatlariga, mineralo-kimyoviy tarkibi, xossa va xususi- yatlariga qarab uch asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Magmatik. 2. Cho‘kindi. 3. Metamorfik. 4.2. MAGMATIK TOG‘ JINSLARI Magmatik guruhga kiruvchi tog‘ jinslar yer qobig‘idagi mavjud ham-
53 4.1-rasm. Intruziv shakllari (R.A.Deli bo‘yicha, G.N.Popovdan, 1991) 1 — sill; 2 — lakkolit; 3 — lopolit; 4 — fakolit; 5 — dayka; 6 — nekk; 7 — konussimon intruziv; 8 — xonolit; 9 — batolit; 10 — shtok. Yerning ichki qismidagi mineral massa — magmaning1 yuqoriga qarab
Intruziv tog‘ jinslari magmaning yer yuzasiga yetib chiqmay, yer qobig‘ining ichki qismi qavatlari orasidagi yoriqlarga batolit, shtok, lakkolit, lopolit, dayka, sill (qatlamlararo tomirlar) holatida kirib qotishi va uzoq vaqtlar davomida sovishi jarayonida paydo bo‘ladi (4.1-rasm). Batolitlar noto‘g‘ri gumbaz ko‘rinishdagi eng yirik magmatik shakl bo‘lib, ba’zan uzunasiga 200 km dan ham katta maydonni egallaydi. O‘zining yer qobig‘idagi o‘rni bo‘yicha magma o‘chog‘iga yaqin bo‘ladi. Shtoklar batolitga yaqin yonma-yon joylashgan bo‘ladi. Maydoni esa uning maydonidan ancha kichik bo‘lishi bilan xarakterlidir. Lopolit magmatik jinslarning tovoqsimon shakli. Magmaning ko‘ta- rilish va tog‘ jinslari qatlamlari oralig‘idagi qulay joylarda yig‘ilib qotishi natijasida vujudga keladi. 1 Magmatik — grekcha xamirga o‘xshash massa degan ma’noni anglatadi. Bu massa yer qobig‘ining ayrim ostki qismlarida (o‘choqlaridagi) mavjud o‘tli xamirsimon massa bo‘lib, tarkibiga ko‘ra silikat qotishmalaridan, har xil gazlardan, o‘rta haroratli bug‘lardan tashkil topgan murakkab moddalardan iborat. Ana shu o‘choqlarda harorat va bosimning o‘zgarishi jarayonida oquvchan holga o‘tadi va tog‘ jinslari yoriqlari bo‘ylab harakat qiladi. 54 Lakkolitlar magmatik jinslarning qavariq qo‘ziqorin ko‘rinishdagi qatlamlararo intruziv shakli. Uning pastki qismi ko‘pincha gorizontal holatda bo‘ladi. Daykalar yer qobig‘ining aksariyat cho‘kindi tog‘ jinslari qatlam- larida mavjud bo‘lgan vertikal, ba’zan qiya, bir-birlariga parallel, radial-shula halqasimon yoriqlar bo‘ylab magma massasining ko‘ti- rilishi va qotishi jarayonida vujudga keladi. Ularning eni bir qancha sm dan 1—1,5 km bo‘lib, uzunasiga bir qancha o‘n, hatto 100 km ga cho‘zilishi ham mumkin. Daykalar yoriq atrof jinslarga nisbatan qattiq bo‘ladi. Sillar tog‘ jins qatlamlari oralig‘ida ularni yotish holatlariga muvofiq bo‘lgan tomirlar ko‘rinishidagi qotib qolgan intruziv shakl. Intruziv yo‘l bilan hosil bo‘lgan tog‘ jinslariga granitlar, granodioritlar, siyenitlar, dioritlar, gabbrolar, dunitlar va boshqalar kiradi (4.1- jadval). Effuziv magmatik jinslar magma massasining vulqonlarning1 otilishi jarayonida yer sathiga mavjud kanallar orqali ko‘tarilib chiqib yoyilishi va qotish natijasida vujudga keladi. Magmaning yer sathiga chiqib yoyilishi jarayonida uning tarkibida- gi ba’zi bir uchuvchi gaz holatidagi komponentlarning (Cl, H, S, CO, CO2, N2O va b.) yo‘qolishi va sovishi tufayli suyuq lava massasi sekin-
liporit, andezit, traxit, bazalt, diabaz va boshqa tog‘ jinslarini ko‘rsatish mumkin (4.1- jadval). Intruziv va effuziv magmatik tog‘ jinslari kimyoviy tarkibini asosan SiO2, K2O, TiO2, Fe2O3, FeO, CaO, MgO, K2O va N2O birikmalari tashkil etadi. Lekin tog‘ jinslarini bir-birlaridan ajratishda SiO2 va Na O+K O komponentlarining ahamiyati katta. Shuning uchun ham 22 amaliyotda bu komponentlarning miqdoriga qarab hamma magmatik tog‘ jinslari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Nordon jinslar (tarkibida SiO2 miqdori 65—75% atrofida, ishqoriy metall oksidlari — Na2O+K2O ning miqdori esa 6—8 % atrofida o‘zgaradi); 2. O‘rta (SiO2 52—65%, Na2O+K2O 4—6%); 3. Asosiy (SiO2 45—52%, Na2O+K2O 1—4%); 4. Ultra asosiy (SiO 35—45%, Na O+K O 0—1%); 5. Ishqoriy (Na O+
Quyida eng asosiy magmatik tog‘ jinslari to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 1 Vulqon qadimgi rim afsonalariga ko‘ra «O‘t xudosi» ma’nosini anglatadi. Bu — magma o‘chog‘idan boshlab yer sathigacha davom etuvchi, o‘zidan bug‘, gaz, yuqori haroratdagi (1000—1300°C) suyuq yoki qayishqoq lava massasining sof holatda yoki har xil yiriklikdagi tog‘ jinslari bo‘laklari aralashmasi holatida murakkab kanallar orqali o‘ziga xos ritm bilan yer sathiga ba’zan oqib, ba’zan otilib chiqishi oqibatida vujudga kelgan tabiiy geologik hodisa. 55 4.1-jadval ENG ASOSIY MAGMATIK TOG‘ JINSLARI (mavjud manbalar asosida tuzilgan) SiO2 va Na2O+K2O Intruziv Effuziv miqdoriga qarab guruhlanishi 2 3 1 Granit Liporit (kvarsli porfir) 1. Nordon Granodiorit 65—75 va 6—8 Diorit Andezit (andezitli porfir) 2. O‘rta Sienit Traxit (traxitli porfir) 52—65 va 1—4 Gabbro Bazalt (bazaltli porfir) 3. Asosiy Labradorit Diabaz 45—52 va 1—4 Peredotit Pikrit 4. Ultra asosiy Pirokoanit Kimberlit 35—45 va 0—1 Dunit Nefelinli Oratklazli porfir 5. Ishqoriy* Sienit Fonolit 8—20 * Ishqoriy metall oksidlari — Na2O+K2O ning miqdori SiO2 ning miqdori bo‘yicha o‘rta, qisman nordon jinslarga to‘g‘ri keladi (Zaridze, 1988). 4.2.1 INTRUZIV TOG‘ JINSLARINING ENG ASOSIY VAKILLARI Granitlar asosan kvars (35—45), dala shpati (60—70) hamda qis- man sluda va rogovaya obmanka (3—4%) minerallaridan tashkil top- gan intruziv tog‘ jinsidir. Granitlarni tashkil qilib turgan minerallar to‘liq kristallangan yirik, o‘rta, mayda donalardan iborat bo‘lib, unda mineral donalari tartibsiz joylashgan bo‘ladi. Ular oq, qizg‘ish, kulrang, ko‘kish tusda bo‘lib, bu ranglarni hosil qilishda minerallarning turi va miqdori asosiy o‘rinni egallaydi. Mustahkamlik darajasi tog‘ jinslarini tashkil qilib turgan minerallarning turiga, nurash jarayoniga, tektonik yoriq- larning mavjudligiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Granodioritlar tarkibida plagioklaz (70—90%), ortaklaz-mikroklin (10—13%), kvars (15—35%) bo‘lgan intruziv tog‘ jinsidir. Mustahkam- ligi, hajm og‘irligi, g‘ovakligi hamda boshqa xossa va xususiyatlari jinsning tarqalgan hududlarini fizik, tektonik sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin. Dioritlar plagioklaz, dala shpati (50—70%), rogovaya obmanka (30— 50%), qoramtir minerallardan va sludalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu jinsda kvars ko‘p miqdorda bo‘lsa, kvarsli diorit deb nomlanadi. Dioritlar granitli batalitlarni chekka qismlarida yirik bo‘lmagan shtok, intruziv tomirlar holatida uchraydi. 56 Siyenitlar tarkibida kvars mineralining bo‘lmasligi, plagioklaz (0— 20%) bo‘lishi, asosan ortoklaz va mikroklin minerallaridan tuzilganligi bilan xarakterlidir. Siyenitlar dayka va shtok holatida uchraydi. Gabbrolar boshqa intruziv jinslaridan asosan qora rangli dala shpat- laridan (plagioklaz va pirokenlardan) tashkil topganligi, tarkibida kvars, sluda minerallari bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Bu jinslar o‘z strukturasi1 va teksturasi2 bilan granit, diorit, siyenitga o‘xshash bo‘lsa-da o‘ta mo‘rt- dir. Tabiatda yirik lakkolit, shtok, dayka holatida uchraydi. Tarkibida aksessor minerallardan apatit, ilmenit, magnetit, ba’zan xromit uchraydi. 4.2.2. EFFUZIV JINSLAR Effuziv jinslar biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, intruziv jinslardan
Terrigen-vulqon jinslari intruziv va sof vulqon jinslaridan, struktura tuzilishida faqat magma jinsi va uning qotishidan hosil bo‘lgan mineral donalar qatnashmay balki yon-atrofdagi mavjud jinslar ham qatnashishi 4.2-rasm. Effuzivlarning yotish shakllari (G.N. Popov bo‘yicha, 1991): 1 — shit; 2 — effuziv oqimi; 3 — effuziv qoplamasi; 4 — bolishsimon lavalar; 5 — lavali terrigen-vulqon (xarsangtoshli)gumbazlari; 6 — portlash jarayonida hosil bo‘lgan naysimon kanal va undagi terrigen-vulqon jinslari. 1 Struktura deganda tog‘ jinslarining, ularni tashkil qilib turgan mineral zarrachalarning
2 Tekstura deganda tog‘ jinslarini, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarralarning kristallarini (donalarini) bir-biriga nisbatan (tartibli yoki tartibsiz) joylashish xarakteri tushuniladi. 57 bilan farqlanadi. To‘g‘rirog‘i, ana shu magma mahsulotiga, magma ko‘tarilib chiqish yorig‘i (yo‘li)ni tashkil qilib turgan (aksariyat sof effuziv) tog‘ jinslari bo‘laklari ham qo‘shilib, qorishib qotadi. Natijada o‘ziga xos jinslar — tuflar, tufpeschanik (qumli tuflar), tuf konglomeratlar (shag‘altosh tuflar), tuf brekchiyalar (chaqiq toshli tuflar) hosil bo‘ladi. Terrigan-vulqon jinslari klassifikatsiyaga ajratishda ularning tarkibidagi vulqon materiallari asosiy o‘rnini egallaydi. Agar terrigen-vulqon jinslari vulqon materiallari 90 % dan oshsa — tuf; 90 % dan kam, ammo 50 % dan oshiq bo‘lsa — tufogen; 50 % dan kam bo‘lsa — tuffit jinslar deb yuritiladi. Ularni tuzib turgan tog‘ jinslarining bo‘laklari yirik strukturali bo‘lsa, nomi oldiga brekchiya (tufobrekchiya, tufogen brekchiya, tuffitli brekchiya), o‘rta yiriklikdagi bo‘laklardan tuzilgan bo‘lsa, alevrolit so‘zi qo‘shib aytiladi. Sof vulqon jinslariga bazaltlarni, liparitlarni, dasitlarni, traxitlarni, andezitlarni, porfiritlarni, porfirlarni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Bazaltlar asosan piroksen (avgit, diopsid, gipersten) va qisman boshqa qoramtir minerallardan tashkil topgan vulqonogen tog‘ jinsi bo‘lib, rangi qora kulrang, qoramtirdir. Bu jinsi tashkil qilib turgan minerallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Qurilish nuqtayi nazaridan mustahkam tog‘ jinslar (granitlar) qatoriga kiradi. Liparitlar kvars, dala shpatida tashkil topgan tog‘ jinsi bo‘lib, rangi ko‘pincha qoramtir bo‘ladi. Porfiritlarni tashkil qiluvchi minerallar asosan plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlardan iborat. Rangi qoramtir, kulrang, ba’zan yashilroq bo‘lib, tashkil qiluvchi minerallar nisbatiga qarab ular andezit yoki diabaz porfiritiga ham ajralishi mumkin. Porfirlar asosan kvars, dala shpati minerallaridan tuzilgan. Undagi kvars, dala shpati mineral donalari katta-katta holatda bo‘ladi. Bunda kvars kristallari ko‘p bo‘lib, ko‘zga yaxshi tashlanib tursa, kvarsli porfirlar deb ataladi. Bu jinsning rangi qo‘shimcha qoramtir-qizg‘ish, och kulrang ko‘rinishda bo‘ladi. Andezitlar dala shpati, rogovaya obmanka va boshqa qoramtir mi- nerallardan, xlorit hamda vulqon oynasidan iborat. Terregan-vulqon jinslari: Tuflar mayda (0,01—15 mm) vulqon otqindilaridan yuqori harorat ostida qizishi va o‘zgarib magma bilan birikib qotishi natijasida hosil bo‘lgan g‘ovak vulqon jinsidir. Bu jinsning mineralogik tarkibini asosan vulqon oynasi, qisman dala shpati, boshqa mineral kristallari hamda biriktiruvchi massa tashkil qiladi. Masalan, Qurama tog‘ hududida tarqalgan o‘rta donali tuflarning (T. N. Dolimov, 1971), 14—32 % turli jins bo‘laklaridan, 29—41% biriktiruvchi massa va boshqa minerallardan iborat. Jinsni tashkil qilib turgan mineral siniqlari kvars (13—16%), kaliy shpati (15—29%), plagnoklaz (8—29%), biotit (4—2,8%) hamda ikkilamchi minerallardan Download 26.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling