Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
Â.Ì. Ëóêüÿí÷èêîâ. Òåõìîãåììîå çàãðÿçìåìèå ãðñìòîâûõ âîä ìåóòåïðîäñêòàíè. Àâòîðåóåðàò äèð. ìà ðîèðêàìèå ñ‚. ðòåï. ê.ã.-í.ì. — Ì., 1986, 20 ð.
19 etadi. Ularning boqiyligi, mustahkamligi ana shu tog‘ jinslarining tarkibiga, fizik-mexanik xossa va xususiyatlariga, mavjud tabiiy geologik va texnogen jarayon va hodisalarning vujudga kelish, rivojlanish qonuniyatlariga va sabablariga, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlari qurilayotgan maydonning injener- geologik sharoitiga bog‘liq. Bularning hammasini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlari o‘rganadi. Shuning uchun gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarini, ularning usul va uslublarini yaxshi bilish, amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish, xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini to‘g‘ri joylashtirishda va qurishda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 20 Takrorlash uchun savollar 1. Gidrogeologiya fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Yer sferalaridagi suvlarning miqdori to‘g‘risida fikr yuriting. Yerning birinchi qobig‘idagi mavjud yer osti suvlarining miqdori qancha? 3. Gidrogeologiya fani tarmoqlari va ularning vazifalari to‘g‘risida ma’lumot bering. 4. Gidrogeologiyaning eng yangi tarmoqlaridan gidroekologiya tarmog‘ining uning boshqa tarmoqlaridan farqi nimada? 5. Injenerlik geologiyasi fanining o‘rganish obyekti to‘g‘risida tushuncha bering. 6. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 7. Geologik jarayon va hodisalarni injener-geologik (texnogen) jarayon va hodisalardan farqi nimada? 8. Injenerlik geologiyasi fanining asosiy tarmoqlari qaysilar? Ularning vazifalari nimalardan iborat? 9. Gruntlar deganda nimani tushunasiz? 10. «Ekologiya» va «Geoekologiya» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘risida tushuncha bering. 11. Yerning «Geosfera» qavati deganda nimani tushunasiz? 12. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining rivojlanishi, vujudga kelishi va tarixiy manbalari to‘g‘rsisida tushuncha bering. 13. Issiq, suvsiz hududlarda ajdodlarimiz tomonidan chuchuk suv oqimini vujudga keltirish maqsadida ixtiro etilgan maxsus qurilma to‘g‘risida o‘z fikringizni ayting. 14. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolarning tog‘ jinslari, minerallar va tog‘larning paydo bo‘lish to‘g‘risidagi fikrlari nimalarga asoslangan? 15. Yer yuzasining sxematik xaritasi Abu Rayhon Beruniydan keyin kim tomonidan berilgan? 16. Nima uchun Amir Temur sulolasi hukmronlik qilgan yillarda bunyod etilgan imorat va inshootlarni qurgan ustalarni o‘sha davrning injenerlari, injenergeologlari va gidrogeologlari deb atash mumkin? 17. 1500—1860-yillar mobaynida Osiyo va Yevropa davlatlarini, jumladan Rossiya tomonidan mamlakatimizning tabiiy sharoitiga, geologik tuzilishiga, yer osti va yer usti suvlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarining sabablarini sharhlab bering. 18. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida tayyorlangan birinchi diplomli geologlar guruhi qaysi yillarga to‘g‘ri keladi? Ular kimlar edi? 19. Mamlakatimizda yuqori malakali injener-geolog, gidrogeolog mutaxassislar tayyorlab bergan va berayotgan oliy o‘quv yurtlari qaysilar? Ilmiy-tekshirish institutlari-chi? 21 20. Nafaqat O‘zbekistonda, balki butun O‘rta Osiyo respublikalarida geologiya, gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi fanlarining tashkil topishida va rivojlanishida, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berilishida yetakchilik qilgan o‘zbek olimlari to‘g‘risida so‘zlab bering. 21. Tabiiy muhit komponentlari nimalardan iborat? 22. Tabiiy muhit komponentlarini biz nima uchun o‘rganamiz? 23. Tabiiy muhit komponentlarini gidrogeologik va injener-geologik nuqtayi nazardan to‘g‘ri o‘rganmaslik va baholamaslik nimalarga olib keladi? 24. Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarini rejalashda, joylashtirishda va qurishdagi ahamiyati to‘g‘risida gapirib bering. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling