Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari
Injenerlik geomorfologiyasi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ма\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Injenerlik geoekologiyasi.
- GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING VUJUDGA KELISH
Injenerlik geomorfologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi fani tarmoqlarining eng yosh yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib, yer sath tuzilishining imorat va inshootlar qurish uchun qanchalik qulay yoki noqulayligi masalalari bilan shug‘ullanadi. Bunda asosiy e’tibor relyef elementlariga (sath qiyaligi, quyosh nuri yo‘nalishiga nisbatan tutgan o‘rniga, ya’ni kungay yoki teskayligiga, vaqtincha yoki doimiy oqar suvlari yo‘llari bilan kesishganlik darajalariga, sath qaysi tog‘ jinsi ustida vujudga kelganligi va h.k.) qaratiladi. Yer sath tuzilishi gorizontal (0—3°), me’yorli (3—7°), qiya (7—17°), o‘rta qiya (17—27°), tik qiyalik (27° dan yuqori) darajalariga qarab baholanadi. Natijalar orasida xalq xo‘jaligi imorat va inshootlarni loyihalash, joylashtirish, rejalash, qurish ishlari amalga oshiriladi. Injenerlik geoekologiyasi. Injenerlik geoekologiyasi 1 Yerning geosfera 2 qavatini tashkil qiluvchi tabiiy muhit komponentlarini (litosfera, gidrosfera, biosfera) odamlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish qonuniyatlarini va sabablarini o‘rgandi, tahlil etadi hamda ana shu komponentlarning tabiiy holatini saqlab qolish maqsadida chora va tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. GIDROGEOLOGIYA VA INJENERLIK GEOLOGIYASI FANLARINING VUJUDGA KELISH VA RIVOJLANISH TARIXI «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining vujudga kelishi va rivojlanish tarixi o‘zining uzoq o‘tmishiga borib taqaladi. Bu fanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi birinchidan, mamlakatimizda olib borilgan sug‘orish, qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, dunyo sivilizatsiyasi, ya’ni jamiyatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti darajalari bilan, ayniqsa Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Suriya, Eron davlatlari hududlarida yer osti suvlaridan foydalanish, u yoki bu turdagi inshootlarni qurish ishlarini olib borish tarixi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, bundan 3 000—5 000 yillar avval ham mamlakatimiz hududidagi o‘sha davrlarda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan Old Sharq davlatlari o‘rtasida munosabatlar mavjud bo‘lgan. Sug‘orish shoxobchalarini, kanallarni, maxsus sopol quvurlar yordamida yer osti suv uzatish qurilmalarini, qal’alarni, ibodatxonalarni, qasrlarni bunyod etishda o‘zaro tajriba almashilgan. Eramizgacha VI asrlarda mamlakatimiz hududida bir qancha yirik shaharlarning bo‘lganligi to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlarda ko‘rsatilgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent shaharlarining bunyod etilganligi va bunyod etilish davri ham ana shu zamonlarga borib taqalishi bejiz emas. Bu davrlarda Qizilqum, Qoraqum sahrolarida maxsus qurilmaga ega bo‘lgan minglab yer osti suvi uchun 6.3-rasm. Insonlar tomonidan 2000— 3000 yillar avval ixtiro qilingan tabiiy bo‘lmagan suv oqimini vujudga kelishini ta’minlaydigan maxsus qurilma sxemasi. 1. Issiq havo oqimiga to‘siq qilib joylashtirilgan xarsangtoshlar uyumi; 2. Issiq havo oqimi yo‘nalishi; 3. Sovigan havo oqimi yo‘nalishi; 4. Issiq havo oqimining sovishi jarayonida vujudga kelgan suv tomchilari harakati; 5. Suv tomchilarni yig‘ilishi natijasida vujudga kelgan suv oqimi. qazilgan quduqlar mavjd bo‘lgan. Hatto ajdodlarimiz tabiiy suv hosil qilish, undan foydalanish yo‘llarini ham bilishgan. Maxsus 1 Ekologiya grekcha so‘z bo‘lib, ekos — yashash joyi, uy muhit, logiya — fan ma’nosini anglatadi. Demak, ekologiya odamlar yashash muhiti to‘g‘risidagi fan. Geoekologiya — Yerning jonli mavjudotlar yashaydigan, shu jumladan insonlarning injenerlik va xo‘jalik faoliyat ko‘rsatadigan qismini o‘rganadi. Ekologiya atamasi birinchi marotaba 1869-yili nemis zoologi E. Gekkelp tomonidan, «Geoekologiya» atamasi esa 1939-yili K. Trol tomonidan ishlatilgan. «Ekologiya», «Geoekologiya», «Injenerlik geoekologiyasi» fanlari o‘zlarining o‘rganish obyektlari va uslublari bo‘yicha bir-biriga nihoyatda yaqin fanlardir. 2 Geosfera deganda litosfera va gidrosferaning yuqorigi (3—5 km) va atmosferaning pastki (yer sathidan 10—15 km) qismi va ana shu sferalardagi hayot kechiruvchi organik mavjudotlar majmuasi tushuniladi. 8 «Suv yig‘ish» qurilmalari (2.3-rasm) hamda «karezlar» 1 bunyod etishgan. VIII—XI asrlar mamlakatimiz hududida yirik ilm-fan daholarining dunyoga kelish va faoliyat ko‘rsatish davri bo‘ldi. Bular Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (780—847), Abu Rayhon Beruniy (973—1048), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Ahmad Farg‘oniy (IX asr), Al-Forobiylar (873—950) edi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling