Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Qazilma konlar injenerlik geologiyasi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Qazilma konlar injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i qazilma konlar 
joylashgan va qazib olish hududining injenergeologik sharoitini, ya’ni ana shu hududning geologik 
tuzilishini, tog‘ jinslarini, ularning tarkibi, xossa va xususiyatlarini, gidrogeologik sharoitini, yer sath 
tuzilishini, tabiiy geologik va texnogen jarayonlarning tarqalish, joylashish holatlarini o‘rganadi, qazilma 
konlarini ishlatish davrida ularning o‘zgarishini, yangidan vujudga kelish, rivojlanishini bashorat qiladi, 
chora- tadbirlar ishlab chiqadi va belgilaydi. 
Qazilma konlar joylashgan va qazib olish hududi ba’zan o‘zining injener-geologik sharoitining nihoyatda 
murakkabligi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda aksariyat tub-qoya tog‘ jinslari tarqalgan bo‘lib, ba’zan 
serdarz, tektonik uzilma va yoriqlarga boy, ayrim-ayrim qismlarga (bloklarga) bo‘lib tashlangan, nurash 
jarayoniga uchragan, burmalangan bo‘ladi. Bu esa qulash, surilish, yuvilish kabi jarayonlarning vujudga 
kelishini tezlashtiradi va kon maydonida qurilishi lozim bo‘lgan inshootlar (imoratlar, yo‘l, trassalar, shaxta, 
shtolnya va b.) uchun joy tanlash ishlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday holatlarda maxsus yirik 
masshtabdagi injener-geologik tekshirish ishlari olib boriladi. Olingan natijalar har tomonlama tahlil etiladi 
va u yoki bu qurilish inshootlari uchun aniq joy tanlanib buyurtmachilarga topshiriladi. Bunda yana asosiy 
e’tibor qurilish maydonining yer sath tuzilishiga, yog‘adigan yog‘inning yil mobaynidagi miqdoriga, turiga, 
ular bilan bog‘liq bo‘lgan qor ko‘chkisi, suv toshqini, yuvilish jarayonlarining vujudga kelish ehtimoli, yer 
osti suvlarining harakat yo‘nalishining qay darajada o‘zgarishi mumkinligi ham har tomonlama baholanadi. 
Lyosshunoslik. Injenerlik geologiyasi fanining bu tarmog‘i lyoss
1
jinslarining paydo bo‘lishi, tarqalish, 
o‘zgarish qonuniyatlarini, tabiiy holatini, tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, odamlarning 
xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari oqibatida o‘zgarish darajalarini hamda ularning qatlamlarida vujudga 
kelgan va keladigan tabiiy va texnogen jarayonlar va hodisalarni o‘rganadi, tahlil etadi va bashorat qiladi. 
Respublikamizning 70 % dan ortiq maydoni lyoss va lyossimon jinslari bilan band bo‘lib, xalq xo‘jaligining 
hamma imorat va inshootlarining 90—95 % dan ortiq qasmi ana shu jinslar ustiga joylashgan. Shuning 
uchun lyoss jinslarini har tomonlama o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling