Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Qazilma konlari gidrogeologiyasi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Qazilma konlari gidrogeologiyasi — u yoki bu qazilma konlari hududidagi mavjud yer osti suvlarini, 
ularning fasllar, ko‘p yillar mobaynida vujudga kelish sabablarini, iste’molga yetarli yoki yetarli emasligi, 
yaroqligi darajalarini o‘rganadi va bashoratlaydi, chora-tadbirlar ishlab chiqadi
Radiogidrogeologiya — yer osti suvlarining radioaktiv tarkibini, ulardagi mavjud radioaktiv elementlarning 
turi (uran, rodon, radiy) miqdorlarini, vujudga kelish o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, ularni qidirib 
topish, xalq xo‘jaligida qo‘llash uslublarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi; 
Regional-gidrogeologiya — yer osti suvlarining ayrim regionlar bo‘yicha tarqalishi, vujudga kelishi
o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi; 
Yer osti suv konlari gidrogeologiyasi — yer osti suvlarining ayrim geologik, tektonik, fizik-geografik 
sharoitga ega bo‘lgan regionlar bo‘yicha yig‘ilish, joylashish qonuniyatlarini o‘rganadi, ichish uchun zarur 
bo‘lgan yer osti chuchuk suv zaxiralarini qidirib topish, ularning miqdorini aniqlash, xalq xo‘jaligi 


3
sohalarida ishlatish jarayonida yuzaga keladigan kimyoviy, fizik va miqdoriy o‘zgarishlarni o‘rganadi, 
baholaydi va bashoratlaydi; 
Palegidrogeologiya. Gidrogeologiyaning bu tarmog‘i yer osti suvlarini Yer tarixiy taraqqiyoti mobaynida 
vujudga kelgan yer qobig‘i tog‘ jinslari qatlamlari hosil bo‘lish davri bilan bog‘lagan holda o‘rganadi, u yoki 
bu yoshga ega bo‘lgan yer osti suvli qatlamlarini ajratadi, ularning paydo bo‘lish, o‘zgarish qonuniyatlarini 
aniqlaydi; 
Gidrogeoseysmologiya — yer osti suvlarining tarkibini, xossa va xususiyatlarini yer qimirlash hodisasining 
tayyorlanish, vujudga kelish davri bilan bog‘liq holda o‘zgarishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Bu tarmoq 
asosan O‘zbekistonda 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin vujudga keldi. O‘zbekistonda va unga yondosh 
hududlarda sodir bo‘lgan qator yer qimirlashlarni bashorat qilishga erishildi (G‘.O. Mavlonov, A.N. 
Sultonxo‘jayev va boshqalar); 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling