Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Injenerlik seysmogeologiyasi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Injenerlik seysmogeologiyasi. Bu fan injenerlik geologiyasi va seysmologiya fanlari oralig‘ida vujudga 
kelgan bo‘lib, u yoki bu imorat va inshootlari qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududni injenergeologik va 
injener-seysmologik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Mukammal va mikro-seysmik rayonlashtirish asoslarini 
yaratadi. 
«Injener-geologik asoslari» deganda imorat va inshootlar qurilgan va qurilishi kerak bo‘lgan hududda sodir 
bo‘lgan yer qimirlash kuchining o‘zgarishiga va oshishiga ta’sir etuvchi omillar, ya’ni shu hududning 
geologik tuzilishi, tog‘ jinslari, ularning xossa va xususiyatlari, yer osti suvlari, yer sath tuzilishi, mavjud 
geologik va odamlarning xo‘jalik faoliyatlari oqibatida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo‘lgan jarayon 
va hodisalar, ana shu omillarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlar majmuasi tushuniladi. 
Meliorativ injenerlik geologiyasi Respublikamizning sug‘orilayotgan va sug‘orishga tayyorlanayotgan 
maydonlarining injener-geologik sharoitini, sug‘orish tarmoqlarini qurish va ana shu sug‘orish tarmoqlari 
orqali suv tarqatish jarayonida o‘zgarish qonuniyatlari, yer osti suvlari sathlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq 
holda vujudga kelgan zaxlash, botqoqlanish, sho‘rlanish jarayon va hodisalarini o‘rganadi va bashorat qiladi, 
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga bo‘lgan ta’sir darajalarini aniqlaydi. Kerakli chora-tadbirlar ishlab 
1
Lyoss (Loss) so‘zi xalqaro atama bo‘lib, u birinchi marotaba 1823-yili geologiyaga oid nemis adabiyotlarida K.G.Leonard tomonidan 
qo‘llanilgan. Lyoss bo‘shoqligi, serg‘ovakligi, suv ta’sirida o‘z og‘irligi va qo‘shimcha bosim ostida juda tez cho‘kuvchanligi, o‘ziga xos tarkibi bilan 
boshqa tog‘ jinslaridan tubdan farq qiladi. Uni nemislar («Loss», fransuzlar «Loss», ruslar (Lyoss), o‘zbeklar «Sog‘ tuproq (lyoss)» nomi bilan 
atashadi. Agar lyoss jinsi o‘z bo‘shoqligini, g‘ovakligini va cho‘kuvchanlik xususiyatlarini yo‘qotgan bo‘lsa «Lyossimon» jins deb ataladi. 


7
chiqadi. Bu fan gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi oralig‘ida paydo bo‘lgan bo‘lib, gidrogeologiya 
fanining «Meliorativ gidrogeologiya» tarmog‘i bilan chambarchas bog‘langan holda ish olib boradi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling