Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Regional injenerlik geologiyasi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Regional injenerlik geologiyasi. Injenerlik geologiyasining bu tarmog‘i yirik regionlarning injenerlik-
geologik sharoitini vujudga kelish, rivojlanish va odamlar faoliyati natijasida o‘zgarish qonuniyatlarini 
o‘rganadi, bashorat qiladi. Ana shu regionlarning injener-geologik sharoitining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi 
tabiiy geologik va texnogen omillarni aniqlaydi, mayda masshtabdagi (1:100 000 va bundan kichik) xaritalar 
tuzish uslublarini ishlab chiqadi va yaratadi. Bu tarmoq yordamida olingan ma’lumotlar xalq xo‘jaligi 
inshootlarini qurish joylarini oldindan aniqlashda va rejalashda katta ahamiyatga ega. 


5
 
Injenerlik geodinamikasi fani Yerning ichki qismida (endogen) va uning ustki qismida sodir bo‘ladigan 
(ekzogen) geologik va texnogen (odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan) 
jarayon va hodisalarning vujudga kelish, sodir bo‘lish, rivojlanish va barham topish qonuniyatlarini hamda 
sabablarini o‘rganadi. Ularni, ayniqsa ekzogen jarayon va hodisalarning zararli oqibatlarini kamaytirish, 
bartaraf etish va ma’lum vaqt mobaynida hudud maydoni uchun miqdoriy bashoratlash yo‘l-yo‘riqlari ustida 
ilmiy izlanishlar olib boradi, chora va tadbirlar ishlab chiqadi. 
Gruntshunoslik fani. Yerning ustki qobig‘i qatlamlarida vujudga keluvchi hamma jarayon va hodisalar, ana 
shu qatlamlarni tashkil etuvchi tog‘ jinslari — gruntlarga
1
bog‘liq holda sodir bo‘ladi, rivojlanadi va 
o‘zgaradi. Gruntlarning tarkibini, fizik va mexanik xossa va xususiyatlarini, ularning holati, vujudga kelish, 
o‘zgarish qonuniyatlari va masalalari bilan gruntshunoslik fani shug‘ullanadi. 
Shaharlar injenerlik geologiyasi. Shaharlar hududi o‘ziga xos tabiiy va texnogen omillarning mavjudligi 
bilan, bu omillarning bir-biriga bo‘lgan ta’sir darajasining nihoyatda yuqoriligi bilan xarakterlidir. Ma’lumki, 
hozirgi vaqtda shaharlar aholisi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Sanoat va aholi yashaydigan binolar, har 
xil yer usti va yer osti injenerlik inshootlari (suv berish, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari, ko‘priklar, yer osti 
o‘tish yo‘llari, metropoliten va b.) barpo etilmoqda. Bu inshootlarning hammasi shahar maydonida tarqalgan 
u yoki bu tog‘ jinslarining ustida yoki qatlamlari oralig‘ida qad ko‘tarmoqda, joylashtirilmoqda. Natijada yer 
osti suvlarining sathi ko‘tarilmoqda, tabiiy harakat yo‘nalishining buzilishiga, tog‘ jinslarining tabiiy holati, 
tarkibi, fizik va mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga, texnogen jarayon va hodisalarni (zaxlash, cho‘kish, 
sho‘rlanish, yuvilish, surilish va h.k.) sodir bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Shuning uchun shaharlar 
injenerlikgeologiyasining asosiy maqsadi shahar hududida tarqalgan tog‘ jinslarining, yer osti suvlarining 
tabiiy holatini va odamlarning xo‘jalik va injenerlik faoliyati oqibatida o‘zgarganlik darajalarini va vujudga 
1
Gruntlar deganda yer qobig‘ining yuqorigi qatlamlarini tashkil etuvchi, qurilish materiali hamda imorat va inshootlarning zamini sifatida 
ishlatiladigan hamma tog‘ jinslari tushuniladi. 


6
kelishi mumkin bo‘lgan texnogen jarayonlarning tarqalish va o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi, bu 
jarayonlardan qutulish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi va kerakli chora-tadbirlar belgilaydi. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling