Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

6..6-
rasmO.K.Lange 
tiga, qazilma boyliklariga, paxtasiga 
(1883—
1975).
bo‘lgan qiziqish ayniqsa sovetlar diktaturasi hukmronlik qilgan yillar nihoyatda oshdi. Moskvadan 
keluvchi olimlar, mutaxassislar oqimi hamon davom etdi. Faqat 1919—1920yillar mobaynida 86 kishidan 
iborat professor-o‘qituvchilarning katta guruhi mamlakatimizga yuborildi. Bularning ichida geologlardan 
N. F. Bezobrazova, V. R. Muxin, A. S. Uklonskiylar bor edi. Fanning yangi yo‘nalishlari vujudga 
kelishini, mahalliy yoshlardan mutaxassis kadrlar tayyorlanishi kerakligini hayotning o‘zi taqozo etdi. 
Dastlabki geologiya yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar o‘sha davrlardagi Turkiston Davlat 
universitetining (Hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) fizika-matematika fakulteti qoshida tayyorlandi. 
1920-yili universitetda mineralogiya, kristallografiya, geokimyo, umumiy geologiya kafedralari, 1921-yili 
texnika fakulteti qoshida tog‘ bo‘limi, keyinchalik (1924) esa umumiy geologiya kafedrasidan O. K. 
11
M. SH. Shermatov. O‘zbekiston geologiyasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Toshkent, «Fan», 1972, 64-b. 


12
Lange (2.6-rasm) boshchiligida gidrogeologiya kafedrasi ajralib chiqadi hamda tarixiy geologiya va 
paleontologiya
12
, petrografiya va qazilma boyliklar (1942) kafedralari tashkil qilinadi. 
1930-yillarga kelib, universitetning ba’zi fakultetlarini kengaytirish hisobiga mustaqil oliy o‘quv yurtlari 
tashkil qilina boshladi. Masalan, universitetning tog‘ geologiyasi kafedrasi asosida O‘rta Osiyo geologiya 
qidiruv (SaGRI) instituti, keyinchalik bu institut Tog‘ institutiga, 1934yilga kelib O‘rta Osiyo industrial 
(hozirgi Toshkent texnika universiteti) sanoat institutiga aylantirildi. 
1933-yili Samarqandda ham o‘zbek (hozirgi Samarqand) Davlat 
universiteti ochilib, geologiya sohasida ham mutaxassislar tayyorlana 
boshladi. 1932-yillar O‘zbekistonda ilmiy-tekshirish ishlarini ham 
boshlab yuborilish davri bo‘ldi. 
Shuning uchun ham 1933-yili O‘zbekistondagi ilmiy-tekshirish 
tashkilotlariga boshchilik qilish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 
respublika fan komiteti tuzildi. Bu komitet qoshida qator ilmiy-
tekshirish tashkilotlari, jumladan, geolo- 
6.7-rasmX.M.Abdullayev 
giya, kimyo, botanika institutlari
(1912—1962). 
sektor va bo‘limlari ochilishiga sababchi 
bo‘ldi. 
1934-yili O‘rta Osiyo industrial instituti qoshida tog‘ geologiyasi fakulteti ochildi va to‘rt soha bo‘yicha 
— geologiya va rudali konlarni qidirish, ruda bo‘lmagan qazilmalar, yonuvchi qazilmalar, gidrogeologiya 
va injenerlik geologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlana boshlanadi. 
1935-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti qoshida tuproqshunoslik, geologiya-geografiya fakulteti, 
keyinchalik bu fakultet asosida geologiya, geografiya, biologiya fakultetlari ochildi. 
1940-yillarga kelib respublika Oliy o‘quv yurtlarida tayyorlangan mutaxassislar jamoasi vujudga keldi. 
Bular: X. M. Abdullayev, G‘. O. Mavlonov, V. I. Popov, N. A. Kenesarin, E. M. Isamuhamedov, O. I. 
Islomov, O. S. Sodiqov, K. A. Boboyev, A. L. Petrov, M. Mirboboyev, E. N. Minakova, A. B. Batalov, 
B. A. Bederlar edi. O‘zbekistonda bunday katta olimlar jamoasining vujudga kelishi O‘zbekiston 
geologiya fani u yoki bu yo‘nalishlarining, to‘g‘rirog‘i, u yoki bu soha bo‘yicha maktablarning paydo 
bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. 
Bunday yo‘nalishlardan biri petrometallogeniya yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘nalishning O‘zbekistonda tashkil 
topishi va rivojlanishida X. M. Abdullayevning roli kattadir (2.7-rasm). Uning mazkur sohada yaratgan 
asarlari faqat O‘zbekiston hududi uchun taalluqli bo‘lmay, balki butun planetamizga ham taalluqlidir. U 
birinchi bo‘lib O‘rta Osiyoni alohida metallogenik maxsus provinsiya sifatida ajratdi, u o‘zining qisqa, 
lekin sermahsul va sermazmun hayoti davomida 130 dan ortiq asar yozdi. 1940-yil 9 yanvarda qator 
ilmiy-tekshirish institutlarini, sektor, bo‘limlarni birlashtirgan holda Ittifoq Fanlar akademiyasining 
O‘zbekiston filiali, keyinchalik (1943) O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi. Bu esa 
O‘zbekistonda boshqa fanlar qatori geologiya fanining yanada rivojlanishiga, ilmli mutaxassislar sonining 
yanada oshishiga, yangidan-yangi yer osti konlarining ochilishiga sababchi bo‘ldi. 
1941—1945-yillar ikkinchi jahon urushi davri bo‘ldi. Bu davr O‘zbekiston geologlari zimmasiga ham 
respublikamizning tabiiy resurslarini o‘rganish, kerakli xomashyoni tezlik bilan qidirib topish va yetkazib 
berishdek mas’uliyatli vazifa yuklagan edi. Bu vazifalar o‘z vaqtida, a’lo darajada bajarildi. 
Shunday qilib, 30—40-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya va injenerlik sohasining ham birmuncha 
rivojlanish davri bo‘ldi. Bu vaqtda Markaziy Osiyoda gidrogeologiya va injenerlik fanlari bo‘yicha milliy 
12
1945-yili paleontologiya sohasi alohida kafedraga aylantiriladi. Shu yili geofizika kafedrasi ham tashkil etiladi. 


13
kadrlarning dastlabki bo‘g‘inlari (G‘. O. Mavlonov, N. A. Kenesarin va b.) yetishib chiqdi. Yer osti 
suvlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishlab chiqarish tashkilotlari (Uzpodzemvod) tuzildi. Yangi 
gidroelektrostansiyalar, gidrotexnik inshootlarni qurish maqsadida gidrogeologik, injener-geologik ishlar 
boshlab yuborildi. 
Ammo jahon urushining boshlanishi O‘zbekistonda injener-geologik, gidrogeologik ishlar rivojiga 
birmuncha ta’sir etdi. Tadqiqot ishlari faqat ayrim regionlardagina (Toshkent oldi, Farg‘ona, Mirzacho‘l 
va b.) olib borildi. Urushdan keyingi yillarda asosiy e’tibor respublikaning lyoss jinslarining tarkibi, xossa 
va xususiyatlarini o‘rganishga (G‘.O. Mavlonov), yangi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, yer 
osti suvlari rejimini o‘rganishga (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov), chuqur qatlam ma’danli suvlarini 
davolash maqsadlarida ishlatish (B. A. Beder) masalalariga qaratildi. 
1950-yillarga kelib o‘sha davrdagi mavjud gidrogeologik stansiyalar, partiyalar birlashtirilib 
«Gidrogeologiya» trestiga aylantirildi. Bu vaqtda Mirzacho‘l (hozirgi Sirdaryo viloyatining asosiy 
hududi) yerlarining gidrogeologik, meliorativ holatini (N. A. Kenesarin, M. M. Krilov, N. N. Xojiboyev, 
A. F. Slyadnev, D. M. Kas, N. M. Reshetkina va boshqalar) hamda injener-geologik sharoitini o‘rganish 
(G‘. O. Mavlonov, P. M. Karpov, V. G‘. G‘ofurov va b.) ishlari rivojlantirildi. 
1955—1960-yillar O‘zbekistonda gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi fanlarining yanada rivojlanish 
davri bo‘ldi. Bu sohadagi tadqiqot ishlari butun O‘zbekistonning yangi sug‘oriladigan yerlarida boshlab 
yuborildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Toshkent milliy universiteti) va O‘rta Osiyo politexnika 
(hozirgi Toshkent texnika universiteti) institutini gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi sohasi bo‘yicha 
mutaxassislarning katta guruhi tamomlab chiqadi (A. N. Sultonxo‘jayev, N. N. Xojiboyev, A. I. Islomov, 
S. Sh.Mirzayev, S.M. Qosimov, E.V. Qodirov, A. M. Xudoyberganov, M. Sh. Shermatov, K. P. Po‘latov, 
A. Nurmatov, M. G‘. Xo‘jayev, va b.). Shuning uchun ham 1960-yili X. M. Abdullayev va G‘. O. 
Mavlonovlar tashabbusi bilan O‘zRFAning hozirgi Geologiya va geofizika institutidagi gidrogeologiya 
va injenerlik geologiyasi bo‘limi asosida «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi» (GIDROINGEO) 
instituti tashkil etildi. Institut bo‘lim va laboratoriyalariga G‘. O. Mavlonov boshliq yetakchi olimlar — 
N. A. Kenesarin, N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev, A. S .Xasanov, A. I. Islomov, 
S. M. Mirzayev va boshqa qator olimlar boshchilik qildi. 
1966-yilgi Toshkent zilzilasidan keyin Toshkentda O‘zFA qoshida «Seysmologiya» instituti tashkil 
qilindi. Unga direktor etib akademik G‘. O. Mavlonov tayinlandi. Institutning asosiy ilmiy yo‘nalishi yer 
qimirlash vaqtini oldindan aytib berish, bashorat qilish usullarini yaratishdan iborat bo‘lib, uning ikkinchi 
yo‘nalishi respublika hududini umumiy seysmik rayonlashtirish, ya’ni respublika hududining qayerida 
qanday kuch bilan zilzila sodir bo‘lishini oldindan aniqlash va mayda masshtabdagi (1:10 000 000; 1:500 
000 000) xaritalarda ko‘rsatish, uning uchinchi yo‘nalishi shahar, tuman suv, gaz omborlarini, xalq 
xo‘jaligining boshqa yirik qurilish obyektlari maydonlarini yirik masshtablarda (1:5 000; 1:10 000; 1:25 
000) seysmik mikrorayonlashtirish deb belgilandi. Ana shu uchinchi yo‘nalishning asosini qurilish 
obyektlari maydonlarining injener-geologik sharoiti komponentlarini o‘rganish va olingan tadqiqot ishlari 
natijalari, jumladan, qurilish obyekti maydonining geologik, geomorfologik tuzilishini, tog‘ jinslari 
tarkibi, xossa va xususiyatlarini, yer osti suvlari, ularning rejimini, tarqalish, yotish holatlarini, mavjud 
geodinamik va texnogen jarayonlarini, ularning sodir bo‘lish, rivojlanish sabablarini o‘rganish va 
xaritalash ishlari tashkil etadi. Injener geologik muhitning bu komponentlarini insonlarning xo‘jalik va 
injenerlik (texnogen) faoliyatlari ta’siri natijasida u yoki bu darajada o‘zgarishi va yomonlashishi sodir 
bo‘lgan yer qimirlashlarning tabiiy kuchini yer sathida 1—2 ballga oshirib yuborishi ma’lum. Shuning 
uchun ham seysmologiya instituti tashkil bo‘lishining birinchi kunlaridanoq yuqoridagi masalalarni hal 
qilish maqsadida uning asosiy strukturaviy tizilmalari jumlasiga «Lyossshunoslik», «Regional injenerlik 
geologiyasi», «Shaharlar injenerlik geologiyasi», «Gidrogeoseysmologiya» laboratoriyalari kiritildi. 


14
1967-yili Farg‘ona shahrida Farg‘ona politexnika instituti 
tashkil etildi. Institutning qurilish-geologiya fakultetida yer 
bilimiga oid kafedralar, jumladan, geologiya fanlari kafedrasi, 
zamin va poydevorlar (1971) kafedralari ochildi. Bu 
kafedralarda ham injenerlik geologiyasi, gidrogeologiya 
fanlaridan maxsus kurslar o‘qitila boshlandi. 
Shuningdek, 1963-yili O‘zbekiston Davlat loyihalash va 
qurilish qo‘mitasi qoshida «UZGIITI» (O‘zbekiston Davlat 
injener-texnik 
tadqiqotlar 
instituti) 
hamda 
1975-yilda 
Toshkent shahar ijroiya komiteti qoshida «TashGIITI» 
(Toshkent Davlat injener-texnik tadqiqotlar instituti) tashkil 
etildi. 
Bu institutlarning ham asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi imorat va 
inshootlari qurilishi kerak bo‘lgan maydonlarning injener-
geologik va gidrogeologik holatini har tomonlama o‘rganish, 
olingan ma’lumotlarni tahlil etish, hisobotlar tuzish, kerakli 
chora va tadbirlar belgilashdan iborat bo‘ldi. 
Shunday qilib, 1970—1975yillarga kelib, respublikamizda Gidrogeologiya va injenerlik 
geologiyasi fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boruvchi, yuqori malakali 
mutaxassis kadrlar tayyorlovchi bir nechta yirik dargohlar hamda loyihalash, qidiruv ishlari olib 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling