Gidrogeologiyasi fanining mazmuni va vazifalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana23.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1717704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6-ма\'ruza (1)

Kenesarin (1908—1975). 
logiyaga oid katta ishlar qildi. G‘. O. Mavlonov 300 dan ortiq asarlar yozgan 
bo‘lib, 
bu asarlari ichida eng yiriklari — 1958-yili bosilib chiqqan «O‘rta Osiyoning sharqiy va markaziy 
qismlari lyoss va lyossimon jinslari va ularning injener-geologik xossalari», 1963-yili S. M. Mirzayev, A. 
I. Islomovlar bilan birgalikda yaratgan «Toshkent oldi rayoni yer osti suvlari va tog‘ jinslarining fizik-
mexanik xossalari», 1971-yili bir guruh mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilgan «26 aprel Toshkent 
zilzilasi», 1972-yili A. Nurmatov bilan birgalikda yozgan «Farg‘ona vodiysi to‘rtlamchi davr 
yotqiziqlari», 1972-yili A. A. Xudoyberganov va M. Sh. Shermatovlar bilan birgalikda yozgan «Chirchiq 
shahri injener-geologik sharoiti», 1974-yili bir guruh shogirdlari bilan yozgan «O‘rta Osiyoning regional 
injenerlik geologiyasi» monografiyalarini, 1985-yili yozgan «Seysmoaktiv hududlarning yer osti qismini 
o‘zlashtirishning effektivligi» asarlarini ko‘rsatish mumkin. 
1964-yildan boshlab G‘. O. Mavlonov injenerlik geologiyasi fanini seysmologiya fani bilan, ya’ni zilzila 
masalalari bilan bog‘lash ustida ishladi. Bu borada uning A. I. Islomov, S. M. Qosimovlar bilan 1969yili 
yozgan «O‘zbekiston hududida seysmik intensivlikning injenergeologik sharoitga qarab o‘zgarishi» 
nomli ishi katta ahamiyatga ega. U 1973-yili Toshkent va Moskva olimlari bilan hamkorlikdagi «Yer osti 
suvlarining kimyoviy tarkibini yer qimirlash vaqtidagi o‘zgarish hodisasi» nomli dunyo ahamiyatiga ega 
bo‘lgan kashfiyotning ham muallifidir. 
O‘zbekistonda gidrogeologiya fanining, jumladan, regional gidrogeologiya, gidrogeokimyo, injenerlik 
gidrogeologiyasi, gidrogeoseysmologiya, meliorativ gidrogeologiya sohalarining rivojlanishida N. A. 
Kenesarin va M. M. Krilova, N. N. Xojiboyev, A. N. Sultonxo‘jayev, A. S. Xasanov, S. M. Mirzayev, U. 
U. Umarov xizmatlari katta. Ular o‘zlarining yirik ishlari bilan gidrogeologiya faniga katta hissa 
qo‘shganlar. Bu borada N. A. Kenesarinning (2.9-rasm) «O‘rta Osiyo sug‘oriladigan rayonlari grunt 
suvlari rejimining hosil bo‘lishi» monografiyasini, M. M. Krilovning «O‘zbekistonning sug‘oriladigan 
rayonlari sharoitida grunt suvlarining dinamik balansi va ularni o‘rganish usullari», N. N. Xojiboyevning 
«Gidrogeologik-meliorativ rayonlashtirish» (1968), «Sug‘oriladigan hududlar grunt suvlari balansini 
o‘rganish», A. N. Sultonxo‘jayevning «Farg‘ona artezian basseyni» (1972), «O‘rta Osiyo artezian 
basseynlarning metallogeniyasi» (1992), A. S .Xasanovning «Mirzacho‘l yer osti suvlarining 
gidrokimyo» asarlarini ko‘rsatish mumkin. 
Bugungi kunda mustaqil Vatanimizda gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi fanlarining yanada 
rivojlanishi, ravnaq topishi uchun hamma imkoniyatlar mavjud. Chunki mamlakatimizda yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlaydigan, fanning hozirgi zamon texnologiyasi, usul va uslublari bilan qurollangan 
oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari, ilmiy, loyihalash institutlari, maxsus gidrogeologik, injener-geologik 
ekspeditsiyalari
13
faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizda bu sohalarni boshqaruvchi yetuk olimlar va 
mutaxassislar jamoasi mavjud. 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling