Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Zatvorning tarkibiy qismlari va konstruktiv xususiyatlari


Download 151.35 Kb.
bet14/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Zatvorning tarkibiy qismlari va konstruktiv xususiyatlari Sektorli zatvorlar harakatlanmaydigan va harakatlanadigan qismlardan tashkil topgan. harakatlanmaydigan qismlarga quyidagilar kiradi: 1) bosimli kamera-o‘yiq (chuqur) shaklida bo‘lib tug‘on oraliqlari ochilgan vaqtda, unga harakatlanadigan qism tushiriladi; 2) suv keltiruvchi galeriya, inshootning oraliq devorlariga joylashtiriladi; yuqori byefni bosimli kamera bilan birlashtiradi, zatvor harakatlanuvchi qismini ko‘tarish uchun u bo‘yicha suv yuboriladi; 3) suv chiqaruvchi galereya oraliq va yon devorlarga joylashtirilgan, bosimli kamerasini pastki byef bilan birlashtiradi, zatvor harakatlanuvchi qismini tushirish vaqtida u bo‘yicha suv chiqariladi; 4) zadvijkalar, zatvorlarni ko‘tarib-tushirishda suv sarfini rostlash uchun quvurlarda o‘rnatiladi. Sektorli zatvorning yuqorida keltirilgan harakatlanmaydigan qismlari 26 - rasmda keltirilgan.

26 - rasm. Sektorli zatvor:
a-tug‘onda o‘rnatilgan; b-zatvorning tarkibiy qismlari; 1-rigellar; 2-obreshetkalar; 3aylanish o‘qi; 4-bosimli kamera; 5-suv ketiruvchi galereya; 6-suv chiqaruvchi galereya zadvijkalar; 7-vertikal shaxtа.
Zatvorni ko‘tarib-tushirish kameradagi suv sathini o‘zgarish natijasida sodir bo‘ladi. Zatvorning harakatlanuvchi qismi bir-biridan 1,5...2 m masofada joylashgan va bosimli tomondan rigellar bilan birlashtirilgan ko‘ndalang fermalar – diafragmalardan tashkil topgan. Fermalar o‘rtasiga yordamchi egri chiziqli ustunlar o‘rnatiladi. Fermaga radial tekislik bo‘yicha obreshetkalar mahkamlanadi. Rigellar va ustunlar bo‘yicha, hamda cho‘kuvchi zatvorlar obreshetkalari yuqori tekisligi bo‘yicha metall qoplama o‘rnatilib, payvandlanadi. qoplama bo‘yicha sektor radiusini R = (1,4...2) H oralig‘ida qabul qilinadi, bunda H -zatvor oldidagi chuqurlik. Sektorli zatvorlar quyidagi afzalliklarga ega: 1) zatvor ustidan suzgichlarni o‘tkazib yuborish; 2) yuqori byef suv sathini aniqlik bilan rostlash; 3) konstruksiya yetarli bikrlikka ega; 4) zatvorni ko‘tarib-tushirish tez amalga oshiriladi; 5) katta oraliqlar yopiladi; 6) oraliq va yon devorlar balandligi minimal. Kamchiliklari: 1) o‘rnatish murakkab; 2) ekspluatatsiya qilish qiyin (qishda qizitish, bosimli kamerani cho‘kindilardan tozalash va boshqalar); 3) narxining nisbatan yuqori bo‘lishi.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling