Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
Zatvorlarning umumiy tasnifi
Download 151.35 Kb.
|
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspluatatsiya qilish vaqtidagi vazifasiga ko‘ra
- Konstruksiya materiali bo‘yicha zatvorlar
Zatvorlarning umumiy tasnifi. Byeflardagi suv sathiga nisbatan to‘siladigan oraliqning joylashuviga ko‘ra zatvorlar yuza va chuqur joylashgan bo‘ladi. Yuza joylashgan zatvorlar vodoslivli tirqishlarni va chuqur joylashgan zatvorlar chuqur joylashgan tirqishlarni yopish uchun xizmat qiladi. Chuqur joylashgan zatvorlarni suv o‘tkazuvchi inshoot kirish qismida, o‘rtasida yoki oxirida joylashtirish mumkin. Chuqur joylashgan zatvorlarga ta’sir qiluvchi bosim 50 m va undan ortiq bo‘lsa yuqori bosimli zatvorlarga kiradi.
Ekspluatatsiya qilish vaqtidagi vazifasiga ko‘ra zatvorlar asosiy, avariya, avariya - ta’mirlash, qurilish turlariga bo‘linadi. Asosiy zatvorlar suv sarfini o‘tkazish, byeflardagi suv sathini berilgan belgida ushlab turish, suvni proporsional bo‘lish, cho‘kindilardan himoyalash uchun mo‘ljallanadi. Bu zatvorlar ekspluatatsiya qilish davrida ishchi holatda bo‘lishi kerak va har qanday bosimda oqayotgan suvda ko‘taribtushirilishini ta’minlashi lozim. Avariya zatvorlari asosiy zatvorlar yoki gidromashinalar turbinalari, nasoslar avariya bo‘lganda suv o‘tkazish oralig‘idan suv o‘tishini to‘xtatish uchun mo‘ljallanadi. Ular inshootga har qanday bosim ta’sir etganda ham oqayotgan suvda orliqni yopishi kerak. Ta’mirlash zatvorlari asosiy zatvor yoki inshoot elementini ta’mirlanish vaqtida suv o‘tkazish oralig‘ini vaqtinchalik yopish uchun o‘rnatiladi. Avariya – ta’mirlash zatvorlari avariya va ta’mirlash zatvorlari belgilari va vazifalarini birlashtiradi. Zatvorlar vazifalarini birlashtirish hozirgi vaqtda ko‘p uchraydi, chunki u katta texnik-iqtisodiy foyda beradi. Qurilish zatvorlari suv o‘tkazish oraliqlarini inshoot qurilish davrida (qurulish sarflarini o‘tkazish davrida) yopish uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda zatvorlar xizmat vazifalari birlashtiriladi (umumlashtiriladi) va bunda avariya zatvorlarini avariya-ta’mirlash va asosiy zatvorlarni ta’mirlash-qurilish zatvorlar sifatida foydalaniladi. Konstruksiya materiali bo‘yicha zatvorlar po‘lat, yog‘och, temir-beton, to‘qimali (matoli) turlarga bo‘linadi. Po‘lat zatvorlar materialining yuqori mustahkamligi tufayli keng tarqalgan. Pulatning markasi zatvorning ishlash sharoiti, u yoki bu elementning vazifasi va yasash usuli bo‘yicha tanlanadi. Yog‘och zatvorlar asosan ta’sir etuvchi bosim 4...5 m, kengligi 3.4 m ba’zan 8..10 m li oraliqlarni yopish uchun mo‘ljallaniladi. Temir-betonli zatvorlar katta og‘irlikka ega bo‘lganligi sababli kam ishlatiladi. Oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalarning qo‘llanilishi bu kamchilikni sezilarli darajada kamaytiradi. To‘qimali zatvorlar rezina aralashtirilgan yoki sintetik (neylon, kapron, lavsan va boshqalar) matolardan tayyorlanadi. Download 151.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling