Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Download 151.35 Kb.
bet1/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Reja:


  1. Zatvorlar xaqida umumiy ma’lumotlar. Zatvorlarning turlari va turkumlanishi

  2. Yuzaga joylashgan zatvorlar. Yassi, segmentli, sektorli, klapanli va yumshoq ashyodan yasalgan zatvorlar. Oddiy yassi zatvorlar

  3. Yassi metall zatvorlar

  4. Yuza joylashgan zatvorlarning maxsus turlari

  5. Zatvorlarning zichlash qurilmalari

  6. Segmentli zatvorlar

  7. Sektorli zatvorlar

  8. Yumshoq ashyodan yasalgan zatvorlar

  9. Suv bosimini inshootga bevosita tayanch xarakatlanuvchi qismlar orqali uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar

  10. Suv bosimini zatvor joylashgan korpus orqali inshootga uzatuvchi chuqur joylashgan zatvorlar

Zatvorlar xaqida umumiy ma’lumotlar. Zatvorlarning turlari va turkumlanishi


Gidrotexnika inshootlarini ekspluatatsiya qilish davrida suv sarfini yoki suv sathini rostlash, cuzgichlarni va kemalarni o‘tkazish uchun suv o‘tkazish oraliqlarini to‘liq yoki qisman yopishga zarurat tug‘iladi. Bu funksiyalarni (ishlarni) bajaruvchi muhandislik konstruksiyalari gidrotexnika zatvorlari deb ataladi. Inshootdan suv o‘tkazishni to‘xtatmasdan suzgichlar va hokazolarni ushlab qolishga to‘g‘ri keladi. Bu maqsadlar uchun panjaralar qo‘llaniladi. Zatvorlar va panjaralar harakat qilishini ko‘tarib-tushirish mexanizmlari, ta’mirlash va avariya to‘siqlari, hamda boshqa moslamalar orqali amalga oshiriladi. Yuqorida qayd qilingan konstruksiyalar majmuasiga gidrotexnika inshootlarini mexanik jihozlari deb ataladi.
Mexanik jihozlar tarkibiga qo‘yidagilar kiradi: zatvorlar, harakatlanuvchi konstruksiya bo‘lib, uning yordamida tirqishlar yopiladi va sarflar, satxlar orasidagi farq, inshoot byeflardagi xajm boshqariladi. Qo‘yilma qismlar-harakatlanmaydigan konstruksiya bo‘lib, u inshoot tanasiga o‘rnatiladi va qo‘yidagi vazifalarni bajaradi:
zatvorlar va panjaralar harakatini yo‘naltiradi yoki ularning holatini belgilaydi;
zatvorning inshoot bilan tutashgan joyida suv o‘tkazmaslikni ta’minlaydi;
tutashgan joylarni qizitish va qirralarini va beton sirtlarni buzilishdan himoyalaydi.
Tayanch harkatlanuvchi qismlar-zatvorlardan tushadigan bosimni qo‘yilma qismlarga va ular orqali inshootga o‘tazuvchi va zatvor holatini belgilaydigan konstruksiya va ularga quyidagilar kiradi:
1) suzgichlarni ushlovchi panjara va boshqa to‘siqlar; 2) zatvorlar panjaralar va boshqalarni ko‘tarib - tushuruvchi mexanizmlar va ustidan ushlab turuvchi to‘sinlardir;
zatvorlar va panjaralarni harakat qildiruvchi qurilmalar va tizimlar;
panjaralarni tozalaydigan suzgichlarni chiqarib tashlaydigan moslamalar, panjara tozalaydigan mashinalar.
Mexanik jihozlar ishlashini bir qator yordamchi doimiy va vaqtinchilik qurilmalar (qurilish ko‘priklari, estakadalar), kran osti to‘sinlari va kran yo‘llari, tayanch ustunlari, xizmat ko‘priklari, mexanik va gidravlik ko‘targichlar va ularning uzatmalari va boshqalar ta’minlaydi

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling