Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari


Zatvorlarga quyiladigan ekspluatatsiya talablari


Download 151.35 Kb.
bet6/21
Sana02.06.2024
Hajmi151.35 Kb.
#1835163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Gidrotexnika inshootlarini zatvorlari

Zatvorlarga quyiladigan ekspluatatsiya talablari. Zatvorlarni ko‘tarib-tushirish ko‘chmas chig‘irlar, ko‘chma kranlar, uncha katta bo‘lmagan oraliqlarda qo‘l bilan yuk ko‘tarish mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Elektr yuk kutarish mexanizmlari katta gidroenergetik gidrouzellardagi zatvorlarni ko‘tarib-tushirishda qo‘llaniladi. Gidromeliorativ inshootlarda ko‘p hollarda qo‘lda, ba’zida aralash elektr va qo‘lda boshqarish qo‘llaniladi.

6 - rasm. Chuqur joylashgan zatvordan keyin joylashgan bo‘shliqqa havo yuborish.
Zatvordan keyingi suv o‘tkazuvchi uchastkalarda, pazlarda, zatvor elementlarida kavitatsiyaga qarshi kurashish uchun maxsus choralar ko‘riladi: 1) kavitatsiya hosil bo‘ladigan zonalarga havo yuborish; 2) kavitatsiya ta’sir qiladigan suv o‘tkazuvchi uchastka elementlaridan oqimni ajratish; 3) kavitatsiyaga chidamli materiallarni qo‘llash.
Asosiy zatvorlarga quyidagi asosiy ekspluatatsiya talablari quyiladi:

  1. har qanday vaqtda harakat qilishga tayyor bo‘lishi;

  2. to‘xtatmasdan (buzilmasdan) ishlashi;

  3. zatvor o‘zidan va inshoot bilan tutashgan joydan ham suv

  4. o‘tkazmasligi;

  5. ko‘tarib-tushirish uchun minimal kuch, qurilish narxining minimal bo‘lishi.

Ta’mirlash zatvorlarga quyiladigan talablardan biri ularni bir tirqishdan ikkinchisiga almashtirish imkoniyati ta’mirlash zatvorlari sonini 1…2 gacha yetkazishga imkon beradi. Avariya zatvorlariga quyiladigan asosiy talab tirqishni darhol tez yopish uchun doimo tayyor bo‘lishi.
Yuzaga joylashgan zatvorlar. Yassi, segmentli, sektorli, klapanli va yumshoq ashyodan yasalgan zatvorlar. Oddiy yassi zatvorlar
Shandorlar. Gidrotexnika inshootlarida suv o‘tkazuvchi oraliqlarni yopish uchun uchlarini pazlarga kiritib, ustma-ust devor shaklida teriladigan taxta, bruslar va ancha murakkab ko‘rinishdagi to‘sinlar shandor deyiladi. Shandorlar asosan avariya va ta’mirlash zatvorlari sifatida ishlatiladi. Shandorlar yog‘och, metall va temir-betondan yasalishi mumkin. Odatda kengligi 4…5 m gacha, chuqurligi (suv sathidan boshlab) 4…5 m gacha bo‘lgan oraliqlarni yopish uchun yog‘och shandorlardan foydalaniladi (7 - rasm, a,b,d).
Metall shandorlarning har xil konstruksiyalari mavjud. Katta oraliqlarni 20 m gacha va bosim 12 m gacha bo‘lganda yopish uchun qushtavr kesimli metall shandorlar qo‘llaniladi (7 - rasm, f, e). Suv sizib o‘tmasligi uchun ularning oralariga bruslar o‘rnatiladi va chuqur oraliqlarni bunday shandorlar bilan yopib bo‘lmaydi, chunki ularni ko‘tarib-tushirish uchun ancha katta kuch kerak bo‘ladi. Temir-betonli shandorlar katta og‘irlikka ega bo‘lganligi uchun kam qo‘llaniladi. Temir-beton shandorlarning har xil kesimlari qo‘llaniladi (7 - rasm, g). Kichik shadorlar qo‘lda, kattalari esa chig‘ir yoki maxsus ko‘targichlar yordamida ko‘tarib - tushiriladi.

7 - rasm. Shandor sxemalari:
a,b,d, - yog‘och; e,f - metall; g - temir-beton.
Spitsalar bilan uncha chuqur bo‘lmagan va juda keng oraliqlarni berkitish mumkin. Spitsalar ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli yog‘och bruslardan iborat bo‘lib, ular bir-biriga zich holda ikki tayanchga (xizmat ko‘prigiga va flyutbetga maxsus quyilgan chuqurchaga) o‘rnatib chiqiladi (5.8 rasm). Spitsalarni o‘rnatish qulay bo‘lishi va suv sathiga qalqib chiqmasligi uchun ular qiya qilib (1/4 dan 1/8 gacha qiya qilib) joylashtiriladi. Spitsalarning o‘zaro yondosh joylarida tirqishlardan katta miqdordagi suv oqib chiqib ketadi. Ular dimlovchi inshootlardan uncha katta bo‘lmagan suv sarflarini o‘tkazishda suv sathini rostlash uchun qulay hisoblanadi. Suv spitsalar orasidagi tor tirqishlardan katta miqdordagi suv chiqib ketadi.
Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli shakldagi spitsalar o‘rniga metall quvurlar o‘rnatiladigan bo‘lsa, spitsalar oralig‘i ancha zich bo‘ladi.

Download 151.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling