Gigiyena fanidan test savollari


- o’rtacha xavfli kimyoviy moddalar -


Download 0.54 Mb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1416708
1   2   3   4   5
Bog'liq
Гигиена тест 1000 та

- o’rtacha xavfli kimyoviy moddalar
- kam xavfli kimyoviy moddalar

810. Kimyoviy ishlab chiqarish omillari qanday guruhlarga bo’linishi mumkin


- umumzaharli, mahalliy ta’sir etuvchi, maxsus ta’sir etuvchi moddalar, tanlab va maxsus ta’sir etuvchi moddalar
-qo’zgatuvchi, kuydiruvchi va umumzaharli ta’sir etadigan moddalar
-umumzaharli va tanlab ta’sir etuvchi moddalar
-mahalliy, umumiy va tanlab ta’sir etuvchi moddalar

811. Ishchi zonasi havosidagi simob bug`larining konsentratsiyasini taxminiy aniqlash usuli qaysi?


- indikator qog`ozlari orqali tezkor aniqlash usuli
-UG-2 asbobi yordamida tezkor usulda aniqlash
-yodli merkurammoniydan foydalanib kimyoviy usulda aniqlash
-xromatografiya usulida

812. Keltirilgan ta’sir samarasining qaysi biri maxsus ta’sir etish guruhiga taaluqli?


- allergenlik, mutagenli, kanserogenlik va teratogenlik ta’sir
-o’tkir va surunkali zaharlanish
-organlarni spetsifik zaharlovchi ta’sir
-mahalliy, qo’zg`atuvchi va allergenlik ta’siri

813. Keltirilgan ta’sir samarasining qaysi biri umumzaharli ta’sir etish guruhiga kiradi?


- o’tkir va surunkali zaharlanishlar
-organlarning maxsus zaharlovchi ta’sir
-allergen, mutagen, kanserogen, teratogen ta’sir
-mahalliy, qo’zgatuvchi, allergik ta’sir

814. Kasbga doir zaharlanishlarni oldini olishda keltirilganlarning qaysilari muhimroq?


- ishlab chiqarish jarayonini germetikligini ta’minlash va xonani shamollatish
-kasallikni o’z vaqtida ro`yobga chiqarish va davolash
-nafas organlarini himoya qilish uchun maxsus himoya vositalaridan foydalanish
-himoya vositalaridan foydalanish, zaharlanishi bor bo’lgan bemorlarni kasalxonaga yotqizish

815. Emizikli ayollar qanday ishlab chiqarish zararlari bor bo’lgan ishlarga qo’yilmaydi


-kimyoviy omillar bor bo’lgan ishlarga
-shovqin va tebranish bor bo’lgan ishlarga
-yuqori jismoniy zo’riqish bor bo’lgan ishlarga
-yuqori darajadagi asab-zo’riqish bilan bog`liq ishlarga

816. Kimyoviy moddalarning REK dan uncha ko’p bo’lmagan miqdorda uzoq muddatli ta’siridan organizmda qanday o’zgarishlar kuzatiladi


- uzoq muddatdan keyingi ta’sir samarasi
-o’tkir zaharlanish kelib chiqishi mumkinligining ortishi
-allergik kasalliklar hujayralarning nasldan-naslga uzatuvchilik xususiyatining o’zgarishi
- bu hech qanday xavfni keltirib chiqarmaydi

817. Keltirilgan kasalliklarning qaysilari pestitsidlardan foydalanish bilan bog`liq?


-surunkali zaharlanish
-yuqumli kasalliklar
-yurak-tomir kasalliklari
-suyak-mushak sistemasi kasalliklari

818. Qishloq xo’jalik mehnatkashlari organizmiga qaysi kimyoviy moddalarining ta’sir etish xavfi yuqoriroq?


-pestitsidlarning
-benzin, benzol, kerosin
-fenollarning
-is gazi va karbonat angidrid gazi

819. Xo‘jalik dorixona xonalari necha guruhga bo‘linadi? (m kv).


-4
-2
-3
-5

820.Dorixonada sanuzel maydoni yuzasini toping


-4
-5
-2
-3

821. Shaxsiy gigiyenaning asosi bo’lib hisoblanadi:


- sanitar bilimdonlikning yuqoriligi, kundalik hayotda shaxs tomonidan gigiyenik me’yor va qoidalarning bajarilishi
-intellektning yuqori darajasi
-ijtimoiy moslashuvning yuqoriligi
-shaxs tomonidan oila va jamiyatga nisbatan burchlarini bajarish

822. Chiniqtirishning asosiy 3 negizlarini ayting?


- erta yoshdan boshlash, asta-sekinlik, muntazamligi
-har qanday yoshda boshlash, haftada bir marotaba
-doimiy, lekin yengil yuklamalar
-muntazam, maktab yoshida

823. Dorixona savdo zalini yuzasini toping(m kv).


-22
-20
-25
-21

824. Bolaning psixikasini shakllantiruvchi 3tadan kam bo’lmagan omillarni ayting:


-to’gri tarbiya, o’qitish sharoitlari, bandlik va ijodiy faollik darajasi
-oiladagi hayotning moddiy ta’minlanganlik sharoitlari
-uning mehnatga bo’lgan munosabati
-ijodiy faollik darajasi, yashash sharoiti, bolaning yoshi

825. Dorixona sklad maydoni yuzasini ko‘rsating (m kv).


-16
-12
-15
-18

826. Katta va keksa yoshdagi insonlarning faollik yillarini uzaytirish va ruhiy o’zgarishlarni kamaytirish uchun nima qilish zarur?


-faol hayot tarzini kechirish, qarigan chog`ida jamiyat va yaqin kishilarning yordamiga suyanish mumkinligiga ishonch hosil qilish
-muntazam tibbiy ko’riklardan o’tish
-insonni qarilikning muqarrar ekanligiga tayyorlash
-ilmiy faoliyat bilan shug`ullanish

827. Quyida keltirilganlarning qaysilari sog`lom turmush tarzi elementlariga kirmasligi mumkin


- yuqori kaloriyali ovqatlanish
-kun tartibiga rioya qilish
-oqilona ovqatlanish
-jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish

828.Gigiyena faninig asosiy maqsadi qanday?


- atrof muhitdagi omillarning eng muvofiq yoki indifferent yashash sharoitlari bilan ta’minlash maqsadida ularga gigiyenik reglamentlar ishlab chiqadi
-tashqi muhit omillari ta’sirida yuzaga kelgan kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqish
-atrof muhitdagi fizikaviy omillari ta’riflash
-atrof muhitdagi biologik omillarning ta’sirini ta’siflash, kasalliklarni davolash usullarini ko’paytirish

829.O’zbekistonda san-epidemiologiya ishlarini bajaruvchi muassasa qaysi?


-sanitariya-epidemiologiya markazlari
-shahar sogliqni saqlash bo’limlari
-tibbiy-sanitariya qismlari
-tuman sogliqni saqlash bo’limlari

830.O’zR-da sanitariya epidemiologiya nazoratini amalga oshiruvchi muassasalarini sanab bering


-O’zR sogliqni saqlash vazirligi qoshidagi sanepidnazorat departamenti,
davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari
-O’zR MV-dagi tibbiy boshqarmasi
-SES-ning bosh gigiyenisti
-DSENM

831.DSENM-larining asosiy vazifalarini ayting.


-ogohlantiruvchi sanitariya nazorati (OSN), joriy yoki kundalik sanitariya nazorati (KSN), epidemiologik nazorat
-radiologik nazorat, ogohlantiruvchi sanitariya nazorati
-dozimetrik nazorat, ogohlantiruvchi sanitariya nazorati
-kundalik sanitariya nazorati

832. DSENM-ning asosiy bo’limlari qaysilar:


-sanitariya bo’limi, epidemiologiya bo’limi, sanitar-gigiyenik laboratoriya,
bakteriologik laboratoriya dezinfeksiya, dezinsetsiya, deratizatsiya bo’limi
-sanitar-gigiyenik laboratoriya, bakteriologik laboratoriya
-bakteriologik laboratoriya, dezinfeksiya, dezinsektsiya, deratizatsiya bo’limi
-sanitariya bo’limi epidemiologiya bo’limi, deratizatsiya bo’limi

833. Ovqatlanish gigiyenasi sohasida kundalik sanitariya nazoratining uchtadan kam bo’lmagan tadbirlarini ayting.


-umumiy ovqatlanish muassasalarini gigiyenik nazorati, ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning gigiyenik nazorati, ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilishdagi gigiyenik talablarning bajarilishini nazorat qilish
-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning gigiyenik nazorati
-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qilishdagi gigiyenik talablarning bajarilishini nazorat qilish

  1. - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanitar qoidalarga rioya qilishini nazorat qilish

834.Gigiyenik reglament nima?


- odam organizmi uchun tashqi muhit omillarining eng muvofiq yoki indifferent miqdorini belgilovchi hujjat
-sog`liqni saqlashdagi har qanday muassasaning asosiy faoliyatini belgilovchi hujjat
-atrof muhit omillarining fizikaviy va kimyoviy omillarini ta’riflovchi hujjat
-zararli sharoitlarda mehnat sharoitini chegaralovchi hujjat

835.REK nima degani?


-ruxsat etilgan oxirgi konsentratsiya
-odam organizmiga ta’sir etuvchi ruxsat etilgan miqdor
-odam organizmiga ta’sir etmaydigan ruxsat etilgan miqdor
-ruxsat etilgan oxirgi sifat

836. REK ishlab chiqishda toksikologik tekshirishlarning bosqichlarini ayting:


-moddaning fizik-kimyoviy xossalari aniqlash, o’tkir tajriba, oraliq tajriba, surunkali tajriba, REK hisoblash
-o’tkir tajriba, oraliq tajriba, surunkali tajriba, REK hisoblash
-zahira koeffitsiyentini hisoblash, REK hisoblash
-moddaning fizik-kimyoviy xossalari aniqlash, o’tkir tajriba o’tkazish

837.Berilgan ta’riflarining qaysi biri oqilona ovqatlanishni to’gri ta’riflaydi?


-organizmning fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan va barcha ovqatli moddalar bilan ta’minlaydigan ovqatlanish
-yosh va jinsni hisobga olib yuqori darajada vitaminlar tutgan ovqatlanishni
-organizmning yoshga oid xususiyatlarni hisobga oladigan ovqatlanish
-tarkibida oqsil va yoglarni ko’p tutgan ovqatlanish

838.Oqilona ovqatlanishning ta’rifini keltiring


-organizmning fiziologik ehtiyojiga muvofiq keladigan ovqatlanish
-yosh va jinsga muvofiq ovqatlanish
-yil fasliga muvofiq ovqatlanish
- ovqat mahsulotlarining to’la qiymatliligi

839.Botulizmni kelib chiqishiga sabab bo’luvchi eng ahamiyatli mahsulotlar qaysilar:


-uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlar
- zavodda tayyorlangan konserva mahsulotlari
- kolbasa va mevalar,go’sht mahsulotlari
- tortlar, kremli qandolat mahsulotlari

840. Yetarlicha ovqatlanmaslik bilan bogliq bo’lgan kasalliklarini ayting?


-alimentar kaxeksiya, kvashiorkor, gipo- va avitaminozlar
-ateroskleroz, arterial gipertenziya
-o’t-tosh kasalligi, buyrak tosh kasalligi
-oshqozo va 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi

841.Ozuqli moddalar va energiyaga bo’lgan ehtiyojni belgilovchi omillarni ayting.


- shaxsning jinsi, yoshi, mehnat faoliyati turi, fiziologik holat, iqlim sharoiti, yil fasli
-kunning vaqti, yil fasli, yoshi, ijtimoiy holati
-shaxsning ishtahasi,mahsulotlarning narxi
- mahsulotlarning borligi,ob-havo sharoiti

842.Xonalarning mikroiqlimini ta’riflovchi 4 asosiy ko’rsatkichlarni ayting


- havo harorati, havoning namligi,havoning harakat tezligi, issiq oqimlarning quvvati
- tekshirish vaqtidagi atmosfera havosining harorati
- quyosh radiatsiyasidagi issiq oqimlarning jadalligi, xonalarning insolyatsion tartibi
- havodagi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi

843. Havo haroratini qaysi asbob bilan o’lchash mumkin:


- termometrlar (maksimal-minimal, minimal) termograf psixrometr (quruq termometr)
- katatermometr, anemometr, gigrograf
-barograf, ossillograf, katatermometr
-termometr, rentgenmetr, katatermometr





Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling