Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
Download 72.5 Kb.
|
Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
3. VIRUSLARGA QARSHI DORILAR
Viruslar hujayra ichidagi parazitlar bo‘lib,ularni davolash hamma vaqt ham samara beravermaydi,salbiy ta’sirining xavfi yuqoridir. Bu dorilar tor doirada terapevtik kenglikka ega. Bular profilaktik yoki maxalliy ishlatilganda yaxshi samara beradi. Amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan virrusga qarshi guruhdagi dorilar (grippga qarshi, gerpesga qarshi, gerpetik va megaloviruslarga karshi, immun tanqisligi virusiga qarshi) va keng doirada ta’sir qiluvchi dorilar (interferon va interferonogenlar) farq qilinadi. Dori tanlashda kasallikning klinikasidan tashqari, gistoligik belgilar (bioptatda virusga tegishli belgilarning topilishi), virusga qarshi antitelolarning topilishi, hujayra kulturasida virus topshshshi, molekular gibridizatsiya yo‘li bilan virus antigenini yoki virus DNKsini topish kabi laboratoriya metodlariga tayangan ma’qul. Gripp qo‘zg‘atuvchisiga qarshi dorilar. Bularga remantadin, deytiforin, adapromin, oksolinlar kiradi. Farmakodinamikasi. Bu dorilarning hammasi viruslarning hujayraga kiruvchi yuzasini falajlash yo‘li bilan ularning hujayraga kirishiga karshilik ko‘rsatadi. Xujayra ichidagi virusga ta’sir qilmaydi, shu sababli ular virus bilan zararlangan (og‘riganlar) bilan muloqotda bo‘lganlarning kasallanmasligi (profilaktikasi) maqsadida ishlatiladi. Kasallikning birinchi ikki kunida kasallikning tarqalmasligi yoki yekgil kechiati maqsadida og‘rigan bemorlarga ham berish mumkin. Ta’sir doirasi. Remantadin va deytiforinlar grippning A virusga (ko‘proq A2 shtammiga); adapromin esa A va V gripp virusiga; oksolin esa gripp A virusi va adenovirusga ko‘proq ta’sir qiladi. Farmakodinamikasi. Oksolindan tashqari, hammasi ichishga beriladi. Ichilganda biologik o‘zlashtirilishi 50—60% ga teng. Kam miqdorda qon oqsili bilan bog‘lanadi, to‘qima va biologik suyuqlikka (likvorga ham) yaxshi o‘tadi. Chikib ketishi qisman jigar va 90% buyraklar orqali, shu tufayli buyrak yetishmovchiligida to‘planishi mumkin. Qondan yarim chiqib ketish vaqti 12 soatdan 24 soatgacha, 3 marta beriladi. Oksolin malxam ko‘rinishida yoki tomchi ko‘rinishida 5—6 marta tomiziladi (burunga va ko‘zga). Salbiy ta’sirlari. 1.. Remantadin, deytiforin va adapromin endogen dofamin (ayniksa markaziy asab tizilmasida) ta’sirini kuchaytiradi, shu sababli ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ataksiya, besaranjomlik, gallyutsinatsiya, psixozlar keltirib chiqarishi mumkin. 2. Periferik dofaminga sezuvchi retseptorlarni qitiqlashi hisobiga arterial bosimni kamaytirishi, siydik ajralishini kamaytirishi mumkin. 3. Teri toshmalari — allergik reaksiyalar. 4. Oksolin — chuchkirish, qitiqlash, burundan oqadigan suyuqlik ko‘payishi, ko‘z yoshi oqishini ko‘paytirishi mumkin. Gerpes va megaloviruslarga karshi dorilar. Gerpesga qarshi dorilar (tebrofen, riodoksol, idoksuridin, vidarabir, atsiklovir, valatsiklovir)va megaloviruslarga qarshi (gansiklovir, fosfonoformat)lar kiradi. Farmakodinamikasi. Bu guruhdagi dorilar replikatsiya (ya’ni virus nuklein kislota sintezini buzadi) xususiyatiga ega. Ta’sir doirasi. Bular 1 va 2 tip Herpes simplex, Varicella zoster adenoviruslarga ta’sir qiladi. Riodopsol — qo‘shimcha ravishda zamburug‘lar (mikrosporiya, trixofitiya, kandidoz)ga qarshi ta’sir qiladi. Atsiklovir va valatsiklovir qo‘shimcha ravishda Epshteyn—Barr virusiga, 6tip gerpes inson tipiga, sitomegalovirusga kuchsiz ta’sir qiladi. Gangsiklovir va fosfonoformatlar — sitomegaloviruslarga ta’sir qiladi. Fosfonoformat — immun tanqisligi virusiga ta’sir qiladi. Farmakokinetikasi. Tebrofen va riodoksol malham ko‘rinishida mahalliy ishlatiladi. Idoksuridin: ko‘z gerpesida ko‘z tomchisi ko‘rinishida kunduzi har soatda, kechasi har 2 soatda ko‘zga tomiziladi. Vidarbin mahalliy va ensefalitda tomchilab venaga yuboriladi. Bu dorining miyaga o‘tishi qon plazmasidagi miqdorining 30% ga teng. Jigarda dori gipoksantin arabinozinga aylanadi, bu metabolit dorining o‘zi singari faollikka ega, go‘qimalarga yaxshi kiradi. 50% siidik va axlat bilan chiqariladi. ’Atsiklovir, valatsiklovir va gansikovir ovqat vaqtida ichishga, mushakka (faqat atsiklovir) va venaga (faqat atsiklovir va gansiklovir) yuboriladi. Ichilganda biologik o‘zlashtirilishi 15—20% (valatsiklovir uchun 54%), bu ko‘rsatkich ta’sir ko‘rsatishi uchun kifoyadir. Dori yuqori samarali miqdorlarda virus bilan zararlangan hujayralarda to‘planadi. Zararlangan hujayralarda dorining miqdori qon plazmasidagi miqdoridan 30—120 martagacha yuqori bo‘lishi mumkin. Qon oqsili bilan kiritilgan dori 9—30% gacha bog‘lanadi, shu sababli bu dorilar to‘kimalarga va suyuqliklarga (likvorga xam) yaxshi kiradi. Organizmda valatsiklovir tez va qorayib, butunlay valatsiklovirgidrolaza ta’sirida atsiklovir va valinga aylana di. Kiritilgan atsiklovir va gansiklovirning 10—15% jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. 80—40% o‘z garmagan va metabolit (9karboksimetoksimetilguanin ko‘rinishida) buyraklar orqali chikariladi. Yarim chiqib ketish davri taxminan 3,3 soat, buyrak yetishmovchi ligida — 20 soatgacha cho‘zilishi mumkin, shu sababli buyrak yetishmovchiligida dori mikdorini korreksiyalash kerak bo‘ladi. Masalan: S1kr <70 ml/daq bo‘lsa, dori miqdori 2 marta kamaytiriladi; S1kr <50 ml/daq mikdor yana 1/3 qismiga; S1,f<15 ml/daq yana 1/2 ga va Fosfonoformat (foskarnat) venaga yuboriladi. Uning yarim chiqib ketish vaqti 2—4 soatgacha. Dori o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Salbiy ta’sirlari. Vidarabin—dispeptik hodisalar; ataksiya, skelet mushaklari tonusining oshishi, gallyutsinatsiya; pansitopeniya, megaloblastoz; miya shishiga sabab bo‘ladi. Atsiklovir va valotsiklovir: ensefalopatik reaksiyalar (bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiya, talvasa tutishi). Arterial gipotoniya; dispeptik hodisalar, jigar, immunitet va qon yaratilishining buzilishi; venaga yuborilganda flebit, siydik kanalchalarida kristallar hosil bo‘lishi. Gansiklovir: neytropeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya; ensefalopatik reaksiyalar: immunitetning pasayishi: erkak va ayollar reproduktiv faoliyatining buzilishi; mutagen, teratogen va kanserogen ta’sirlar. Fosfonoformat: ko‘mik depressiyasi; jigar va buyraklar faoliyatining buzilishi; teratogen, mutagen va kanserogen ta’sirlari. Bu guruhdagi dorilar hammasi sitostatiklar bo‘lganligi sababli, bu dorilarni immun tizilmasini faollovchi, qon yaratilishini faollovchi dorilar bilan qo‘shib ishlatish tavsiya qilinadi. Bular ishlatilganda qonni nazorat qilib turish tavsiya qilinadi, agar leykotsitlar soni 500/mkl va trombotsitlar soni 25000/mkl ga tushganda bu dorilarni taynnlashni darhol to‘xtatish kerak. Inson immuntanqisligi virusiga ta’sir qiluvchi (VICH) dorilar Amaliy ahamiyat kasb etuvchi dorilarga azidotimidin (zidovudin) va fosfonoformat (foskarnat)lar qiradi. Farmakodinamikasi. Limfotsitlarga kirgan kasallik qo‘zg‘atuvchisi qaytar transkitazalar (revertaza) yordamndya virus DNQ sintez qiladi, bu o‘z navbatida limfotsitlarning zararlanishiga olib keladi. Azidotimitidai va fosfonorformatlar ta’sir mexanizmiga ko‘ra revertaza fermentini falajlaydi. Bu dorilar virus infeksiyasi tushgandan kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lguncha samarali xisoblanadi. Hozir yangi dorilar: dideoksimitsotin (DD1) va dideoksitsidin (DDS) paydo bo‘ldi. Azidotimidin farmakodinamikasi. Dori ichishga va venaga yuboriladi. Oshqozonichakdan biologik o‘zlashtirilishi 60% ga teng. Oqsil bilan 35% bog‘lanadi. limfotsitlarning zararlanishiga olib keladi. Dori turli to‘qimalarga va suyuqliklarga yaxshi kiradi. Jigarda bosh metabolit S1—O glyukuronid hosil bo‘lishi bilan biotransformatsiyaga uchraydi, 90% dori buyraklar orqali o‘zgarmagan va metabolit holida chiqariladi. Qondan yarim chiqarilish vaqti 1 soatga teng. Keng doirada ta’sir qiluvchi virusga qarshi dorilar. Interferonlar leykotsitlar (ainterferonlar), fibroblastlar (ripterferonlar) yoki limfotsitlar (gammainterferonlar) o‘stirilayotgan suyuqlikdan olinadi. Farmakodinamikasi. Interferon maxsus sezuvchan kam molekulali glikoproteid. Dorining o‘zi virusga qarshi faollikka ega emas. Maxsus bog‘lanuvchi yuzasi yordamida hujayra yuzasi bilan o‘zaro ta’sirlanib, oqsil sintezini falajlovchi maxsus kkchik molekulasi (2—5Aoqsil) oqsil sintezini buzadi, 2—5Aoqsil normada RNKvirusi makroorganizm hujayralarida buzuvchi endonukleazalarni faollaydi. Farmakologik tasiri. Virusga karshi ta’siridan tashqari, interferon susaygan immunitetni faollaydi, o‘smaga qarshi va radioprotektor xususiyati bor. Bundan tashqari, interferon organizmni, jumladan markaziy asab tizilmasi faoliyatini ham faollaydi. Amaliyotda quyidagi dorilar ishlatiladi: alfa2A—interferonlar: reaferon, roferon. alfa2V — interferonlar: intron — A, inrek, vuferon. — alfa2S — interferonlar: berofor, epiferon, velferon. betainterferonlar: betaseron, fron. gammainterferonlar: gammaferon, immuioferon. Ta’sir doirasi. Gripp va boshqa respirator kasalliklar virusi, gepatit, sitomegaliya, qizamiq, epidemik parotit, VICH, tukli hujayralari bo‘lgan leykemiya. Farmakokinetikasi. Yaxshi tozalanmagan preparat burunga, ko‘zga tomizish yo‘li bilan ishlatiladi (profilaktik maqsadlarda). Kosmos sharoitida olingan o‘ta tozalangan (1 mg— 5000 000 TB) dori shakli olingan, uni ichishga va parenteral yo‘l bilan yuborish mumkin, biroq preparat to‘qimalarga yomon kiradi va tezda faolsizlanadi, shu sababli dori sutkasiga 4—6 marta yuboriladi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi. Virusli kasalliklar va o‘sma kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Rekombinat interferonlar (reaferon, roferon, intronA, viferon va velferonlar) tabiiy interferonlarga nisbatan chidamliroq, shu sababli ular sutkasiga 2—3 marta yuboriladi. Salbiy ta’sirlari. Parenteral yuborilganda tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, mialgiya, anafilaksiya, arterial qon bosimining pasayishi, yurak ritmining, buzilishi, taxikardiya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, parez, falajlar, qon shakllari hosil bo‘lishining buzilishi, darmonsizlik, kollagenozlar, jigarning nekrotik o‘zgarishlari uchrashi mumkin. Inferferonlar. Tabiiy interferonlar hosil bo‘lishini faollovchi moddalar. Bularga viruslar, bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburug‘lar ekstrakti va turli kimyoviy moddalar kiradi. Bular kimyoviy tuzilishi jihatidan polimerlar va ikkilamchi nukleozidlar hisoblanadi. Bularga: 1) poludan (poliadeniluridin kislota) kiradi. Qo‘zning virusli kasalliklarida mahalliy ishlatiladi. 2) neoviralfa va betainterfeoonlarning kichik molekulali sintetik induktorlari. Dori mushakka yuboriladi, biologik o‘zlashtirilishi 90% ga teng. Qonda yuqori miqdori 30 daqiqadan keyin paydo bo‘ladi. Neozir rekombinant interferonlardan farqli o‘laroq, gistogematik to‘siqlardan yaxshi o‘tadi. 90% dori o‘zgarmagan xolda chiqariladi, shu sababli buyrak yetishmovchiligida dori to‘planib qolishi mumkip. Yarim chikib ketii! vakti — 60 daqikaga teng. Neovir bilan faollangan interferonlar 48 soat davomida o‘z faolligkni saqlaydi. Salbiy ta’sirlari. Qatta bo‘g‘imlarda ogriq, tana haroratining subfebril ko‘tarilishi, infeksiya joyida og‘rik, shuning uchun dori novokain yoki lidokaiida eritib yuboriladi. Ishlatilishi. Yeirusli gripp yoki respirator kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ishlatiladi infeksiya: arbovirusli va gerpetik ensefalitlar, Bai C gepatitlar. 3{amburug‘larga qarshi dorilar. Qasallik qo‘zg‘atuvchi zsamburug‘lar o‘sishini to‘xtatish uchun quyidagi doRi’ lar: poliyen antibiotiklar, imidazol unumlari, trina*« >unumlari, turli kimyoviy tuzilishga ega moddalar kira,)ds. Zsamburug‘larga qarshi D0ri tanlashda kasallyak yatgomlariga va zambururni laboratoriya yo‘li bilan ^itslga asoslanadi. !)) Balg‘am, til, bodomcha bezlari qirmasi, ekssudatlarda zamburug‘larni topining bo‘yalgan biosubstratlarda zamburug‘ yoki ularning elementlarini aniqlash. 15>50>70> Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling