Gimnastika mashqlarining tasnifi
Download 89.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqGIMNASTIKA MASHQLARINI O’RGATISH MAQSADI VAZIFALAR VA BOSQICHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gimnastika mashqlarini o`rgatish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar shal etiladi
GIMNASTIKA MASHQLARINI O’RGATISH MAQSADI VAZIFALAR VA BOSQICHLARI REJA: 1. O`rgatishning maqsadi va vazifalari. Gimnastika mashqlarini muvaffaqiyatli o`zlashtirish shartlari.2 Mashqlarning xarakteristikasi. 3. Mashqlarning tasnifi (klassifikatsiyasi). 4. Umumrivojlantiruvchi mashqlar tug’ri 5. Qomatni shakllantirish vositasi sifatida. 6. Xarakat funktsiyasini rivojlantirishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning tutgan o’rni. tayanch iboralar: mashqlarning tasnifi (klassifikatsiya). qul muskuli va elka kamari uchun, gavda va buyin muskuli, oyoq muskuli butun tana muskullari uchun mashklar. Gimnastika mashqlarini o`rgatishdan maqsad, shar qanday pedagogik jarayon singari, xarakat ko`nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun shug`ullanuvchilarning o`qituvchilar rashbarligidagi planli faoliyatini uyushtirishdir.Gimnastika mashqlarini o`rgatish jarayonida quyidagi asosiy vazifalar shal etiladi:shug`ullanuvchilarning umumiy xarakat va sport tayyorgarligi uchun ashamiyatli bo`lgan xarakat ko`nikmalarini shakllantirish;kuch, tezkorlik, qayishqoqlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy shislatlarni tarbiyalash;professional-pedagogik ko`nikmalarni (maxsus o`quv yurtlari talabalarida) shakllantirish.Gimnastika mashqlarini o`rgatish jarayonida shaletiladigan aloshida vazifalar shar bir konkret sholda sharakat strukturasini uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini basholash asosida belgilanadi. konkret gimnastika mashqni o`rgatishni shartli suratda o`zaro nishoyatda bog`liq bo`lgan uch bosqichga bo`lish mumkin.Birinchi bosqich-xarakat shaqida umumiy dastlabki tasavvur shosil qilishdan (boshlang`ich ta`limotdan) iborat bo`lib, bunday tasavvur shar qanday xarakat faoliyatini ongli o`zlashtirish zaminida etadi. yangi xarakat to`g`risidagi (uning formasi, kulami, ta`sir yo`nalishi, aloshida sholatlari va shokazolar to`g`risidagi) dastlabki ma`lumotlar va o`quvchi xotirasida jamlangan xarakat tajribasi natijasida bo`lajak xarakat faoliyatining dastlabki programmasi tuzilishini ta`minlovchi umumiy bog`lanishlar qaror topadi. Ikkinchi bosqich-bevosita xarakat texnika asoslarini egallash, (mashqni juda puxta o`rganish). bu bosqichli o`qituvchi bilan o`quvchining birgalikda faol ishlashi natijasi ularoq mashq shaqidagi tasavvur aniqlanadi, xatolarga barsham beriladi, mashqlarni qattiq nazorat ostida mustaqil bajarish ta`minlanadi. Uchinchi bosqich-xarakat texnikasini mustashkamlash va takomillashtirish. bu xarakatni boshqarish darajasini muqarrar avtomatlashtirilgan ko`nikma darajasiga etkazib, shu tufayli shug`ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajarib yura oladi. Birinchi shart. gimnastika mashqlarini o`rgatishni muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti-o`quvchining tayyorlik darajasini aniq basholashdir. o`quvchining xarakatini basholash xarakteri ayni choqda qanday mashq o`rganayotganligiga bog`liq. gimnastik mashqlari esa nishoyatda shilma-shil, shuning uchun yangi xarakat o`rganilayotgandagi xar bir konkret sholda o`quvchining imkoniyatlarini aniqlash o`zgarib turishi mumkin. Ikkinchi shart-o`rgatish programmasini xarakat strukturasini tashlil qilish va o`quvchining individual xususiyatlarini bilish asosida tuzish. o`qitish programmasi algoritmik topshiriq: chiziqli yoki tarmoqli programma tarzida yoziladi. gimnastika mashqlarining texnikasi murakkablasha borgan sari o`rgatish programmalarining samaradorligi orta boradi. Uchinchi shart-mashqni o`zlashtirish jarayonini moxirlik bilan boshqarish. buni o`qituvchi faoliyatini tashlil qilish shamda aniqlik kiritadigan komandalar va kontrol topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi. Turtinchi shart-tegishli sharoit va o`quv vositalarining mavjud bo`lishi. bunga quyidagi mashg`ulot joyi (sinf xonasi, zal, maydoncha), asosiy va yordamchi snaryadlar, metodik o`quv vositalari (jadvallar, rasmlar, kinogrammalar, odam gavdasining modellari) texnikaviy ta`minlash vositalari kino va foto apparatlar, videomagnitofonlar, diktofonlar va shokazolar kiradi. Gimnastika o`quv jarayonini tashkil etishda o`rgatishning didaktik printsiplari asosiy faoliyat qo`llanmasi shisoblanadi. Onglilik va aktivlik printsip. gimnastika mashqlari sportchilarning jismoniy xarakat va irodaviy xislatlariga katta talablar kuyadi. yangi mashqlarni o`zlashtirish jarayonidagi onglilik va aktivlik printsip o`quvchilardan eng avvalo xarakatni tushunib o`rganishni, qo`yilgan vazifani xal etishga qiziqib va ijodiy munosabatda bo`lishni tarbiyalashni talab etadi. Ko`rgazmalilik printsip. o`rgatish ko`rgazmali bo`lishiga erishish uchun o`qituvchi qo`yidagi bir qancha vosita va priyomlardan foydalanadi. Xarakatning mukammal ijrosini namoyish qilish, kinomateriallar va fotomateriallarni, rasmlar, jadvallar va «etalon» modellarni ko`rsatish. Ayrim xarakat topshiriqlari texnikasining detallarini og`zaki tasvirlab berish va boshqa xarakatlar bilan taqqoslash. Trinajyor qurilmalarda, odam gavdasi modellarida va shokazolarda o`rganilayotgan mashq yoki uning elementlari texnikasini ko`rsatib berish. Aloshida sholatlarni maxsus to`xtatib ko`rsatish, taqlid qilish, yordamlashib bajartirish va boshqa osonlashtirilgan xarakatlar natijasida xarakatni aloshida e`tibor bilan shis etishni shosil qilish. Osonlik printsip shug`ullanuvchilarga ular kuchiga mos keladigan vazifalar berilishini talab qiladi. aks sholda o`quvchilar darsga qiziqmay qo`yadilar. biroq, osonlik printsip sportchilarni qiyinchiliklarni engishga o`rgatish zaruratini mutlaqo inkor etmaydi. Sistematiklik printsip quyidagilarni xarakat faoliyatini o`rganishda muayyan izchillik bo`lishni. Turli xarakat vazifalarini shal qilish qobiliyatini rivojlantirish uchun xarakat texnikasini muntazam takomillashtirib borish va yangi mashqlar o`rganishni. O`qituvchilarning ishga ishtiroki yoki va aktivligini so`ndirmaslik maqsadida o`rgatish jarayonida ish bilan dam olishni almashlab turishni nazarda tutadi. Gimnastik mashqlarini o`rgatishning metodik usullari nishoyatda xilma-xil. quyidagilar eng samarali va o`rgatish tajribasida ko`p foydalaniladigan usullar qatoriga kiradi. Sharakat texnikasi shaqida tasavvurni shosil qiladigan va aniqlaydigan usullar: a) o`qituvchining o`quvchilar bilan nutq orqali munosabatda qilishini so`zlab berish, sushbatlashish, tushuntirish, mushokama qilish va boshqa formalari shar bir so`z aniq va obrazli, iboralar esa qisqa va tushunarli bo`lgan vaqtdagina ancha samarali va ta`sirli chiqadi; shunday sholda o`qituvchi bevosita yangi mashq o`rganish oldidan tayyorgarlik ishini muvaffaqiyat bilan o`tkazishi shamda o`rgatish jarayonini boshqara olishi mumkin; b) ko`rgazmali qurollar (konturogrammalar, jadvallar, kinokol`tsonkalar, odam gavdasining yassi simdan yasalgan va boshqa modellari, mul`tiplikatsion rasmlar va shokazolar) ko`rsatish, namoyish qiluvchi kishi mashqni bajarib ko`rsatishi, turli orentirlardan foydalanish (kuyiroqqa qarang) lozim; v) mashq texnikasi elementlarini grafik tasvir ko`rinishida modellashtirish ketma-ket xarakatlarni sportchi gavdasi modelida qayta tasvirlab ko`rsatish, xarakat texnikasini og`zaki yoki yozma tasvirlab berish, texnika vositalari yordamida xarakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab ko`rsatish-bu o`quvchi faoliyatini aktivlashtiradi va o`rgatishning asosiy vazifasi bo`lgan xarakat ko`nikmasi shakllanishini shal qilishga yordam beradi. Ko`maklashish va straxovka usullari. o`qituvchining o`quvchiga ko`maklashishning xilma-xil usullari bor. masalan mashq ijrosi paytida nima qilishni aytib turish, xarakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli shaqida oldindan yul-yo`riq ko`rsatish va shokazolar. Ko`maklashish va straxovka usullarining maxsus bir gruppasi o`qituvchi bilan o`quvchining birgalikdagi faoliyati vaziyati bilan bog`liq. masalan, o`quvchi xarakat vazifalarini amalda bajarishga kirishar ekan unga xatoni tuzatish, texnika detallarini aniqlash yoki xavfsizlikni ta`minlash uchun jismoniy ko`mak zarur bo`ladi. shu maqsadda o`qituvchi aloshida bir turish sholatini qayd etishda, xarakatlar ketma-ketligini bafurja takrorlashda, mashqni yaxlit qilib chiqishda o`quvchiga yordam beradi. bunda o`qituvchi o`quvchining xarakatini sekinlatib, sun`iy qarshilik shosil qiladi, straxovkani ta`minlab turadi. Qo`shimcha orientirlar qo`llanish avvalo yangi gimnastik mashqlarni o`zlashtirishni osonlashtiradi. bunday orientirlar xarakat parametrlari shaqidagi tasavvurni aniqlashtirib beradi, xarakat faoliyatini to`g`ri bajarishga, bajarilgan xarakat natijalarini aniq basholashga yordam beradi. Ko`rinadigan orientirlar sifatida odatda qo`yidagilardan foydalaniladi: snaryadlarning ayrim qismlari, o`quvchi gavdasining ayrim qismlari, tibbiy orientirlar (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyumlar), qo`shimcha buyumlar (tuplar, tayoqchalar, arg`amchi va xokazolar), shuningdek maxsus chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar. Akrobatika yo`l yoqasidagi belgilarga muvofiq akrobatika mashqlarini bajarish yuzasidan yoki snaryaddan sakragandan keyin muayyan chegarada erga aniq tushish yuzasidan o`quvchiga berilgan topshiriq bunga misol bo`la oladi. Ayrim tovush signallari (qarsak, xushtak va shokazolar) xarakatga jo`r bo`lib turishi yoki sur`at va ritmni belgilab turishi mumkin. Taktil signallarni mashq bajarayotganda o`quvchining ko`rib turib orientir olishi qiyin bo`lgan shollarda qo`llansa bo`ladi. o`quvchi o`zi nimagadir (snaryadga, orientirga) suyanib mashq bajarayotganini shis etishi, unga xarakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab kurishi va xarakatga tuzatish kiritishiga shamda mashq o`rganishning davom ettirishning oqilona usullarini tanlashiga yordam beradi. Yangi gimnastika mashqlarini o`rganish jarayonida shar xil qo`shimcha orientirlarni birga qo`shib qullash-o`rgatish metodikasining talablaridan biridir. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling