Gimnastika snaryadlari haqida ma’lumot reja: gimnastika snaryadlari kup komplektli gimnastika snaryadlari


SNARYADLARDA BAJARILADIGAN MASHQLARNING TERMINLARI


Download 100 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi100 Kb.
#216878
1   2   3
Bog'liq
gimnastika snaryadlari haqida malumot

3. SNARYADLARDA BAJARILADIGAN MASHQLARNING TERMINLARI
Tutish — snaryadni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustdan tutish, ostdan tutish, turlicha tutish, teokari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish. Tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoai odatda tushirib qoldiriladi.

Osilish — snaryadda shug‘ullanuvchining yelkalari tutish nuqtasidan past bo‘lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilishlar — bunda snaryadni gavdaning qaysidir bir qismi bilan (ko‘pincha qo‘l bilan) tutiladi; aralash osilishlar bun­da gavdaning yana biron qismidan (oyoqdan, "oyoqlardan va hokazolardan) qo‘shimcha tayanish uchun foydalaniladi.

Oddiy osilish: osilish, qo‘llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va hokazo.

Aralash ooilish: cho‘qqayib osilish turgancha bu­kilib osilish, yotib osilish, turib osi­lish. Boshqa holatlar aniqlik kiritib bayon qilinadi. Masalan, bukik oyoqlarda osilish.

Tayanish — shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqo-rida bo‘lgan holat. Tayanishlar oddiy va ara­lash bo‘ladi.

. Tayanishdagi o‘z-o‘zidan tushunarli holatlarda bir-gina «burchak» so‘zinipg o‘zi kifoya qiladi. Masalan (bruslarda), orqaga siltanib ko‘tarilish — oldinga siltanib burchak yoki o‘ng oyoqni (o‘ng tomondagi) yog‘och ustidan o‘tkazib burchak hosil qilish va hokazo: oyoqlarni tashqariga kerib tayanish va hokazo.

Aralash tayanishlar: o‘ng oyoqda cho‘qqayib tayanib, chap oyoqni or­qaga uzatish yoki orqaga uzatib uchini qo‘yish, bukik qo‘llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish, oyoq­larni kerib turib tayanish va hokazo.

O‘tirish—snaryadda o‘tirgan holat. Utirishning quyidagi turlari bor: bruslarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o‘tirish va hokazo.

Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning boshlanishini qu­yidagi terminlar bilan ta’riflash qabul qilingan: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo‘llarda tayanib turib va hokazo. Ayrim hollarda ixchamlashtirish maqsadida bevosita boshlang‘ich harakatning (birinchi elementning) nomi aytilaveradi. Masalan, tebranib turish (turnikda) va gavdani rostlab ko‘tari­lish orqaga aylanish va hokazo.

Ko‘tarilish — osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga o‘tish. (Harakatni boshni oldanga qaratgan holda bajariladi.) Ko‘tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuchanib ko‘tarilish, kuchanib ko‘tarilish, bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko‘tarilish siltanib to‘ntarilib ko‘tarilish, kuchanib to‘ntarilib ko‘ta­rilish, o‘ng (chap) oyoqda ko‘tarilish ikkala oyoqda ko‘tarilish, gavdani rostlab ko‘tarilish va hokazo.

Pastga tashlanish — ko‘tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishni pastga tushish deb aytish qabul qilingan.

Aylanish— gimnastikachining tayanishdan boshlanib, snaryad (turnik, yog‘och va hokazo) o‘qi atrofid'a aylanma harakatlanishi. Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga (orqata) aylanish, tayanishdan oldinga yoki, orqaga ayla­nish, katta aylanish. Burilish — gavdaning vertikal o‘q atrofida harakatlanishi. Burilishning quyidagi turlari bor: oldinga siltanib burilish, orqaga siltanib burilish, oyog‘ini osmonga qilib turi?b burilish va hokazo.

Oyoqni osmonga qilib turish — gimnastikami tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarini yuqoriga uzatgan vertikal holat. Bunday turishning quyidagi turlari bor: yelkada, qo‘llarda, bir qo‘lda va hokazo. Uni ijro etish usullari: kuchanib, siltanib, bukilib, kerishib va hokazo.

Tebranish — aylanish o‘qiga nisbatan erkin harakatlanish: Ijro usullari: kuchanib, bukilib, sakrab. Bir necha bor siltanish — tebranish deyiladi.

Yoysimon tebranish — tayanishdan yoysimon harakat qilib osilishga o‘tish.

Uchish—bu shug‘ullanuvchining snaryad (odatda halqa). bilan birgalikda bir marta tebranma harakat qilishidir. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.

Qo‘l orasidan aylanish — muayyan holatdan yelka bo‘g‘inini buraltirib, gavdaning gorizontal o‘q atrofida aylanishi. Bunday aylanish yo‘nalishiga qarab oldinga va orqata bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa, qanday tebranish1 yordamida bajarilishi ko‘rsatiladi.

Siltanish harakatalarini (siltanishlarni) belgilash uchun quyidagi terminlar ishlatiladi:

Utqazish — oyoqni (oyoqlarni) snaryad tepasidan harakatlantirish.

Doyra—oyoqni (oyoqlarni) yaxlit (ellipssimon) harakatlantirish. Doiraning quyidagi turlari bo‘ladi: o‘ng oyoqda doyra, o‘ng oyoqda chapga doyra, chapdan orqaga doyra, o‘ngdan orqaga doyra, burilib doyra va hokazo. Oyoqlarni - bukmay jipslashtirib bajariladigan doyra; ko‘ndalang doyra, kerishib doyra va hokazo.

Chalishtirish — oyoqlarni bir-birining o‘rniga qarama-qarshi o‘tkazish. Bunday o‘tkazishning oddiysini (qaysidir oyoq qarama-qarshi tomonga o‘tkazilgandan keyin bajariladiganini) qisqa bo‘lsin uchun «chalishtirish» deyiladi. Chalishtirishning turlarini esa kerakli aniqlik kiritib ataladi. Masalan, oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari chalishtirish, burilib chalishtirish va hokazo.

Qirish — snaryad yonida dastlabki holatda turgan gimnastika-chining tayanch qo‘li atrofida doyra yasab burilib, dastaklarga tayanib qolishini ko‘rsatuvchi termin. Bu mashq bir oyoqda doyra yasab 'bajarilishi ham mumkin (qaysi oyoqda bajarishi ko‘rsati­ladi).

Utish — ijrochining snaryadda (biron elementni bajarayotganda) qo‘llarini ko‘chirib tutib, o‘ng yoki chai tomonga siljishi.

Chiqish — kirishga teskari harakat qilib (konning) bxzshqa qismiga o‘tish.

Uchib o‘tish - gimnastikachining qo‘llarini qo‘yib yuborib snaryadning bir tomonidan ikkinchi tomoniga (burchakli, bukilib, oyoqlarni kerib va hokazo), shuningdek, bir snaryaddan ikkinchisiga yoki brusning bir yog‘ochidan ikkichisiga ko‘chishi.

Sakrab tushish — snaryadda osilib yoki tayanib turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning quyidagi: oldinga tebranib, orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib, yoysimon, aylanib, to‘ntarilib, qo‘llarning orasidan, sal’to va hokazo turlari mavjud. Shuningdek (tayanib turishdan va qo‘l­larda turishdan) oyoqlarni bukib, oyoqlarni kerib sakrab tu­shish.

Sakrash — oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib ma’lum masofadan (balandligiga, uzunasiga) yoki to‘siqdan (snaryaddan) o‘tish.

Tayanib sakrash — qo‘llarda qo‘shimcha tayanib (turtkp berib) bajariladi. Tayanib sakrashning quyidagi: oyoqlarni bukib sak­rash, oyoqlarni kerib sakrash, yonlama sakrash, burchakli sakrash, to‘ntarilib sakrash va hokazo turlari bor.

Silkinish— depsingandan keyin oyoqlarni orqaga dastlabki siltash.


ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Kerimov F.A. Sport soxasidagi ilmiy tadqiqotlar. – T.: Zar qalam, 2004. – 334 b.

Salamov R.S. Sport mashg‘ulotlarini nazariy asoslari. –Toshkent: O‘zDJTI, 2005. – 238 s.



Umarov D.X. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida yosh gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi // Fan-sportga. - T., 2007. -№2. - B.10-14.

Eshtayev A.K. Gimnastika darsi: O‘quv qo‘llanma. - T.: 2004. -120 b.
Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling