Gimnastika va sport psixologiyasi fakulteti gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mavzu: qizlarda jismoniy rivojlanishidagi
Sog‘lomlashtiruvchi aerobika mashg‘ulotlarini shug‘ullanuvchilar
Download 224.2 Kb. Pdf ko'rish
|
qizlarda jismoniy rivojlanishidagi soglomlashtirishda gimnastikaning samarasi (1)
1.1. Sog‘lomlashtiruvchi aerobika mashg‘ulotlarini shug‘ullanuvchilar
organizmiga ta’siri Qizlardaorganizm rivojlanishining qonuniy bosqichi hisoblanadi va shu bilan birga o„ziga hosligi va tempi bilan u odam xayotining boshga barcha bosqichlaridan keskin farq qiladi. Bu davrida organizmning barcha fiziologik tizimlari faoliyatlarida shiddatli qayta qurish sodir bo„ladi. Qizlarning ruhiyyati va odob-ahloqi o„zgaradi. Buning barchasi irsiy sifatlar va istiqomat qilayotgan ijtimoiy muhit ta‟siridan kelib chiqib, o„ziga xos individual tus oladi A.A.Markosyan (1974) ta‟kidlaydiki, Qizlardaqizlar uchun birinchi navbatda emotsional xarakatchanlik, qiziquvchanlik va yangilikka intilish juda hasdir. Bu yoshda insoniyat bilimlari va yutuqlarini ongli o„zlashririla boshlanadi. Qizlarda raqs va musiqaga bo„lgan qiziqishning keskin oshishi kuzatiladi.
Adabiyot manbalaridan olingan ma‟lumotlarda Qizlarda nisbatan yurak va qon- tomirlarining o„sishda ahamiyatli qayta qurish sodir bo„ladi. Tayanch-xarakat apparatida keyinchalik qotish va mushaklar massasining o„sishini tavsiflovchi o„zgarishlar vujudga kela boshlaydi. L.D.Nazarenko (2005) ta‟kidlashicha, koordinatsiya xarakat qobilyatlari yuqori darajaga etadi. Qizlardauchun barcha murakkab koordinatsiya xarakatlari - musiqiy, xoreografiya, sport va boshqalar, oson o„zlashtiriladi, lekin katta mushak kuchi, amplituda xarakatlari va yuqori chidamkorlik bilan bog„liq bo„lgan xarakatlarni o„zlashtirilishi ancha qiyinchilik tug„diradi. Bu davrga kelib, gimnastika mashqlarini eng yuqori texnikasiga, xoreografiya maxoratiga va mashqlarni yuqori aniqlikda bajarishga erishish mumkin Qalqonsimon bez faoliyatining oshishi va modda almashinuvining kuchayishiga qaramay, qizlarda bir yilda 4-7 kg vazn oshganligini kuzatish mumkin. SHuning uchun semirish xavfiga e‟tiborni qaratish lozim Sog„liqni saqlash
statistik ma‟lumotlari shuni ko„rsatadiki, maktab bitiruvchilarining faqatgina 10%-sog„lomdir. Qizlardagi bu xolat diqqatni o„ziga tortadi. Agar XXning 60-yillarida 40% o„quvchilar sog„lom bo„lsa, hozirgi kunga kelib har to„rtadan bir qizgina sog„lomdir Barcha mushak xarakatlari, xar bir gimnastika mashqlari suyak-mushak, yurak- qontomir va boshqa tizimlariga o„z ta‟sirini ko„rsatadi. SHuning uchun Qizlardao„smirlar foydali zaruriy xarakat ko„nikmalarini egallashlari va keyinchalik kasbiy faoliyatga o„zini tayyorlash uchun ularni takomillashtirib borishlari lozim. Bir qator mualliflarning (E.A.Kudu., L.O.YAanson 1978, V.N.Kryaj 87; L.D.Nazarenko 1999; V.A.Pankov 2000 va boshqalar) fikricha, qizlar uchun egiluvchanlik, koordinatsiya, cho„ziluvchanlik, go„zallik va raqs xarakatlari namoyon bo„ladigan jismoniy tarbiyaning faol turlari afzaldir. YU.V.Menxin, A.V.Menxin (2002) ta‟kidlashicha asosiy sog„lomlashtiruvchi gimnastika, biologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq prinsip hisoblanadi. Bu prinsipga, mashqlarni bajarishda yahlitlik va dinamikasiga rioya qilingan, o„rta yuklama mos keladi. Ko„p yillik ayollar bilan ishlash amaliyotiga tayanib, jismoniy rivojlanish uchun aynan shunday tavsifdagi o„quv materiallari ularning motorika xususiyatlariga to„liq mos keladi va ularning emotsional holatiga juda yaxshi ta‟sir ko„rsatishini tasdiqlash mumkin.
Sog„lomlashtiruvchi gimnastika tizimida, mashqlarni bajarilishida raqs tavsifi; mashqlarni bajarish yaxlitligi dinamikasi va ritmikligidan kelib chiqadi va ularga turli raqs elementlari va bog„lamlarini qo„shish bilan to„ldiriladi. YAxlitlik tavsifi, barcha mashqlar bir vaqtning o„zida ko„pgina bo„g„imlar va mushaklarni ishga jalb qilish bilan amalga oshiriladi; birinchilar asosiy xarakatlarni, boshqalar qo„shimcha xarakatlarni bajaradilar Ishlarda belgilangan, oxista, aylana, to„lqinsimon va purjinasimon xarakatlar sog„lomlashtiruvchi aerobika mashg„ulotlarida katta qiziqish va hohish bilan bajariladi, chunki bu xarakatlar ayollar organizmi motorikasiga hosdir, shuning uchun ular fiziologik funksiyalarda aniq yoqimli qo„zg„alishlarni chaqiradi. Bunday mashqlar yurak
qon-tomir tizimida keskin o„zgarishlar sodir qilmaydi, shug„ullanuvchilarda og„irlik, charchoq xissini uyg„otmaydi. SHunisi qimmatliki, bu mashqlar quvvat sarf qilish bo„yicha qarama-qarshi tavsifli xarakatlardan qolishmaydi, ya‟ni to„g„ri chiziqli, faqat katta guruh mushaklar qisqarishi bilan bajariladigan mashqlar. Bu o„z navbatida, organizmning funksional imkoniyatlari sodda bo„lgan shug„ullanuvchilarning ham tayanch-harakat apparatini rivojlantirishga yordam beradi. G.M.Solovev., T.I.Prokopenkov (2001), ritmik gimnastika, shug„ullanuvchilarning butun organizmini umumiy sharoitida ko„proq uchraydigan mikrojarohatlar va zo„riqishlardan ojizlangan morfo-funkitsional tizimlarni ham mustaxkamlashni nazarda tutishini ko„rsatib o„tganlar. Qizlarda tana shakli bu davrlarga kelib ancha yaxlitlangan bo„ladi. Qizlarda suyak tizimi etarlicha mustaxkam bo„lib, umurtqa pog„onasining qayrilish fiksatsiyasi 20 yoshga borganda yakunlanadi. V.N.Kryaj (1987), O.A.Lamova (2002) fikricha, turmush sharoitidagi zo„riqish yoki yuqori yuklamadan xammadan ko„poyoq panjalari azoblanadi. SHuning uchun
sog„lomlashtiruvchi aerobikada asosiy e‟tibor oyoq bog„lamlari, mushaklarini mustaxkamlashga qaratiladi. Maxsus mashqlar bilan mushak massasini maxalliy oshirish va yog„ to„qimalarini kamaytirish hamda shu bilan birga shug„ullanuvchilardagi tana shakli kamchiliklarni tekislash mumkin Bundan tashqari, T.S.Lisitskaya (1984), G.F.Afanaseva (1990) ishlarida insonning to„liq xarakat faoliyati uchun eng muhim ahamiyat kasb etuvchi muvozanat funksiyalarini takomillashtirish, sog„lomlashtiruvchi gimnastika turlari bo„yicha mashg„ulotlarda (muvozanatga maxsus mashq) amalga oshirilishini ko„rsatib o„tganlar. Sog„lomlashtirish gimnastika turlarining amaliy ma‟lumotlari qizlarda o„z kuchlarini zaruriyat paytida mobillashtira olish, aniq standart xarakatlarni minimal quvvat bilan faqat kerakli mushaklarni ishga jalb qilib bajarishni tarbiyalashga yo„naltirilgan. Mushaklarni zo„riqish darajasini o„zgarishi va predmetlar bilan mashqlar (tayoqlar, gantellar, arqon) hamda koordinatsiya murakkabligi oshirilgan barcha mashqlar shug„ullanuvchining o„z kuch zaxirasini to„g„ri va qulay sarflashga yordam beradi E.T.Milner., G.F.Afanaseva ta‟kidlashicha, aerobika - yurak va nafas faolligini oshiruvchi mashqlar sarasiga kiradi. Aerobikaning asosiy maqsadi - nafas samaradorligiga, yurak va qon-tomir tizimi ishining ishonchliligiga bog„liq bo„lgan kislorodga maksimal talabni (KMT) oshiradi va barcha muhim organlar holatini aks ettiradi: 1. Nafas olish jarayonida ishtirok etuvchi o„pka ventilatsiyasini yaxshilovchi mushaklarni mustahkamlaydi; 2. YUrak mushaklarining kuchi va ishlab chiqarishi ko„payadi, uning bir zarba ichidagi qon xaydash xajmi oshadi. Bu esa o„z navbatida, o„pkalardan yurakka xayotiy zarur bo„lgan kislorodni tez etkazib beradi; 3. YUrak qisqarishi va bo„shashishida qon aylanishini yaxshilab yurak ishini engilashtiribgina qolmay qon tomir tonusiga yaxshi ta‟sir ko„rsatadi, qon bosimini me‟yorlashtib organizmning barcha mushaklarini mustahkamlaydi. 4. Organizmning umumiy qon aylanishini yaxshilaydi, qondagi eritrotsitlar miqdori ko„payadi va gemoglobin soni oshadi. YUmshoq to„lqinsimon va purjinasimon xarakatlarni (siltanishlar, ko„tarilish, yugurish, sakrash) bajarish vegetativ funksiyalarda keskin qo„zg„alishni chaqirmaydi. L.B.Andryushenko., I.V.Losev., T.T.Vyalkin (2004) va boshqalar fikriga ko„ra, sog„lomlashtiruvchi aerobika mashg„ulot tuzilishida, bunday mashqlar kam yuklama bilan navbatlashtirilishi kerak va asosiy qismning yakunida qo„llanilishi maqsadga muvofiq. SHu bilan birga, sog„lomlashtiruvchi aerobika uslubiyatining xususiyati, mashqlarni texnik jihatidan aniq bajarilishini talab qilish hisoblanadi. Agar mashqlarni kuch va siltanish xarakatalari, cho„zilish va bo„shashishni aniq farqlanmasdan bajarilsa, unda istalgan natijalarga erishib bo„lmaydi: aynan, zaruriy xarakat ko„nikmalarini tarbiyalash, xarakatlarni chiroyli va jozibadorligiga erishish, chiroyli qomatni shakllantirish va hakazo. Gimnastikaning sog„lomlashtiruvchi turlari bilan shug„ullanish, eng etakchi jismoniy sifatlardan birini, ya‟ni kuchni rivojlantirishga yordam beradi. Uning majmualarida dinamik kabi statistik mushak quvvati tez-tez navbatlashtiriladi. T.S.Lisitskaya., G.M.Soloveva tavsiyalariga muvofiq, kuchni rivojlantirishga yo„naltirilgan mashqlarni bajarilishidan maksimal samara olish uchun, bir qator qoidalarga rioya qilish lozim: - dastlabki xolat (d.h.) to„g„riligiga ishonch xosil qilish; - xarakatlarni buyurilgan amplitudada, ko„rsatilgan yo„nalishda bajarish; - mashqni, oxirigacha ishlayotgan mushaklarda mashqgacha takrorlash; - barcha mushak guruhlarini garmonik rivojlantirish; - nafasni ushlamasdan va nafas chiqarishga urg„u berib bir tekisda nafas olish; - kuch mashqlarini, cho„zilish mashqlari bilan navbatlashtirish (T.S.Lisitskaya (1987), T.E.Milner (2000)). Mushaklar kuchi oxirgi urinishdagina ko„payadi, chunki faol jismoniy yuklama, ishlayotgan mushaklarda yog„larni yonishiga, ularni shaklini o„zgarishiga olib keladi. Demak tegishli mashqlar bilan oyoq, ko„krak, bo„yin, qorin shaklini yaxshilash mumkin. Bunda, mushak xajmini oshirish uchun mashqlar 0,5dan 2,5kg gacha og„irlik bilan oxista tempda bajariladi. E.Pospex, YU.Voyner, V.Kostyuchenko (2002)
ta‟kidlaydilarki, sog„lomlashtiruvchi gimnastika mashg„uloti, jismoniy mashqlarni uzoq bajarish oqibatidagi charchoqqa organizmning qarshilik ko„rsatish qobilyati tushuniladigan, chidamkorlikni tarbiyalashga yordam beradi. Oqim uslubiyati bo„yicha mashqlarni yuqori intensivlikda bajarilishi, ushbu sifatini muvaffaqiyatli rivojlantiradi. CHidamkorlik rivojlanganlik darajasini, yurak-qon tomir tizimining funksional imkoniyatlari, almashinuv jarayoni darajasi hamda turli organ va tizimlarning koordinatsiya faoliyatiga ko„ra aniqlanadi. Aerobika bo„yicha bir soat mashg„ulotda, o„rtacha 300 dan 400 kaloriyagacha yo„qotish mumkin. Epchillik ham juda katta ahamiyatga ega, chunki xayotda bu sifat kuch va egiluvchanlikdan qolishmaydi (T.S.Lisitskaya, T.I.Manina, N.E.Vodopyanova). Ritmik va sog„lomlashtiruvchi aerobikaning xilma-xil mashqlari orasida, epchillikni shakllantirishga maqsadga muvofiq ta‟sir ko„rsatuvchi bir nechta guruh xarakatlar ajraladi: 1.
Download 224.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling