Gimnastika va sport psixologiyasi fakulteti gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mavzu: qizlarda jismoniy rivojlanishidagi
Download 224.2 Kb. Pdf ko'rish
|
qizlarda jismoniy rivojlanishidagi soglomlashtirishda gimnastikaning samarasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavoda yashovchi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI GIMNASTIKA VA SPORT PSIXOLOGIYASI FAKULTETI GIMNASTIKA NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI MAVZU: QIZLARDA JISMONIY RIVOJLANISHIDAGI SOG‘LOMLASHTIRISHDA GIMNASTIKANING SAMARASI
Bajardi:
13-142 guruh Nuriddinov Davron
Topshiriq qabul qildi:
Eshtaev Anvar Kurganovich TOSHKENT-2016 MAVZU: QIZLARDA JISMONIY RIVOJLANISHIDAGI SOG‘LOMLASHTIRISHDA GIMNASTIKANING SAMARASI Reja: 1. Aerobikaning gimnastika mashqlarida tutgan o„rni 2. Sog„lomlashtiruvchi aerobika mashg„ulotlarini shug„ullanuvchilar organizmiga ta‟siri
“Xavoda yashovchi” ma‟nosini anglatuvchi “aerobika” rivojlanish tarixi, amerikalik mutaxassis K.Kuper dunyoga tavsiya qilgan paytdan, ya‟ni XX asrning 2- yarmidan boshlangan. K.Kuper bilan raqs bo„yicha mutaxassis D.J.Sarensen birgalikda, aerob raqslar mashg„ulotning yangi shaklini ishlab chiqdilar va uni aero studiyalar to„rini yaratish yo„li bilan dunyoga tarqatdilar. 70 - yillar o„rtalariga kelib, sog„lomlashtirish jismoniy tarbiya bo„yicha Kuper aerobikasi nafaqat uning vatanida, hatto Evropada ham juda ommalashib ketdi. Kuperning aerob jismoniy mashqlarning ta‟siri to„g„risidagi fikri boshqa mualliflarning fikriga mos keladi Lekin, sog„lomlashtiruvchi kabi, davolovchi jismoniy tarbiyada ham keng tarqalgan, gimnastika mashg„ulotlari vaqtida organizmda yoqimli o„zgarishlar kuzatiladi SHunday qilib “aerob gimnastika”ning sahnaga chiqishi, mohiyat jihatdan raqs aerobikasi hisoblanadi va bu shunchaki o„yin emas, balki davr talabidir Oxirgi 10-15 yillarda mavjud bo„lgan sog„lomlashtiruvchi aerobika, o„zida aerob quvvat ta‟minlovchi jismoniy faoliyatga sog„lomlashtiruvchi ta‟sirni va gimnastika mashqlarining xar tomonlama ta‟sir ko„rsatishini birga qo„shib olib borishni nazarda tutadi Ancha mukammal ishlab chiqilgan, barqaror, qat‟iy reglamentlashgan tizim, bazaviy (mumtoz) aerobika hisoblanadi. Bazaviy aerobika - bu pauzasiz (oqim uslubida) musiqa ostida 120-160 zar/daq bajariladigan umum rivojlantirish, yugurish, sakrash mashqlarining sintezidir.
Uning mashhur bo„lib ketishi, turli yo„nalishlarni paydo bo„lishiga olib keladi. M.L.Juravina., N.K.Men‟shikov (2002) vositalar tanlovi bilan farqlanuvchi - atletik, raqs, ruhiy boshqaruv va sport yo„nalishlarini ajratadilar. M.V.Boysova (2005) ishlarida aerobikaning barcha turlari ikki turga bo„lingan; kardio dasturlari va kuch mashqlari. Birinchisi chidamkorlikni rivojlantiradi va ortiqcha kalloriyani kamaytiradi, ikkinchi turi - mushaklarni mustaxkamlab tana shaklini modellashtiradi. Yoga, kallenetika va pilates xarakat koordinatsiyasini va muvozanatini rivojlantiruvchi dasturlari oxista fitnesga kiradi va chuqur joylashgan mushaklarni ishlashga majbur qiladi Avvalgidek, aerobikaning siklik va kombinatsiyalashgan turlari, noan‟aviy mashg„ulot tizimlari ommabop bo„lib qolmoqda. Gimnastikaning sog„lomloshtiruvchi turlari shartli ravishda uch guruhga bo„linadi; Birinchi guruhga raqs xarakatlarini o„z ichiga olgan turlar kiradi; ritmik gimnastika, ayollar gimnastikasi, aerobika va o„z nomi bilan aniq raqs stillarini (djaz- gimnastika, disko-gimnastika, modern-gimnastika) jamlagan boshqa turlar. Ikkinchi guruhga, tana shaklini va organizmning alohida funksiyalarini maqsadga yo„naltirib rivojlantirishga qaratilgan turlar kiradi. Bu atletik gimnastika, fitnes, kallanetika, sheyping, stretching, turli nafas va kosmetik gimnastika turlaridir. Uchinchi guruhda yoga tayszetsuan, sigun va boshqa maxsus gimnastika mashq vositalari bo„yicha muhim qismi, tanani doimiy takomillashtirish bo„lgan sharq falsafasi asosida tashkil topgan gimnastika turlarini jamlaydi. Download 224.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling