Gipsli shakllarning chizmatasviri
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
GIPSLI SHAKLLARNING CHIZMATASVIRI
ISBN 978-9943-350-55-7
r © M.Oripova, 2011 © «CHASHMA PRINT» MCHJ nashriyoti, 2011 K IRISH Kelajakda 0 ‘zbekiston yuksak darajada Laraqqiy elgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk, qobiliyalli va irodali farzandlari bilan ja- honni qoyil qilishi lozim. ISLOM KARIMOV H ozirgi kunda m illiy ma’ naviyatimiz rivojin i tas- viriy san’ atsiz tasavvur etib b o ‘ lmaydi. 0 ‘ zbek ras- somlarining hozirgi kunda samarali ijod qilib, yan- gi-yangi yutuqlarni q o‘ lga kiritayotgani, bu sohaga ko‘ plab yosh iste’ dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Yosh ijodkorlarni tarbiyalash b o ‘ yi.cha zarur naza- riy va o ‘ quv-metodik bazani shakllantirish, bugungi kun talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayy- orlash yuzasidan amaliy ishlarni keng y o ‘ lga q o‘ yish va bu muammolarni yechish im konini berishi shubha- sizdir. M illiy san’ atimizga b o‘ lgan ehtiyoj va o ‘ sib ke- layotgan yosh iste’ dodlarni tarbiyalash, ularni voy- aga yetkazish shu kunining dolzarb masalalaridan biridir. Buning uchun yuksak badiiy mahorat bilan bir qatorda m illiy tafakkur va salohiyatga ega b o ‘ lgan iste’ dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qo‘ llab-quv- vatlash masalasiga alohida e’ tibor qaratm og‘ imiz lozim . San’ at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga y o ‘ l topish haqida so‘ z yuritar ekanmiz, har bir iste’ dod egasi o ‘ ziga xos bir olam ekanligini, shu sababli ijod ahlini boshqarishga urinish mumkin emasligini unutmasligimiz kerak. 0 ‘ zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash m illiy dasturida ta’ kidlab o ‘ tilganidek, talaba va o ‘ quvchilar, o ‘ qituvchilar hamda yosh rassomlar uc- hun qo‘ llanmalarni yaratish asosiy maqsadlarimizdan biri b o ‘ lm og‘ i lozim. Tasviriy san’ at sohasi ijodkordan katta bilim va mahoratni talab qiladi. Bilamizki, tasviriy san’ atda juda k o‘ p y o ‘ nalishlar mavjud b o ‘ lib, mazkur q o‘ llanma tasviriy san’ atning asosiy poydevori b o ‘ lgan chizmatasvir, uning turlari bilan tanishtiriladi. Chiz- matasvirda perspektivaning q o‘ llanilishi, komponov- ka (qog‘ ozga joylash), proporsiya (o ‘ lchamlar), kon- struktiv qurish, tusda ishlash, shtrixlar bilan ishlash, chizmatasvir texnologiyalari, q og ‘ oz, qalam, k o‘ mir, sous, sangina, retushlar, detallar ustida ishlash haqi- da umumiy tushunchalar berib boriladi . Tasviriy san’ at insoniyat tarixida juda katta aha- miyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Insoniyat paydo b o ‘ libdiki, uning hayotida tasviriy san’ atning ilk belgilari namoyon b o ‘ lgan. Uzoq o ‘ tmishda odam- lar to g ‘ u-toshlarga ilk suratlarni chiza boshlaganlar. Bunda ular asosan hayvonlarni, qushlarni, odamlarni va k o‘ pincha ovchilikka bag‘ ishlangan lavhalarni tas- virlashgan. Biz bilamizki, chizmatasvir nafaqat tas viriy san’ atning, balki barcha turdagi, arxitektura sohasi b o‘ ladimi yoki dizayn sohasi b o ‘ ladimi, ushbu sohalarning asosiy negizi b o ‘ lib xizmat qiladi. Shun- ing uchun ham chizm atasvir barcha tasvirlarning aso- si, ya’ ni poydevoridir. Shu bilan birga ushbu q o‘ llanmada hozirgi zamon tasviriy san’ atida chizmatasvirlarni yaratish texnika- si va ulardan t o ‘ g ‘ ri foydalanish haqidagi qonun va qoidalar to ‘ g ‘ risida ma’ lumotlar berilgan. Bundan tashqari, q o‘ llanmada gipsdan ishlangan geometrik jism lar, odam yuzining qismlari, antik davr odamlari haykallarining namunalari ham o ‘ z aksini topgan. Bu kabi namunalar orqali chizish sir-asrorlarini o ‘ rgatish, tasviriy san’ atga qiziqtirish orqali barkamol avlod- ni tarbiyalash ushbu q o‘ llanmaning asosiy maqsadi hisoblanadi. C H IZM A TA SV IR HAQIDA M A ’ LUMOT Chizmatasvir asosan kontur chiziqlar va shtrixlar yordamida qo‘ lda bajariladigan grafik tasvir sirasiga kiradi. Chizmatasvir tasviriy san’ atda plastik yechim- lar, tuslar, yoru g4 va soyalar yordamida bajariladi. U asosan bir rangda, ba’ zi hollarda ikki yoki uch rangda ham bajarilishi mumkin. Tasviriy san’ atda chizmatasvir grafitli qalamda shtrixlar berish yordamida amalga oshiriladi. Chiz- matasvirlar asosan ilm iy-ko‘ rgazmali, amaliy, badiiy va texnik xarakterda b o ‘ lib, tasviriy san’ atda keng q o‘ llaniladi. Chizmatasvir rangtasvir asarlarini yaratishda, boshlang‘ ich bosqichni va unda tasvirlanayotgan pred- metlarning tashqi shaklini, hajmini hamda tasvirlanay otgan predmetlarning perspektivasi va b o ‘ shliqdagi joylashuvini tasvirlashda asosiy rol o ‘ ynaydi. Chizmatasvir mustaqil holda badiiy ijodiyotda grafika y o ‘ nalishining asosini tashkil etadi. Chiz matasvir orqali tasviriy san’ atda grafikaning boshqa turlari qatorida gravyura, litografiya va shunga o ‘ xshash ko‘ plab turlari ham rivojlangan. Chizmatasvir chizish uslublari ishlanishiga qarab turli k o‘ rinishlarda b o ‘ ladi. Ular chizmatasvir mav- zusiga, janriga, texnik xarakteriga va bajarilishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Chizmatasvirdan yuqori- da aytib o ‘ tganimizdek, dastgohli rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlarida ham foydalaniladi. Yordam- chi chizmatasvir, nabroskalar, etyudlar, eskizlar tas viriy san’ atda badiiy qiymatga egadir. Chizmatasvir arxitektura ko‘ rinishlarini tasvirlashda ham asosiy rol o ‘ ynaydi. Chizmatasvirni bajarish texnologiyalari bo‘ yicha «quruq» va «suyuq» b o‘yoqli ko‘ rinishlardan iborat b o‘ ladi. Qadimda chizmatasvirning bunday «quruq» turi bilan ishlashda asosan ko‘ mirdan (ugol) foydalanilgan. Uyg‘ onish davri chizmatasvirida ko‘ mirdan tashqari Italiya qalami (qora bo‘ r) va sangina (qizil b o‘ r) kabi chizish ashyolari paydo b o‘ la boshlagan. XVI asrdan boshlab chizmatasvirda grafitdan, XVIII asr oxiriga kelib zamonaviy ko'rinishdagi usti yog‘ och qoplama- lar bilan qoplangan qalamlardan foydalanila boshlan- di. Suyuq b o‘ yoqli chizmatasvirlar esa asosan perolar yordamida ishlangan. Bunday perolar qush patlaridan, temirdan va h.k. yasalgan. Perolardan tashqari chizmatasvirlar kist- lar yordamida ham bajarilgan. Perolarda bajarilgan chizmatasvirlar esa ko‘ pincha tush, bistr, sepiya va siyohlar yordamida tasvirlangan. Chizmatasvirda ishlatiladigan qog‘ oz ashyolar tur- li ko‘ rinishlarga ega b o‘ lgan. Qadimda chizmatasvir ishlashda papirus, 0 ‘ rta asrlarda esa pergament, key- inchalik esa maxsus tayyorlangan qog‘ oz ashyolar- dan foydalanilgan. Uyg‘ onish davridan boshlab chiz matasvirni ishlashda Xitoyda ixtiro qilingan qog‘ ozlar ishlatila boshlangan. Bu qog‘ ozlar Yevropaga X -X II asrlarda kirib kelgan. Qadimda chizmatasvir ishlash- dan oldin qog'ozlar yuza qismiga maxsus qoplama- lar surtilgan va turli ranglar yordamida b o ‘ yalgan. Bu kabi rangli q o g ‘ ozlarga asosan Italiya qalamlari, k o‘ mirlar yordamida ishlanib, so‘ ng yoru g‘ tomonlari oq b o ‘ r yoki oq b o ‘ y °q lar orqali b o ‘ rttirilgan. Yuqorida ta’ kidlab o ‘ tganimizdek, chizmatasvir tasviriy san’ atning ilk ko‘ rinishlaridan biri hisobla- nadi. Qadiingi dunyo san’ atida chizmatasvir to g ‘ -u toshlarga va g ‘ orlarga ishlangan b o ‘ lib, ular hozirgi chizmatasvir namunalarning ajralmas bir qismi hi- soblanadi. Bunday san’ at asarlari asosan toshlarga, suyaklarga, loylarga turli mavzudagi ov sahnalari, qushlar, hayvonlar, turli m avjudotlar va odamlarning tasvirlari uchli asbob yordamida tirnash orqali tasvir- langan. 0 ‘ rta asrlarda chizmatasvir k o‘ pincha arxitektura- da va ularning detallari hamda mahobatli, konturli tasvirlarini chizishda keng q o‘ llanilgan. Chizmatasvir asosan natura ishlash jarayonida rivojlanib boradi. Es- kizlar, nabroskalar, qoralamalar, etyudlar tasvirlash barobarida chizm atasvirning asosiy janrlari shakllanib boradi. Bular tarixiy janr kom pozitsiyalari, manzara, portret va shunga o ‘ xshash y o ‘ nalishlardir. X V asr- ning ilk U yg‘ onish davrida Leonardo da Vinchi, R a fa el Santi, Mikelanjelo, Adel Sarto kabi buyuk va mash- hur rassomlar chizmatasvir va rangtasvir janridagi ko‘ plab asarlarni meros qilib qoldirganlar. Bugungi kunda o ‘ zbek rassomlari ham tasviriy san’ atning chizmatasvir y o ‘ nalishi b o ‘ yi.cha samara- li ijod qilib kelmoqdalar. B. Jalolov, J. Umarbekov, A . Ikrom jonov, A . Mirzayev, A . Nur, S. Raxm etov, R. Xudayberganov, S. Abdullayev kabi rassomlar shular jumlasidandir. CHIZMATASVIR QOG‘OZLARI HAQIDA Chizmatasvirni chizishdan oldin unga to‘ g ‘ ri kela- digan qog'ozni tanlash zarur. Tez bajariladigan nabro- ska va qoralamalarni chizish uchun katta o ‘ lchamdagi qog‘ ozlar shart emas. Ularni chizishda oddiy albom- dan ham foydalansa b o‘ ladi (1-rasm). Katta o ‘ lchamdagi va uzoq muddatli chizmatasvir- lar uchun albatta «vatman», «yarim vatman», hozir- gi davrda esa «goznak» qog‘ ozlaridan foydalaniladi. Buning uchun avvalo qog‘ ozni planshetga tortish kerak bo‘ ladi. Shoshilinch paytlarda qog‘ ozni knop- ka yordamida planshetga mahkamlab ishlash ham mumkin, ammo bu yaxshi samara bermaydi. Shuning uchun qog‘ ozni oldin suv bilan yaxshilab ho‘ llab, qog‘ oz o ‘ ziga kerakli suvni shimib olgach, uni plan shetga chekkalarini bukkan holda, knopkalar yoki PVA yelimi bilan yopishtirish mumkin. Buning uc hun qog‘ ozni tortishdan oldin planshet o ‘ lchamidan bir oz kattaroq qilib kesib olinadi. Undan so‘ ng qog‘ oz tortilgan planshetni quritishimiz lozim. Bunday holda planshetni pechka oldiga yoki quyosh nurlari tikka tushayotgan joyga qo‘ yish mumkin emas, chunki or- tiqcha issiqlikdan qog‘ oz tez quriydi. Natijada plan shetga tortilgan qog‘ oz burchaklari qattiq tortilib, to‘ lqinsimon b o‘ lib qoladi. Bu esa chizish jarayonida bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday ahvol yuzaga kelmasligi uchun qog‘ ozni asta-sekinlik bilan qurishini ta’ minlash lozim. Yaxshi tortilgan planshetdagi qog‘ ozga chizmatasvir ishlari- ni bajarish ancha oson kechadi. Qog'ozni planshetga 1-rasm reykalar yordamida maxsus tayyorlangan moslama (stirator) bilan ham tortish mumkin. Buning uchun avvalo yuqorida ta’ kidlab o ‘ tilgan jarayonni takror- lab, planshet ustiga q o‘ yilgan q og ‘ oz burchaklari to ‘ rtburchak shaklida kesilib, chekkalari bukilgan holda ustidan stirator yordamida planshetga kiydirila- di. Stiratorning qulay tomoni shundaki, chizmatasvir yakunlangandan keyin uni yechib olish oson kechadi va tayyor chizmatasvirni kerakli joyga q o‘ yib, keyingi chizmatasvir ishlariga tayyorgarlik k o‘ rish mumkin. QALAM Tasviriy san’ atda chizmatasvir, nabroska va qoral- amalarni chizishda «K onstruktor», «Orien», «Мауак» markali qalamlardan foydalaniladi. Qalamlarning si- fatlilik darajasi raqam va harflar bilan belgilanadi. Masalan, «М », «2М », «ЗМ» kabi raqam va harf lar bilan belgilanib, bunda raqamlar soni ortgan sari qalamning yumshoqlik darajasi ham ortib boradi. Qat- tiq turdagi qalamlar esa «Т », «2Т », «ЗТ» kabi raqam va harflar bilan belgilanadi. Bunda ham raqamlar soni oshgan sari qalamning qattiqlik darajasi ortib bora di. Chizmatasvirni chizishda o‘ rtacha yumshoqlikdagi qalamlar, ya’ ni «ТМ », «М» kabi qalamlar bilan ish- lagan ma’ qul. Undan keyin esa birmuncha yumshoq bo'lgan «2М », «ЗМ» kabi qalamlar orqali davom et- tirsa bo‘ ladi. Ijodiy-o‘ quv chizmatasvirlarni bajarish- da qog‘ ozning sifatlilik darajasiga qarab u yoki bu turdagi qalamlardan foydalangan ma’ qul. Masalan, tez bajariladigan nabroska qoralamalarni bajarishda asosan o‘ ta yumshoq turdagi qalamlardan foydalanish qulay hisoblanadi. Vatman va yarim vat- manlarda bajariladigan uzoq muddatli chizmatasvirni chizishda va shtrixlash jarayonlarida esa «Т» yoki «ТМ» raqamli qalamlarni ishlatgan ma’ qul. Qog‘ oz turlariga e’ tibor beradigan bo‘ lsak, silliq qog‘ ozlarga yumshoq qalamlar bilan chizish qulaydir. Bir oz dag‘ al bo‘ lgan qog‘ ozlarga esa o‘ rtacha yum shoqlikdagi qalamlar bilan chizish tavsiya etiladi. K olrinishi g'adir-budur bo‘ lgan vatman qog‘ ozlarga qalam bilan chizish va shtrix berish jarayoni ancha qiyin kechadi. Bunday qog‘ ozlarga chizilgan chiz matasvir shtrixlari dag‘ al va uziq-uziq bo‘ lib ko‘ rinadi. l о Shuning uchun ham bunday navli vatmanlardan akva- rel rangtasvirini ishlashda foydalanmagan ma’ qul. Chizmatasvir ishlashda tasvirdan ma’ lum masofada turgan holda chizish tavsiya etiladi. Bu chizmatasvir- ni borligicha k o‘ rish hamda uning kamchilik va xato- larini tuzatib borish uchun qulaylik tu g ‘ diradi. Tez bajariladigan nabroska, qoralamalarni ishlashda va tasvirning ma’ lum qismiga shtrixlar berishda qalamni uch qismidan birmuncha yuqorida ushlab chizish tav siya etiladi (2-rasm). Bu esa ish jarayonida qalamni chizilayotgan chizmatasvir va nabroskaning u joyi- dan bu joyiga olib o ‘ tishda qulay hisoblanadi. Qalam ni oson va yaxshi ushlashning birdan bir y o ‘ li qalam ning uchli qismini barmoqlardan birmuncha uzoq- likda, ikkinchi qismini esa kaftlar orasida ushlash ma’ quldir (3-rasm). KO‘ MIR (ugol) Chizmatasvir ishlashda qalam singari y o g ‘ ochlarni yoqish orqali tayyorlangan k o‘ mir ham juda katta ahamiyatga ega. K o‘ mir asosan maxsus tayyorlangan b o ‘ lib, dumaloq va cho'zinchoq k o‘ rinishda ishlatiladi. Bunday ko‘ mirlarni hatto o ‘ zimiz uy sharoitida ham tayyorlasak bo‘ ladi. Buning uchun qalam shaklida va uzunligida qir- qilgan quruq shoxchalarni temir quti ichiga tikka qilib joylashtiramiz. Kesilgan shox qalamchalari quti- dan uzun bo'lmasligi kerak. Ular qutida siqilib turishi uchun temir qutini qum bilan to‘ ldiramiz va qopqog‘ ini yopamiz. Qopqoqni yopishdan oldin uning ustini te- shamiz va teshikni ochiq qoldirgan holda o g ‘ zini loy bilan suvaymiz. Ana undan keyin qutini olovga Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling