Gistologik preparatlarni tayyorlash usullari, sitoximiya va gistoximiya. Reja
Download 86.99 Kb.
|
1 Gistologik preparatlarni tayyorlash usullari, sitoximiya va gistoximiya.
Gistoximiya va sitoximiya xujayra tuzilmalarining ximiyaviy tarkibini va ularning taqsimlanishini o`rganishga imkon beradi. Bu esa o`rganilayotgan tuzilmalarning funksional holati va modda almashinuvi to`g`risida to`g`ri ma’lumot olishimizga yordam beradi. Zamonaviy gistoximiya usullari tuzilmalardagi aminokislotalar, oqsil, nuklein kislotalar, turli tipdagi uglevodlar, lipidlarni aniqlashga, fermentlarning aktivligini belgilashga yordam beradi. Bu moddalarni aniqlash reaktiv bilan to`qima va hujayra tarkibiga kiruvchi substrat orasidagi o`ziga xos reaksiyaga bog`liq.
Gistoximiya va sitoximiya faqat sifat analizi bilan chegaralanmay, balki miqdoriy analiz o`tkazishga imkon yaratadi. Miqdoriy analiz esa turli funksional holatdagi hujayraning sitoximiyaviy tuzilishini o`rganishga va turli tuzilmalarning metabolik jarayondagi ahamiyatini aniqlashga yordam beradi. Hujayradagi moddalarning yorug`lik nuri spektrlarini turlicha yutishga asoslanib ularning miqdorini o`rganish usuli sitospektrofotometriyadir. Gistologiyada immunogistoximiya usuli ham keng qo`llanilmoqda. Bu usul asosida to`qimalarda va hujayralarda mavjud turli xil ximiyaviy xususiyatlarga ega bo`lgan moddalarni (gormonlar, retseptor va hokazo) nishonlangan antitelolar yordamida aniqlash yotadi. Antitelolarni nishonlash maqsadida turli fermentlar (peroksidaza, ishqoriy fosfataza), ferritin yoki kolloid oltin ishlatilishi mumkin. Hujayraning turli tarkibiy qismlarini (yadro, mitoxondriya, mikrosoma) ajratish uchun differentsial sentrifugalash usuli qo`llaniladi. Ajratish uchun supersentrifuga (minutiga 20 000- 40 000 marta aylanuvchi) va ultratsentrifuga (100 000-150 000 marta aylanuvchi) ishlatiladi. Gistoximiya va sitoximiyaning zamonaviy usullaridan radio-avtografiya usuli alohida o`rin tutadi. U tuzilmalardagi modda almashinuvini to`liqroq o`rganishga imkon yaratadi. Bu usul asosida radioaktiv moddalarni (fosfor R32, uglerod S14, oltin-gugurt S35, vodorod - N3) yoki ular bilan nishonlangan moddalarning biri kiritilib, ma’lum vaqt oralig`ida ularning miqdorini to`qima va organlarda aniqlash yotadi. To`qimalardan kesmalar tayyorlab, bu kesmalar fotoemulsiya bilan qoplanadi. Ma’lum vaqt (15-20 kun) o`tgandan so`ng preparat fotoqog`oz singari ochiriladi. Bu usul bilan nishonli aminokislotalarning oqsil tarkibiga kirishini, nuklein kislotalarning hosil bo`lishini, nishonlangan hujayralarning migratsiyasini o`rganish mumkin. Download 86.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling