Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multipotentsial gliya.
Oligodendrogliya. U neyrogliyaning eng ko`p sonli hujayralari bo`lgan oligodendrotsitlarni (oligodendrocyti) o`z ichiga oladi. Oligodendrotsitlar mayda hujayralar bo`lib, shakli turlichadir. Ularda dumaloq kichik yadro bo`lib, u yupqa donador sitoplazma bilan o`ralgan. Bu hujayralarning o`simtalari kam va sust tarmoqlangan (yunon. oligos-kam). Oligodendrotsitlar miyaning oq va kulrang moddasida keng tarqalgan bo`lib, MNS va periferik nerv tugunlarining hujayralarini o`rab turadi (gliotsit satellitlar). Ular miyelinli va miyelinsiz nerv tolalarining pardalari hosil bo`lishida hamda nerv oxirlarining shakllanishida ishtirok etadi. Bunda ular neyrolemmotsitlar (Shvann hujayralari yoki lemmotsitlar) deb ataladi. Ular trofik funktsiyani bajaradi, nerv hujayralarining modda almashinuvi protsessida ishtirok etib, nerv tolalarining degeneratsiyasi va regeneratsiyasida ahamiyati katta.
Oligodendrotsitlar aktiv oqsil va boshqa moddalarni sintez qilish qobiliyatiga ega. Bu hujayrada donador endoplazmatik to`r va Golji kompleksi kuchli rivojlangan. Oligodendrotsitlar tuzilishi bo`yicha neyronlarga yaqin turib, ulardan neyrofibrillalari yo`qligi bilan farqlanadi. Multipotentsial gliya. Makroglyaning multipotentsial gliya deb nomlanuvchi turi asosan kam differentsiallangan hujayralardan iborat bo`lib, ular tuzilishiga ko`ra glioblastlarni eslatadi. Shu bilan birga ularni mikrogliya hujayralari bilan ham adashtirish mumkin, chunki mikrogliya kabi mayda hujayralar bo`lib, kichik o`simtalarga ega. Biroq kelib chiqishi va funktsiyasi jihatidan bu hujayralar mikrogliyadan tubdan farq qiladi. Multipotentsial gliya hujayralari bo`linish va differentsiallanish qobiliyatiga ega. Bu hujayralar boshqa tipdagi makrogliya hujayralariga - astrotsitlarga, ependimotsitlarga, oligodendrotsitlarga aylanishi mumkin. Bu jarayonda multipotensial gliya hujayralari sitoplazmasida astrotsitlar, oligodendrotsitlar va ependimotsitlarga xos o`zgarishlar ro`y beradi. Demak, multipotentsial gliya hujayralari makrogliya uchun ko`payuv va almashinuv manbai bo`lib hisoblanadi. Ularni makrogliyaning o`ziga xos o`zak hujayralari deyish ham mumkin. MIKROGLIYA (GLIAL MAKROFAGLAR YOKI GORTEG HUJAIRALARI) Ular mayda yadrolari yaxshi bo`yaladigan hujayralardir. Hujayralar tanasida uncha katta bo`lmagan noto`g`ri shaklda o`simtalar chiqadi (96-rasmga q.). Shu o`simtalar yordamida amyobasimon harakatlanishi mumkin. Amyobasimon harakatlanish davrida hujayraning shakli o`zgaradi, o`simtalar hujayra tanasiga tortilib o`ziga xos donali shar shaklini oladi. Mikrogliya halok bulayotgan neyron, nerv tolasi va bakteriyalarni fagotsitoz qilish qobiliyatiga ega. Mikrogliya hujayralari kelib chiqishi va faoliyati bo`yicha makrogliyadan tubdan farq qiladi. Hozirgi vaqtda mikrogliya hujayralari barcha makrofaglar kabi, mononuklear fagotsitlar sistemasiga kiritiladi. Ular, xuddi makrofaglar singari, homilada mezenximadan, so`ngra esa qondagi monotsitlardan rivojlanishi mumkin deb hisoblanadi. 104. Синапслар. Классификация, тузилиши. Синапсларда нерв импульсини ўтказиш механизми. Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling