Gistologiya javoblari
Download 154.37 Kb.
|
Gistologiya javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayraning hayot sikli, differentsiallanishi.
Hujayraning o`sishi. Har bir tirik mavjudot ma’lum o`lchamlarga ega. Bu o`lchamlarga organizm hujayralarining ko`payishn va o`sishi orqali erishiladi. Odam tanasining hamma hujayralari o`sish qobiliyatiga ega. Ammo bizning a’zolarimizdagi ko`pchilik hujayralar o`zining o`rtacha o`lchamlarini saqlab qoladi. A’zo aktivligining keskin oshishi yoki patologik jarayonlar natijasida hujayra o`lchamlari odatdagidan ko`ra kattalashishi - gipertrofiya kuzatiladi.
Hujayraning hayot sikli, differentsiallanishi. Yangi hosil bo`lgan hujayralar hayot siklini o`taydi. Hayot sikli hujayraning yangi hujayra hosil bo`lishida uning keyingi bo`linishiga qadar yoki o`ning o`lishigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Hujayra o`z hayoti davrida bo`linishi, o`sishi, differensiallanishga uchrashi kuzatiladi. Shuning uchun hujayraning hayot sikli jarayonlarini ikki gruppaga bo`lish mumkin (Bloch D., Qndman Q., 1955). Birinchi gruppaga hujayraning bo`linishi bilan bog`liq jarayonlar kirib, uni avtosintetik interfaza deyiladi (30-rasm). Ikkinchi gruppaga esa, hujayraning o`sishi, differensirovkasi ma’lum vazifani bajarishga ixtisoslanishi mansubdir (geterosintetik interfaza). Differensirovkaga uchragan hujayra ixtisoslangan hujayra bo`lib, u ma’lum vazifani bajarishga moslashgan. Ular ko`pincha bo`linish qobiliyatini yo`qotadi. Masalan, differensiallangan qon hujayralari - eritrotsitlar, nerv hujayralari va hokazo. Ba’zi hujayralar differensirovka holatida bo`linish qobiliyatiga ega bo`ladi (jigar hujayralari). Embrional takomillashish davrida epiteliy, biriktiruvchi to`qima, mushak va nerv hujayralari embrional varaqlardan rivojlansa, yetilgan davrida differensiallanishga a’zolarning turli qismlarida joylashgan kambial hujayralar uchraydi. Qon ishlab chiqaruvchi organlardagi kambial hujayralar «o`zak hujayralar» deb yuritiladi. 6. Ҳужайра ядросининг тузилиши Yadro (yunon. Karion lat. nucleus) termini 1833 yilda Broun tarafidan kiritilgan bo`lib, u o`simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan. Yadro hamma eukariot (yuqori o`simlik va hayvon) hujayralarida bo`ladi. Yadro faqat eritrotsitlarda (qizil qon hujayralarida) bo`lmaydi. Eritrotsitlar yuqori ixtisoslangan hujayra bo`lib, differentsirovka vaqtida o`z yadrosini yo`qotadi. Yadroning shakli hujayra shaklini qaytaradi, lekin noto`g`ri formada ham bo`lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon va ko`p qirrali hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon, duksimon hujayralarda yadro uzun ellipsoid, yassi hujayralarda esa duksimon bo`ladi. Noto`g`ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir leykotsitlarning yadrosi misol bo`ladi (taqasimon va parraksimon). Yadro hujayrada asosan bitta (bir yadroli hujayra) yoki ikkita (ikki yadroli hujayra) bo`ladi. Ko`p yadroli hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. Yadroning kattaligi turlicha bo`lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum hujayra) boradi. Yadro o`lchami sitoplazma o`lchamiga ko`pincha to`g`ri proportsional bo`ladi. Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro-sitoplazma nisbati deb ataladi. Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo`lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog`liq bo`ladi. Bez hujayralarida yadro hujayraning bazal qismida joylashib, apikal qismi sekret bilan banddir. Differentsiallashmagan hujayrada yadro geometrik markazda joylashadi. Yadro quyi-dagi asosiy struktur komponentlardan iborat (22, 23-rasmlar). 1. Yadro qobig`i. 2. Xromatin strukturalari (xromatin, xromosoma). 3. Bir yoki bir necha yadrocha. 4. Karioplazma (yadro shirasi). Yadroning asosiy komponent xromosomalar DNK dan iborat bo`lib, o`zida genetik informatsiyani saqlaydi. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida yana giston tipidagi oqsillar bo`lib, DNK bilan tuzlar tipidagi birikmalar hosil qiladi. Shuning bilan birga nogiston tipidagi oqsillar ham mav-jud. Yadroda bir qancha fermentlar - ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish fermentlari uchramaydi. Gistoximiyaviy va bioximiyaviy usullar orqali yadro oqsillar bilan lipoproteid va liponukleoproteidlar holida birikkan lipidlar topilgan. Ular yadro quruq og`irligining 10-20% ni tashkil qiladi. Yadroda kaltsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa elementlar ham topilgan. Y a d r o q o b i g` i (kariolemma). Yadro qobig`ining mavjudligi oddiy (yorug`lik) mikroskop ostida ko`rilgan edi. Elektron mikroskop yadro qobig`i murakkab tuzilishga egaligini ko`rsatdi. U ikki membranadan tashkil topgan bo`lib, har birining qalinligi 10 nm va aniq 3 qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig`i orasida 10-30 ba’zan 100 nm ga teng perinuklear bo`shliq bo`ladi (22, 23-rasmlarga q.) Yadroning tashqi qobig`i endoplazmatik to`r membranasiga o`tadi. Yadro qobig`ining har bir membranasi boshqa hujayra membranalari singari oqsil va lipiddan tashkil topgan. Yadro qobig`ining o`ziga xos xususiyati ko`p miqdorda yadro teshiklarining bo`lishidir. Teshiklarning diametri o`rtacha 80-90 nm. Teshiklar atrofida yadro qobig`i membranalari o`zaro birlashadi. Teshiklar murakkab tuzilishga ega bo`lgan globulyar va fibrillyar tuzilmalar bilan to`lgan. Yadro teshiklari bilan bu tuzilmalarni qo`shib y a d r o t e s h i k l a r i k o m p l e k s i deb yuritiladi. Bu kompleks oktogonal tuzilishga ega bo`ladi. Yadro teshigi devorini hosil qiluvchi yadro qobig`ida uch qator donachalar joylashadi. Har bir qatori 8 tadan donacha tutadi (24-rasm). Birinchi qator donachalar yadro shirasi tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida, uchinchi qator donachalar esa teshikning markazida yotadi. Donachalar kattaligi 25 nm ga teng. Bu donachalardan fibrillyar tortmalar chiqib teshik markazida joylashgan markaziy granulaga kelib birlashadi. Bir yadroda taxminan 12 000 teshik bor yoki 1 mm2 ga 45 ta teshik to`g`ri keladi. Teshiklar soni hujayraning funktsional aktivligiga bog`liq. Sitoplazma bilan yadro aloqasi oddiy emas. Hatto mayda ionlar K+, Na+, Ca++ yadro qobig`idan erkin o`tolmaydi. Na+, K+ ionlarining miqdori bo`yicha yadro hujayra oraliq moddasiga yaqin. Yadro qobig`ining endoplazmatik to`r membranalariga qadar davom etishi, yadro bilan sitoplazmaning o`zaro ionlar bilan almashinishiga imkon yaratadi. Endoplazmatik to`rning ba’zi bir bo`limlari plazmatik membrana bilan aloqa qiladi, degan dalillar ham bor. Shuning uchun bo`lsa kerak, ba’zi bir bo`yoq moddalari yadroga hujayrani bo`yamasdan o`ta oladi. Yadro qobig`ining o`tkazuvchanligi tufayli nasl informatsiyasining yadrodan sitoplazmaga yuqori polimer RNK orqali o`tishi to`g`risidagi zamonaviy bilimlar alohida ahamiyatga ega. Bir tomonidan, ionlarning mayda molekulalari uchun bu teshiklar o`tib bo`lmas chegara bo`lsa, ikkinchi tarafdan, katta molekula informatsion RNK yadrodan sitoplazmaga o`ta oladi. Sitoplazmadan yadroga sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan ta’minlashda kerak bo`lgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari o`tadi. Aminokislotalar, purin va pirimidin asoslar, ATF yadroga aktiv transport yo`li bilan o`tadi. Ba’zan yadrodan sitoplazmaga yadro moddasining ajralib o`tishi mumkin degan fikr bor. Uz navbatida yadro qobig`ida botiqlar paydo bo`lib, xuddi fagotsitoz kabi sitoplazma moddasini qamrab oladi. Yadro qobig`i endoplazmatik to`r hosil bo`lishida ishtirok etadi, degan fikr ham bor. Profazada yadro qobig`i fragmentatsiyaga uchrab, donador endoplazmatik to`r bilan birlashadi. Telofazada esa qobiqlar qaytadan endoplazmatik to`r elementlaridan hosil bo`ladi. Xromatin yoki xromatin to`ri interfazadagi yadroning ipsimon cho`zilgan xromosomalaridan iborat (22, 23-rasmlarga q.). Interfazada xromatin bo`yoqni yaxshi qabul qilmaydi, oddiy (yorug`lik), mikroskop ostida nozik ipcha shaklida ko`rinadi. Xromatinning asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir. Interfazadagi yadro DNK si asosan DNK uchun xos bo`lgan Fyolgen reaktivi bilan bo`yalganda yaxshi bilinadi 7. Мембранали ҳужайра органеллалари. Эндоплазматик тўр Download 154.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling