Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Mezbonni supramolekulyar tuzish (konstruirovanie)
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
2.10. Mezbonni supramolekulyar tuzish (konstruirovanie) Mehmonni aniq tanlab bogʻlaydigan mezbon komplementar kontsepsiyasida (mehmon va mezbonning sterik va elektron holatlarining mosligida) xelat va makrosiklik effektlar ham mezbonni oldindan tashkil qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Supramolekula hosil boʻlishida mezbonning tuzilishi ya‘ni dizaynining aniq boʻlishi muhimdir, ushbu yondoshuv yangi mezbonning xossalari haqida tezroq xulosa chiqarishga yordam beradi. Agar mehmon metall kationi boʻlsa, uning oʻlchami (ionning radiusi), zaryad zichligi va ―qattiqligi‖ ahamiyatga ega. (Masalan, oltingugurtdek ―yumshoq‖ donor atomlari kabi ionlarga oʻxshash ―yumshoq‖ mehmonlarni bogʻlash uchun qulay hisoblanadi). Anion kompleks hosil qilishda bu omillar (faktorlar) ham sferik anionlarga, maalan, xlorid, bromid va boshqalarga, ta‘sir qiladi, nosferik mehmonlar uchun ularning shakli va zaryadi, shuningdek vodorod bogʻlanishning donor xarakteristikalari boʻlgan omillar muhim ahamiyatga ega. Organik kation va anionlarga gidrofil va gidrofob sohalariga ega boʻlgan mezbon molekulalari zarur boʻladi, mehmon neytral molekulalariga esa mezbon bilan kuchli ta‘sirlashuvni amalga oshiradigan guruhlarning qutbliligi yetarli boʻlmasligi mumkin. Mezbonning oʻlchami, zaryadi, donor atomlarining xarakteri kabi parametrlar aniqlangandan keyin, ligandlarni bogʻlash (tikish) ijodiy jarayonni boshlash mumkin. Ushbu jarayonning asosiy kontsepsiyasi bu tashkil qilishdir. 51 Mezbon-mehmon ta‘sirlashuvlari bogʻlanish markazlari orqali oʻtadi. Bunday markazlarning turi va soni mehmonning bogʻlanish markazining xususiyatini (mehmon ta‘rifga koʻra, bogʻlanish markazlariga ega boʻlgan sherik (partnyor) maksimal toʻldirishi lozim (komplementar boʻlishi), va bogʻlanish markazlari mehmon oʻlchamiga toʻgʻri keladigan mezbonning organik karkasida mos ravishda joylasha olishi kerak. Bogʻlanish markazlari bir – biridan oʻzaro itarilishi minimal boʻlgan holdagi masofada boʻlib, bir vaqtning oʻzida mehmon bilan ta‘sirlashish imkoniyatga ega boʻlishi kerak. Ma‘qul boʻlgan ta‘sirlashuvlar soni qancha koʻp boʻlsa, shuncha yaxshi. Odatda stabil komplekslar mezbonni oldindan tashkil etilgani holda ya‘ni bogʻlanish vaqtida kompleks hosil boʻlish erkin energiyasini kamaytiradigan entropiya va entalpiya oʻzgarishlar sodir boʻlmasligi kerak. Bogʻlanish butunlay qaytmas boʻlganda, bunday mezbonlar oʻz mehmonlari uchun ideal ―tarnov‖ (stok) vazifasini bajaradilar. Masalan, bunday kompleks hosil boʻlish jarayoni oqava suvlardan begona ionlarni ajratib olish (suvni tozalash) maqsadida qoʻllanilishi maqsadga muvofiq boʻladi. Oʻz mehmonini kuchsizroq bogʻlaydigan (bogʻlangan va bogʻlanmagan zarrachalar oʻrtasida qandaydir muvozanat mavjud) mezbonlardan sensor va tashuvchilar sifatida foydalanish mumkin boʻladi, bunda ―bogʻlanish-topilish-ajratib olish‖ yoki ―bogʻlanish- transport-ajratib olish‖ kabi jarayonlar ketma-ketligi amalga oshiriladi. Mezbon (ligand) organik karkasning tabiati lipofil yoki gidrofilligiga qaramasdan mehmon molekulasining oʻzini tutishida katta rol oʻynaydi. Bu mezbon va uning komplekslarining eruvchanligini belgilab beradi. Ligand hajmi va bogʻlanish boʻshligʻiga yoki yorigʻiga oson kirishi hosil boʻlgan kompleksning ham termodinamik stabilligiga, ham bogʻlanish kinetikasiga ta‘sir qiladi. Yonaki guruhlar (masalan, uzun alkil zanjirlar) kiritilishi mezbonning lipofilligini kuchaytirish yoki tashqi kompleks, masalan, polimer substrati yoki biomolekula bilan ta‘sirlashuvini stimullashtirish mumkin. Bunday mezbonlar tibbiyotda radiatsion diagnostika maqsadida odam tanasining ma‘lum joylariga radioizotoplarning yoʻnaltirilgan transporti uchun yoki sun‘iy ―ferment imitatorlarini‖ ishlab chiqishda qoʻllaniladi. 52 Yuqorida koʻrib chiqilgan prinsip va yondoshuvlarning umumlashtirilishi fanning yangi sohasini yaratilishiga olib keldi. Umumlashgan koordinatsion kimyo deb nomlangan bu soha ham supramolekulyar, ham klassik (Verner) noorganik koordinatsion kimyoni qamrab olgan. Shuni tan olish kerakki, bugungi kunda supramolekulyar kimyo ulardan biri hisoblanadi tadqiqotning eng tez rivojlanayotgan sohalari. Uning fanlararo aloqasi tabiat fiziklar, mutaxassislar oʻrtasida keng qamrovli hamkorlikka olib keldi kompyuter modellashtirish, kristallograflar, noorganik kimyogarlar va qattiq holatdagi kimyogarlar, sintetik organiklar, biokimyogarlar va biologlar. Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling