Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB. SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALARNING HAYOTIY MANBALARI 3.1.Tirik organizmlar supramolekulyar kimyosi
Nazorat savollari:
1. Ion-ion oʻzaro ta‘sirlashuv turini izohlang. 2. Ion-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvning energiyasi qanchaga teng? molekulasining ion kristall panjarasining hosil boʻlishi qanday oʻzaro ta‘sir natijasidir? 4. Dipol-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlarga misolllar keltiring. 5. Vodorod bogʻlanishning mexanizmini tushuntiring. 6. Kation-π oʻzaro ta‘sirlashuvlarning energiyasi qanchaga teng? 7. π-π-Steking oʻzaro ta‘sirlashuvlarga misollar keltiring. 8. Van-der-Vaals kuchlari qachon kim tomonidan kashf etilgan va bu qanday hisoblanadi? 9. Gidrofob effektlarning sababini asoslab bering. 10. Ishqoriy metall ionlari bilan oddiy kraun efirlar orasida qanday oʻzaro ta‘sirlashuv mavjud? 53 III BOB. SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALARNING HAYOTIY MANBALARI 3.1.Tirik organizmlar supramolekulyar kimyosi Supramolekulyar kimyoning hayotiy manbalari bu tirik organizmlar kimyosidir. Tabiat ba‘zan nihoyatda murakkab, ba‘zan juda oddiy boʻlib, bu esa tirik sistemalarga atrof muhitda yuqori aniqlik va tanlovchanlik asosida oʻzini saqlash, ovqatlanish, nafas olish, koʻpayish va tashqi ta‘sirlarga javob berish imkoniyatlarini beradi. Biologik kimyoda supramolekulyar mezbonlar – bu fermentlar, ionlar, immun sitema antitanachalari va ionoforlarning retseptor qismi, mehmonlar esa substratlar, ingibitorlar, kofaktor asosidagi tibbiyot preparatlari yoki antigenlar. Bu komponentlarning barchasi ma‘lum bir supramolekulyar xususiyatlar, jumladan, tanib olish qobiliyati, oʻz-oʻzini yigʻish, oʻz-oʻzini tashkil qilish, shuningdek, kinetik va termodinamik komplementarlik kabi xossalarni namoyon qiladi. Ushbu xossalarning koʻpchiligini supramolekulyar ta‘sirlashuvlar ta‘minlaydi, ular koordinatsion (ion-dipol) bogʻlar, vodorod bogʻlari va π-π-steking ta‘sirlashuvlar natijasidir. Shuning uchun ham biologik sistemalar - mukammal supramolekulyar sistemalardir. Supramolekulyar kimyo sohasidagi asosiy kuch quyidagi biologik jarayonlarni modellash yoki oʻxshatib yasash urinishlarga berildi: fermentlar orqali organik reaksiyalar katalizi, metall kationlari yoki molekulyar substratlarining tanlovchan transporti, masalan O 2 ushbu jarayonlarning bir qismi boʻlgan biologik sistemalar haqida tushunchamiz ancha oshganiga qaramasdan, hali odamlar urinishlari bilan yaratilgan molekulyar va supramolekulyar obyektlari oʻzining biokimyoviy analoglaridan masshtab, hajmi va funksionalligi bilan ancha orqada qolgan. Biroq, tabiatda shunday boy, samarali supramolekulyar kimyo mavjud boʻlib, undan ham murakkab abiotik (nobiologik) analoglar izlanishini davom ettirishga katta stimul beradi. Oʻzgarish qobiliyatiga yoki tabiatda hali topilmagan xossalarga ega sintetik sistemalar rivojlanishi uchun asos soladi. Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling