Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
-rasm. Kation- π oʻzaro ta‘sirlashuv sxemasi. Oʻng tomonda benzolning kvadrupol momenti
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
11-rasm. Kation- π oʻzaro ta‘sirlashuv sxemasi. Oʻng tomonda benzolning
kvadrupol momenti. 2.6. π-π-Steking oʻzaro ta’sirlashuvlar π-π-Steking oʻzaro ta‘sirlashuvlarning energiyasi 0-50 kDj/molni tashkil etadi. Aromatik xalqalarning biri elektron bulutiga boy, ikkinchisida esa elektron tanqisligi boʻlgan vaqtda ularning orasida ushbu kuchsiz elektrostatik oʻzaro ta‘sirlashuv yuzaga kelishi mumkin. π-π-steking ta‘sirlashuvning garchi koʻp sonli boshqa variantlari boʻlsa ham, ularning eng asosiy ikkita turi mavjud: ―tekislik tekislikka‖ va ―yon tomoni tekislikka‖ ta‘sirlashuvlardir (12-rasm). ―Tekislik tekislikka‖ turdagi π –taxlanishdagi oʻzaro ta‘sirlashuvlar grafitning ―silliqligiga‖ va uning yogʻlanish xossalariga javob beradi. Nukleoasoslarning aril halqalar orasida xuddi shunday π-π –steking oʻzaro ta‘sirlashuvlar DNK qoʻsh spiralining barqaror boʻlishiga yordam beradi. 12-rasm. π-π-Steking oʻzaro ta‘sirlashuvlarning asosiy turlari ―Yon tomoni tekislikka‖ oʻzaro ta‘sirlashuvlarga bir aromatik xalqaning elektron tanqis vodorod atomlari va boshqa xalqaning elektronga boy boʻlgan π- buluti orasidagi kuchsiz vodorord bogʻlanish deb qarash mumkin. Ushbu turdagi oʻzaro ta‘sirlashuvlar kichik aromatik uglevodorodlar qatori (benzol ham kiradi) kristallik strukturada ―archa‖ kabi taxlanishni ta‘minlaydi (13-rasm). 46 13-rasm. Oʻzaro ta‘sirlashadigan π-kvadrupollar π-π –Steking oʻzaro ta‘sirlashuvlarda kuzatiladigan turli xil yoʻnalishlarni va ta‘sirlashuv energiyasi miqdorini oldindan bashorat qilish uchun Kembridj va Sheffild (Buyuk Britaniya) universitetlaridan Dj. Sanders (J.Sanders) va K.Xanter (C.Hunter) elektrostatik va Van-der-Vaals kuchlar orasidagi raqobatini inobatga olgan holda steking oddiy modelini taklif qilishdi. Ularning modeli ikkita π- sistemaning sirt maydoni Van-der-Vaals tortish kuchlarining oʻzaro ta‘sirlashuviga proporsionalligiga asoslangan. Ushbu oʻzaro tortilish ta‘sirlashuv π-π- ta‘sirlashuvlarning umumiy energiyasida ustunlik qiladi va bir molekula π- elektronlarining manfiy zaryadlangan bulut va qoʻshni molekulaning manfiy zaryadlangan σ-tuzilishi orasidagi bir-biriga tortishish deb qarash mumkin. Ikkita oʻzaro ta‘sirlashadigan molekulalarning bir-biriga nisbatan yoʻnaltirilishi ikki manfiy zaryadlangan π-sistemalarning elektrostatik itarilishi bilan belgilanadi. Sanders va Xanter butun molekula emas, balki atomlar jufti oʻzaro ta‘sirlashuvlarni muhimligini ta‘kidladilar, garchi ularning yondoshuvi muvaffaqiyatli boʻlsa ham, ushbu π-π- steking oʻzaro ta‘sirlashuvning tabiati hali yetarli darajada oxirigacha oʻrganilgan emas. Xususan, Pittsburg universitetidan (AQSH) K.Vilkoks oʻrindoshlar effektiga tegishli oʻz ishida elektrostatik oʻzaro ta‘sirlashuvlariga qaraganda London dispersion kuchlari kattaroq ahamiyatga ega deb ta‘kidlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling