Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари


 Ion-ion oʻzaro ta’sirlashuvlar


Download 4.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana17.10.2023
Hajmi4.66 Mb.
#1706774
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)

 
2.2. Ion-ion oʻzaro ta’sirlashuvlar 
Ion-ion oʻzaro ta‘sirlashuvlarni tushunish uchun ion bogʻlanishning 
energiyasini kovalent bogʻlanish kuchi (bogʻlanish energiyasi 100-350 kDj/mol) 
bilan taqqoslash mumkin. Masalan, natriy xloridi – tipik ionli kristall panjaraga 
ega boʻlgan qattiq modda boʻlib, har bir natriy kationi oltita xlor anioni bilan 
oʻralgan kub panjaraga ega (7-rasm). Natriy xlorid molekulasini supramolekulyar 
birikma deb tasavvur qilish juda qiyin, lekin bu oddiy ion panjara misolida natriy 
kationi qanday qilib oltita komplementar donor xususiyatga ega boʻlgan xlor 
atomlarini atrofiga yigʻib olib, nokovalent ion-ion oʻzaro ta‘sirlashuvlarni 


38 
maksimal darajada hosil qilishini koʻrsatadi. Shuni qayd etish kerakki, eritmada 
ushbu panjara strukturasi solvatlanish effekti tufayli labil oktaedrik ion
hosil boʻlgani uchun parchalanib ketadi.
7-rasm. 
molekulasining ion panjarasi. 
Supramolekulyar ion-ion oʻzaro ta‘sirga yana bir yaqqolroq misol sifatida (3+) 
zaryadga ega boʻlgan tris- (metilen-1,3,5-diazabitsiklooktan) -2,4,6- 
trimetilbenzol – mezbonning Fe(CN)
6
3- 
anioni bilan hosil qilgan kompleksini 
koʻrish mumkin (4-rasm). 
4-rasm. Organik kationning Fe(CN)
6
3- 
anioni bilan hosil qilgan kompleksidagi 
supramolekulyar ion-ion oʻzaro ta‘sirlar.
 


39 
2.3. Ion-dipol oʻzaro ta’sirlashuvlar  
Ion-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlar energiyasi 50-200 kDj/molni tashkil etuvchi 
+
ionining suvning qutbli molekulasi bilan bogʻlanishi (a) misolida koʻrish 
mumkin. Bunday bogʻlanish ham qattiq, ham eritma holatlarda kuzatiladi. 
Supramolekulyar oʻxshashlik ishqoriy metall kationlari makrotsiklik (katta halqali) 
oddiy – kraun efirlar bilan hosil qilgan kompleks (b) strukturalarida ham koʻrish 
mumkin. Bunda efirning kislorod atomlari suvning qutbli molekulalariga oʻxshash 
rolni bajaradi, ya‘ni kislorodning taqsimlanmagan elektron juftlari kationning 
musbat zaryadiga tortiladi. 
Tuzlarning metall kationlari bilan gidrat qobiqchalarning hosil boʻlishini 
quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 
Ion-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlari asosan elektrostatik tabiatli qutblanmagan 
kationlar va kuchli asoslarning ta‘sirlashuvi orqali hosil boʻlgan koordinatsion 
bogʻlarni oʻz ichiga oladi. Asosan kovalentli boʻlgan, 
Tris- (bipiridin) ruteniy (II)- xlorid
ining
[Ru(bipy)
3
]
2Q
kristallaridagi


40 
masalan koordinatsion (dativ) bogʻlar supramolekulyar ansambllarda (v) koʻp 
ishlatiladi va quyida koʻrsatilgandek, supramolekulyar hamda molekulyar 
zarrachalar orasidagi farqni aniqlashda yordam beradi.  
Dipol-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlar energiyasi 5-50 kDj/mol oraligʻidagi 
ta‘sirlar boʻlib, bir dipolning boshqasiga nisbatan oʻzaro yoʻnalishi qoʻshni 
molekulalarning ikkala qutbining mos ravishdagi ta‘siriga olib kelishi mumkin (I) 
yoki bir dipolning ikkinchi dipol (II) bilan oʻzaro tortishish ta‘sirlashuvlariga olib 
kelishini tasavvur qilishga imkon beradi (8-rasm). Bunday xususiyat qattiq 
holatdagi organik karbonil birikmalarga xos va hisoblar boʻyicha 2 turdagi oʻzaro 
ta‘sirlashuv energiyasi taxminan 20 kDj/molga teng boʻlib, u kuchli vodorod bogʻ 
energiyasiga toʻgʻri keladi. Biroq, ketonlarning qaynash harorati, masalan, 
atsetonniki 56 
0
S ga teng boʻlib, eritmada bunday holatda nisbatan kuchsiz dipol-
dipol oʻzaro ta‘sirlashuv vujudga kelganligidan dalolat beradi.
8-rasm. Karbonil birikmalaridagi dipol -dipol oʻzaro ta‘sir turlari. 

Download 4.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling