36
6. Panjarasimon tuzilishli birikmalarni tushuntiring.
7. Klatrat birikmalarga izoh bering.
8. Molekulyar ―kiritish birikmalari‖ga izoh bering.
9. Mochevinaning klatrat birikmalarining mavjudligi sabablari.
10. Xelatlarning hosil boʻlish shartlari qanday?
11. Makrotsiklik effektlarni qanday izohlash mumkin?
12. Neytral xelatlarga misollar keltiring.
13. Kraxmalning yod ta‘sirida hosil boʻlgan birikmasi qanday birikma?
14.Sferand va kavitandlarning strukturasi klatrat birikmalardan
qanday farq
qiladi?
37
II-BOB. SUPRAMOLEKULYAR OʻZARO TA’SIRLASHUVLAR TABIATI
2.1. Supramolekulyar nokovalent bogʻlar ta’sirlashuv turlari
Supramolekulyar kimyo nokovalent bogʻlangan ta‘sirlashuvlarni oʻrganadi.
―Nokovalent‖ atamasi bu kovalent boʻlmagan ta‘sir turlari boʻlib, turli xil tortish
va itarish kuchlarini oʻz ichiga olgan ta‘sir turlari tushuniladi. Eng muhim ta‘sir
kuchlari quyidalardan iborat:
1. Ion-ion oʻzaro ta‘sirlashuvlar (100-350 kDj/mol);
2. Ion-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlar (50-200 kDj/mol);
3. Dipol-dipol oʻzaro ta‘sirlashuvlar (5-50 kDj/mol);
4. Vodorod bogʻlanish (4-120 kDj/mol);
5. Kation-π oʻzaro ta‘sirlashuvlar (5-80 kDj/mol);
6. π-π-Steking oʻzaro ta‘sirlashuvlar (0-50 kDj/mol);
7. Van-der-Vaals kuchlari ( < 5 kDj/mol; oʻzgaruvchan);
8.
Qattiq holatda zich joylashish;
9. Gidrofob effektlar va oʻzaro ta‘sirlashuvlar shular jumlasidandir.
Supramolekulyar tizimini analiz qilganda ―mezbon‖ va ―mehmon‖ molekulaga
va ularni oʻrab olgan muhitiga (masalan,
solvatlanish,
kristall panjara,
gaz fazasi
va boshq.) tegishli ushbu ta‘sirlashuv hamda effektlarning oʻzaro ―oʻyinini‖
inobatga olish juda muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: