Глицирризин кислотаси, структураси, ҳисобланган структуралари
Membranalarning asosiy turlari
Download 4.66 Mb. Pdf ko'rish
|
c portal guldu uz SUPRAMOLEKULYAR BIRIKMALAR KIMYOSIGA KIRISH (2)
5.2. Membranalarning asosiy turlari
Tirik hujayraning tashkil qilishi va funksiyasida membranalar asosiy oʻrinni egallaydi. Biologik membranalar hujayrani tashqi muhitdan ajratadigan (plazmatik membranalar) va alohida qismlarga boʻladigan toʻrlardan iborat. Plazmatik membranalar nafaqat qobiq vazifani, balki ular molekula va ionlarning hujayraga kirib kelish va undan chiqishini tartibga soluvchi vosita vazifasini bajaradi. Plazmatik membranalar oʻta elastik boʻlgani uchun hayvon membranalari oʻz shaklini tez oʻzgartira oladilar. Oʻsimlik va bakteriya membranalarining plazmatik qobiqlari qattiq holdagi hujayra devorlari bilan oʻralganligi bois oʻz shaklini oʻzgartirishi qiyin boʻladi. Hujayra membranalari hayvon, oʻsimlik, zamburugʻlar va oddiy hujayralarda boʻlib, unda genetik material – xromatin saqlanadi. Uni himoya qilish uchun yadro qobiq bilan oʻralgan. Bu qobiq ikkita membranadan tuzilgan boʻlib, tashqaridan (plazmadan) yadroga turli moddalarni oʻtkazmaydigan kanallarga ega. Mitoxondriyalar – hujayra organellaridan biri boʻlib qoʻsh qavatli membrana bilan oʻralgan. Uning ichida ATF sintez boʻlib, u oʻz navbatida energiya zahirasi vazifasini bajaradi. Ular ozuqa energiyasini turli xil energiyaga aylantirib beradi. Bitta hujayrada ipsimon yoki granula koʻrinishidagi bir necha ming mitoxondriyalar uchraydi. Lizosomalar subhujayra zarrachalardan iborat boʻlib, membrana bilan oʻralgan. Oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa moddalarni tutgan liposomal fermentlar nafaqat oʻziga yot boʻlgan moddalarni, balki eski hujayra qoldiqlarini parchalab, tozalash qobiliyatiga ega. 96 Endoplazmatik toʻrlar – hujayra ichki komponentlaridan biri hisoblanadi. Ular chuqur qatlamlar, pufakcha va kanallarga ega boʻlib, plazmatik membranaga yopishib turadi. Endoplazmatik membranalar Goldji apparati deb ataluvchi pufakchalar va sisternalardan iborat boʻlib, sintez qilingan yangi oqsillarni joylashtiradi va tashqariga chiqarib yuboradi. Bundan tashqari Goldji apparatida oqsillarga uglevodlar biriktirilib, glikoproteidlar sintez jarayoni ham kechadi. Mikroorganizmlar oʻz hujayralarini himoyalash uchun bakterial devorlar deb nom olgan membranalar bilan oʻralgan. Grammusbat bakteriyalar uchun membrana bir qavatli, grammanfiylari uchun esa membrana qoʻsh qavatdan iborat boʻladi. Bunday devorlar ichki qatlami aminokislota va qandlardan iborat polimerdan (peptidogliqandlar), tashqisi esa qand va lipidlardan (lipopoliqandlar) tashkil etgan. Qoʻshimcha devorlar zamburugʻ, suv oʻsimliklari va oliy oʻsimliklarining hujayra devorlarini plazmatik membrana parmalashga olib keluvchi bukilishdan himoya qiladi. Download 4.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling