Global iqtisodiyot


Download 298.78 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi298.78 Kb.
#1056824
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Global muammolarning mohiyati

Tashqi omil — ilgari mustamlaka yoki qaram bo'lgan xalqlarning o‘tmishi bilan bog'liqdir. 0 ‘tmishda ularning xo'jalik hayoti zo'rlik bilan o‘zgartirilgan, ko‘pincha turg'un holda bo'lgan qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Milliy mustaqillik qoMga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda metropoliyalar yirik markazlarining iqtisodiy ta’siri saqlab qolindi. Ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xo‘jalik taraqqiyoti yo‘nalishi ustuvor darajada sobiq metropoliya bilan mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi. Natijada, xalqaro monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xo‘jayinlik qilishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan olinayotgan foyda zayom va qarzlarni foizli qaytarish hamda keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol bahodan foydalanish tufayli,ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital mablag‘ lardan bir necha marta ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, Yer yuzida eng kam rivojlangan mintaqa bo'lgan Afrikada (Janubiy Afrika Respublikasini qo'shmaganda) o‘lim, umrning qisqaligi, savod- sizlik, qashshoqlik dunyo bo‘yicha birinchi o.£rindaligiga qaramay, bu yerdan faqatgina AQSH olgan daromad 1950-yildan 1975- yilgacha 5436 mln dollar bo‘ldi (foyda 200 % dan ortiq). Keyingi 15 yilda ham bu ko‘rsatkich saqlab qolindi. Aksariyat rivojlangan davlatlar „uchinchi dunyo “ mamlakatlariga xomashyo manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish uchun qulay soha sifatida qaraydilar. Pirovardida, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Ichki omil — sobiq mustamlaka mamlakatlari iqtisodiyotining ko‘p ukladliligi, uning ichida belgilovchi mavqeyi — mayda tovar islilab chiqarishga asoslanganligidadir. Ma’lumki, bu uklad ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qilsa ham raqobatga bardoshi nuqtayi nazaridan nochor hisoblanadi. Iqtisodiyotning ko‘p ukladliligidan jiddiy ijtimoiy oqibatlar kelib chiqadi. Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda shunday ijtimoiyTmadaniy muhit mavjudki, unda turli-tuman ijtimoiy kuchlar, guruhlar, qatlamlar va hokazolar o‘zaro juda murakkab munosabatda bo‘lib, ularni boshqarish qiyin. Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘z ilgarilama harakatida keyinda qolishning ijtimoiy sabablaridan yana biri — bu sobiq metropoliyada tayyorlangan mutaxassislarning o‘z mamlakatlaridan ketishidir. Buning sababi muayyan darajada ishsizlik bilan bogliq bo‘lsa-da, lekin, asosan, metropoliya madaniyati va hokazolar tufaylidir. Yuksak rivojlangan mamlakatlar sobiq mustamlakalardan kelayotgan mutaxassislar, hisobiga salmoqli foyda olmoqda. Masalan, AQSH da bulardan foydalanish natijasida yangidan mutaxassislar tayyorlashda ancha mablag1 tejalmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar ijtimoiy qoloqligining kolami keng, uning omillari shunday tabiatga egaki, bu qoloqlik hech qachon o‘z-o‘zidan bartaraf etilmaydi, aksincha, chuqurlashib borish mayliga ega. Aholining ko‘pchilik qismi qashshoqligi ortib borayotganligi ijtimoiy ofatga aylanib qolmoqda. Mamlakat miqyosidagi iqtisodiy qiyinchiliklar u yoki bu tarzdagi umumdavlat dasturini amalga oshirish imkonini bermayotir. Bunday katta xavfning mavjudligi taraqqiyparvar; kuchlarni o'ylantirib qo‘ymasligi mumkin emas. Ularning tashabbusi bilan rivojlanayotgan mamlakatlarning muammolari BMT darajasida bir necha marta muhokama obyekti bo‘ldi. Bu muammolar hozir ham bu tashkilot diqqat markazidadir. ,
3.Hozirgi vaqtda insoniyat ma’naviyati sofligini saqlab, uni ma’naviy tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga aylanib bormoqda. Gap shundaki, zo'ravonlik va nafrat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib, ma’naviy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni to‘xtatib qolish va keskin kamaytirishga erishish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch-g‘ayratlarini birlashtirishni taqozo etmoqda. Aibatta,
Download 298.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling