Global iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlar. Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti konsepsiyasi. Reja
Download 34.26 Kb.
|
4-mavzu Sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyoti
Gibrid mafkuralar. "Sof" mafkuraviy tizimning to'liq va izchil amaliy faoliyati juda kam uchraydi. Ko'pincha mafkura iqtisodiy siyosat uchun retseptlar to'plamini ta'minlovchi dasturlar namoyon bo'ladi. Har qanday haqiqiy (va real) siyosiy tamoyil deyarli har doim qorishma mafkuralarga asoslanadi. Siyosatchilar mafkuraviy tamoyillar sofligidan emas, balki jamoaviy harakatni safarbar qilish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shunchaki, siyosiy yoki iqtisodiy dastur turli maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu aholining eng keng qatlamlari nazarida jozibador bo'lishi, ularni o'z tomoniga jalb qilishi kerak. Shu sababli, sof "liberal" yoki "demokratik", "sotsialistik" yoki "konservativ" iqtisodiy dasturlar bo'lishi mumkin emas.
Rivojlangan G'arb jamiyatlari uchun eng muvaffaqiyatlisi liberalizm va yangilangan konservatizm qorishmasi bo'lib, uni oziqlantiruvchisi "muxolifat" mafkuralari sifatida sotsialistik va demokratik elementlar bilan to'ldirilgan edi. Konservativ-liberal (yoki liberal-konservativ) bir tomondan, kuchli davlatchilik va qonun-tartibotni, ikkinchi tomondan, iqtisodiy faoliyat erkinligini qo'llab-quvvatlaydigan dastur juda yaxshi muvozanatli bo'lib chiqdi. Liberalizm bu ittifoqqa dinamik ruh olib keladi, konservatizm esa bu ruhni radikal moyilliklardan saqlaydi. Muxolifatdagi sotsial-demokratiya esa kuchsizlarni himoya qilish, bo'lish haqida qayg'uradi Jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim, tor ma’noda iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizim, deb ta ’rif berish m um kin. Amaliyotda keng m a’nodagi ta’rif ko‘proq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir. «Jahon iqtisodiyoti» tushunchasidan «xalqaro iqtisodiyot» tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot, deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy m unosabatlar nazariyasi tushuniladi. Jahon iqtisodiyoti — bu xalqaro iqtisodiy munosab atlar tizimi orqali o‘zaro aloqada bo‘lgan m illiy iqtisodiyotlar y ig‘inisidir. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosini xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Download 34.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling