Global iqtisodiyot va ijtimoiy jarayonlar. Iqtisodiy o’sish va inson taraqqiyoti konsepsiyasi. Reja
Dunyo mamlakatlarining inson taraqqiyoti darajasi bo‘yicha guruhlanishi
Download 34.26 Kb.
|
4-mavzu Sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotining shakllanishi.
Dunyo mamlakatlarining inson taraqqiyoti darajasi bo‘yicha guruhlanishi. BMT Taraqqiyot Dasturi har yili Inson taraqqiyoti to ‘g‘risida ma’ruza nashr etadi va unda dunyo ma lakatlari YuNESKOning Statistika instituti tomonidan maxsus ishlab chiqilgan Inson taraqqiyoti indeksi asosida guruhlarga ajratiladi. Ushbu tasnifga muvofiq mamlakatlar inson salohiyatining rivojlanish darajasiga ko‘ra yuqori, o‘rta va past ko‘rsatkichga ega mamlakatlarga bo'lingan. 2010-yildan boshlab esa mamlakatlar inson salohiyatining rivojlanish darajasiga ko‘ra juda yuqori (49 ta mamlakat), yuqori (53 ta mamlakat), o‘rta (42 ta mamlakat) va past (33 ta mamlakat) ko‘rsatkichga ega mamlakatlarga bo‘linadi.
XXI asrda jahon iqtisodiyotida rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeyining ortib borishi sog‘liqni saqlash, ta’lim , transport, aloqa sohalaridagi taraqqiyot va fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faolligi bilan kuzatilmoqda. Inson salohiyatining rivojlanishi sohasidagi ijobiy natijalar buning isbotidir. Tahlillar ko'rsatishicha, 1980—2012-yillarda inson taraqqiyoti indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichi dunyo bo‘yicha 0,561 dan 0,702 gacha ortgan. Jumladan, qashshoqlikda yashayotgan kishilar ulushi 1981-2008-yillarda 52,2%dan 22,4%ga qadar qisqardi. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotining shakllanishi. Rivojlangan mamlakatlarda «yangi iqtisodiyotning» shakllanishi XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Ushbu hodisaning asosi global bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Biroq, bunday iqtisodiy hodisaning eng muhim jihatini axborot texnologiyalari ifodalaydi. Yangi iqtisodiyot bu — inson kapitalining moddiy-ashyoviy resurslar — yer va kapitalga nisbatan katta ulushga ega boiganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuyidir. Yangi iqtisodiyot quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi: - ta’lim; - axborot-kommunikatsiya bozorlari; - innovatsiyalam iishlab chiqish; - yuqori texnologiyalar; - intellektual xizmatlar. Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiboiga olgan holda «axborotlashgan iqtisodiyot», «bilimlar iqtisodiyoti» yoki «intensiv iqtisodiyot», deb ham ataladi. Yangi iqtisodiyot insoniyat tarixidagi iqtisodiy inqiloblarning (birinchisi — agrar, ikkinchisi — sanoat) uchinchisi — axborot inqilobidan keyin vujudga kelgan. Mutaxassislar ushbu inqilobning rivojlangan mamlakatlarda boshlanish sababini investitsiyalaming umumiy hajmida inson kapitaliga sarflangan investitsiyalar ulushining ortib borishi bilan bog‘laydilar. Ushbu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 1950-2000-yillarda 47-48 %dan 70 %gacha o‘sgan. Rivojlangan mamlakatlarda XX asr boshida moddiy-ashyoviy kapital inson kapitaliga sarflangan investitsiyalardan qiymati bo‘yicha ikki barobar oshgan bo‘lsa, XXI asr boshida bu kapital inson kapitalidan o‘rtacha 1,5 barobarga kamaydi. AQShda ushbu ko'rsatkich 2,4—2,6 barobarga kamaygan. Inson kapitali iqtisodiyot tarkibida tub o‘zgarishlar va yangi sohalarning rivojlanishiga yordam beradi. Rivojlangan mamlakatlar jahon texnologik rivojlanishidagi yetakchi mavqeyini faol innovatsion faoliyat olib borish orqali ta’minlaydi. Ushbu maqsadga erishish uchun rivojlangan mamlakatlar ITTKIga katta miqdorda mablag‘ sarflaydilar. Misol uchun 2010-yilda birgina AQSh ITTKIni rivojlantirish uchun 395,8 mlrd dollar hajmida mablag‘ sarflagan bo’lsa 2020 yili 580.3 mlrd sarflagan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, faol innovatsion faoliyat davlatning fan-texnika taraqqiyoti sohasidagi yetakchi roli orqali belgilanadi. Davlat ushbu sohadagi milliy ustuvorliklami aniqlaydi, innovatsion rivojlanishga moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirish tizimi orqali faol ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari davlat tomonidan innovatsion faoliyatda tadbirkorlik sektorining qatnashis'nini rag‘batlantirib borishi natijasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmlarga sarflanayotgan ichki xarajatlarning katta qismi biznes tomonidan ta ’m inlanmoqda. Misol uchun ushbu ko‘rsatkich Yelda 56%ga, AQShda 63%ga, Yaponiyada esa 74%ga teng. IHTT mamlakatlarida korporatsiyalarning umum milliy tadqiqotlar va ishlanmalarga sarflanayotgan xarajatlar tarkibidagi ulushi o‘rtacha 70%ga yaqinlashmoqda. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga olib kelganda, barqaror va inklyuziv bo‘lsa, uning atrof-muhitga ta’siri minimallashtiriladi va Soljenitsinning so‘zlariga ko‘ra, u "halokatli" emas. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy o‘sish o‘z-o‘zidan yakuniy maqsad emas, balki barqaror rivojlanishga erishish vositasi hisoblanadi. Garvard universiteti professori D. Rodrikning qayd etishicha, tovar eksporti narxining pastligi, kapital tushishi, remitentlarning kamayishi va rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi sharoitida savdoning yomonlashishi ijtimoiy himoyani yanada murakkablashtirdi. Rodrikning fikricha, shu sababli iqtisodiy o‘sishda inklyuzivlik va tengligini ta’minlash birinchi o‘ringa chiqishi kerak. Yana bir Garvard professori M. Endryu ham inklyuzivlik iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari ham inklyuziv o‘sishni ta’minlashga qaratilgan. 2018 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan tayyorlangan "Inklyuziv iqtisodiy o‘sish siyosati asoslari"da globallashuv, raqamlashtirish, demografiya va iqlim o‘zgarishi iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochsada, ular tengsizlik xavfini oshiradi, deb aytadi. AQShning sobiq Prezidenti Ronald Reygan "o‘sish uchun katta cheklovlar yo‘q, chunki inson aqli, tasavvur va mo‘’jizalarining chegarasi yo‘q", deb hisoblaydi. Agar bunday bo‘lmaganida, bizning davrimizning boshida jahon iqtisodiyoti 183 milliard dollarni tashkil etgan va bugungi kunda 100 trillion dollardan oshganini hisobga olsak, iqtisodiy o‘sish asosiy masala bo‘lib qolmaydi. Tasavvur qiling, 1820 yilda aholi jon boshiga jahon YaIM 1 102 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 15 barobar yuqori-15 212 AQSh dollariga yetgan. So‘nggi 50 yil ichida iqtisodiy o‘sish eng yuqori sur’atlarda namoyon bo‘ldi. Mintaqalar va mamlakatlar bo‘yicha iqtisodiy o‘sishning keskin farqlari ko‘zga tashlandi. XX asrning ikkinchi yarmida jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi iqtisodiy o‘sishning uch modelini ajratish imkonini beradi: * Barqaror iqtisodiy o‘sish; * Quvib boruvchi iqtisodiy o‘sish; * Yorib o‘tuvchi iqtisodiy o‘sish. Birinchi model AQSh, G‘arbiy yevropa mamlakatlari kabi yuqori darajada iqtisodiy o‘sishga erishgan davlatlarga xosdir. Bu davlatlarda milliy daromadning yillik o‘rtacha o‘sish sur'ati 2-3%. Qo‘shimcha mahsulotning ko‘pgina qismi ilm-fan rivojlanishiga, sotsial sohaga va mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga yo‘naltiriladi. Bu bilan mos xarajatlar hajmini oshirmasdan iqtisodiy o‘sishning intensiv sur'atiga imkon yaratilib, milliy daromad oshishi ta'minlanadi. Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari orasidan Rossiya tajribasini alohida ajratish kerak. Ayrim olimlarning tadqiqotiga ko‘ra Rossiya uchun quvib boruvchi model xos. Sanoat ishlab chiqarishida texnika qoloqligi, iqtisodiy o‘sishda quvib boruvchi variantning ishlatilishi qisqa muddat ichida g‘arb mamlakatlarida mavjud bo‘lgan mashina va asbob-uskunalar namunalari hisobidan texnik qurilmalar parkini yangilash imkonini beradi. Shu bilan birgalikda, Rossiyada yetarli rivojlangan fundamental tadqiqotlar tizimi, mashinasozlikda va kosmosni o‘zlashtirishda muhim yutuqlar mavjud. Shuning uchun u o‘zining ilmiy-texnik salohiyatiga tayangan holda, texnologiyada real o‘zgarishga erishishi va o‘zining yangi texnologiyalari bilan jahon bozoriga chiqishini ta'minlashi mumkin. Iqtisodiy o‘sishning asosiy manbalari va shart-sharoitlari quyidagilar: *tabiiy resurslar; *jamg‘arilgan jismoniy kapital; *ilmiy-texnik salohiyat; *inson kapitalining rivojlanish darajasi; *tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘sish darajasi (jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi darajasi). Aholi jon boshiga daromadlar darajasi oshishining asosiy manbai - boy resurslarning mavjudligidadir. O‘zbekiston boy tabiiy resurslarga, ya'ni neft, gaz, oltin, rangli va nodir metallarga, paxta, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yaxshi tabiiy sharoitga ega. Bu davlatning mustaqil iqtisodiyotini ta'minlash uchun qulay sharoitlar yaratadi, iqtisodiyotning o‘sishi va YaIM umumiy hajmining ko‘payishiga imkon beradi. Lekin bunday iqtisodiy o‘sish cheksiz davom eta olmaydi, chunki ishlab chiqarishning kengayishi natijasida foydalanilayotgan resurslardan samaraning pasayishi muqarrardir; yerlar hosildorligi pasayadi, qazib olinayotgan rudalarda foydali qazilmalar hissasi kamayadi va hokazo. O‘rni to‘ldirilmagan resurslarning sarfi o‘ziga teng baholanadigan nimanidir yaratilishi bilan to‘ldirilishi keraq aks holda mavjud resurslar nafaqat taraqqiyot uchun, balki xalqning erishilgan turmush darajasini qo‘llab-quvvatlashga ham yetmaydi. Ijobiy tarkibiy siljishlar - barqaror iqtisodiy o‘sishning zaruriy shartidir Davlat tomonidan barqaror rivojlanishga o‘tishning boshqarilishi Davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni tartibga solinishi quyidagi masalalarni yechishga qaratilgan: *mavjud resurslardan to‘laroq foydalanish; *Iqtisodiy o‘sishda umumiy iqtisodiy muvozanatdan chetga chiqishni bartaraf etish; *Xo‘jalik jarayonlari rivojlanishining xiyla ko‘proq barqaror tendensiyalarini ta'minlash; *Iqtisodiy barqarorlik bo‘lmagan sharoitda sog‘lomlashtiruvchi xo‘jalik dasturlarini qabul qilish; *Iqtisodiy o‘sish ijtimoiy manfaatlarga zarar yetkazgan holatlarda ekologik va sotsial xarakterdagi cheklashlarni qo‘llash. Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha sodir bo‘ladi. Davlat yalpi talabga, taklifning o‘sishiga ta'sir eta oladi, fundamental ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga mablag‘ jamg‘ara oladi, ta'lim rivojlanishiga o‘zining hissasini qo‘sha oladi, siklga qarshi (antitsikl) boshqarishni qo‘llay oladi va imkoniyat darajasida, sog‘lomlashtirish dasturini amalga oshiradi. Davlat aholi barcha qatlamlari daromadlarining o‘stirishga yo‘naltirilgan, puxta o‘ylangan sotsial siyosatni qo‘llab sotsial ziddiyatlarni yumshatadi bartaraf etadi va iqtisodiy o‘sishning barqarorligini kuchaytiradi. Davlat jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llab, soliq stavkasini tartibga solib va soliq imtiyozlarini qo‘llab investitsiyani ko‘paytirishni rag‘batlantirishi mumkin. Download 34.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling