Globallashuv jarayonida talaba-yoshlarning intelektual imkoniyati: muammo,taklif hamda yechimlar
Download 419.06 Kb. Pdf ko'rish
|
globallashuv-jarayonida-talaba-yoshlarning-intelektual-imkoniyati-muammo-taklif-hamda-yechimlar
167
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz to'landi lekin qolgan yarimini hozir o'qiydigan bo'lsam qay yerdan topaman?» deb chuqur o'yga botadilar va o'zlarini ishga urishadilar.Shu talabalar uchun masofadan o'qish qulayliroq. Masofaviy o‘qitish usuli an’anaviy ta’lim shakllaridan farq qiladi. U o‘quvchi- talabalarni o‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkonini beradi. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayonida o‘quvchi-talabalarga ilmiy axborot va ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan tarmoq orqali o‘zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‘quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma’lumotlarni yig‘ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishilishi kutilmoqda. Ta’lim- tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va turli samarali texnologiyalardan foydalaniladi. Masofaviy ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta’lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlarning jahon ta’lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni qo‘lga kiritishni ta’minlashi shubhasizdir. Masofaviy o‘qitish usuli mutaxassis o‘qituvchi (pedagog)larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo'lsak hozirgi kunda bilim olishning ham zamonaviy ham qulay yo'lkaridan foydalanib bilim olish biz uchun ham bir qancha mumkinliklarni berib turibdi. Men o'zim qozoq millati vakili bo'lishimga qaramay O'zbekiston mamlakatida o'qishga kirish nasib etdi ya'ni men qozoq tilida bilim olganman lekin, testlar davlat tilida bo'lishidan xabarim bor edi. Qanday qilib test topshiraman qiynalaman ku deb o'ylagan edim. Lekin qarasam bizlarga juda katta imkoniyat berilgan ekan ,keyin xabar topdim. O'z ona tilimda test topshirdim va talaba nomination sazovor bo'ldim. Bu bilan men demoqchimankiy chet elga o'qishga ketishni o'ylab yurgan abiturentlarga beradigan shaxsiy maslaxatim o'zimizning mamlakatda ham chet el mamlakatlaridagiday zamonaviy texnologiyalarga asoslangan metodlardan foydalanilgan holda bilim berilmoqda va bilimli kadrlar yetishtirilib chiqayotganligini aytib o'tmoqchiman. Download 419.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling