Globallashuv sharoiti mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib yubordi
Download 1.3 Mb.
|
disertatsiya 2023 dars
Investitsiya krediti – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari normal faoliyat yuritishida zarur bo‘lgan qurilish, rekonstruksiya yoki texnikaviy qayta qurollantirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va loyiha ekspertizasini o‘tkazish, asbob-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlar o‘tkazilishini o‘z ichiga olgan holda) hamda boshqa asosiy fondlarni sotib olish yoki yaratish va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ishchi kapital qismini sotib olish uchun mo‘ljallangan kredit.
Investitsiya kreditlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, bankda talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlariga, mulk shaklidan qat’iy nazar, milliy va chet el valyutada taqdim qilinadi. Bank, qarzdorlarga chet el valyutasida investitsiya kreditlarini taqdim qilinishi to‘g‘risida masalalarni hal qilishda maxsus e’tiborni, kreditlanayotgan tadbirlarning valyutada o‘zini qoplashidan iborat asosiy prinsipdan kelib chiqqan holda, kredit so‘ndirilishining manbalari mavjud bo‘lishiga qaratadi. Investitsiya kreditlari qarzdorlarga qaytarishlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli ishlatilishi shartlarida beriladi. Qarzdorlar bankning kredit resurslari samarali ishlatilishi yuzasidan javobgardir. Kreditlash shartlari buzilgan hollarda ularga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralari qo‘llaniladi. Investitsiya kreditlari bankning o‘z va jalb qilingan kredit resurslari hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy va chet el valyutada operatsiyalari bo‘yicha o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga amal qilgan holda, taqdim qilinadi. Investitsiya krediti bank va qarzdor o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan tijorat shartlarda taqdim qilinib, foizlar milliy valyutada (kredit milliy valyutada berilganda) va chet el valyutasida (kredit chet el valyutasida berilganda) undiriladi. Kreditlash shartlari yuzasidan har qanday o‘zgartirishlar kredit shartnomaga qo‘shimcha kelishuv rasmiylashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Investitsiya krediti berish muddati loyihaning maqsadi, texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra loyihaning o‘zini oqlash muddati, loyiha oxiriga yetkazilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liq boshqa holatlarni inobatga olib, 5 yildan (60 oydan) oshmagan davrga belgilanadi. Investitsiya kreditini taqdim qilish to‘g‘risida masalani hal qilishda, kreditni qoplash manbai va garovlariga, oldin berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorning bank oldidagi majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling