Globallashuv sharoiti mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini ham jadallashtirib yubordi


Investitsiya loyihasi tashabbuskori bo‘lgan qarzdor malakasiga talablar


Download 1.3 Mb.
bet3/32
Sana14.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1003904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
disertatsiya 2023 dars

Investitsiya loyihasi tashabbuskori bo‘lgan qarzdor malakasiga talablar:
- yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan qarzdor o‘rnatilgan tartibda tashkil qilinib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak;
- qarzdorning moliyaviy holati qoniqarli bo‘lishi kerak, u loyiha muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bankrotlik yoki boshqa sud va suddan tashqari ko‘rib chiqishlar xavfi oldida turmagan bo‘lishi kerak;
- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan qarzdorlarning loyihalari bank kredit siyosati talablariga muvofiq bo‘lsa, ular investitsiya kreditlarini olish yuzasidan ustivor huquqga ega bo‘ladilar;
- investitsiya loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan bank tavakkalchiligini minimallashtirish maqsadida, loyiha umumiy qiymatidan qarz oluvchining o‘z mablag‘lari 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar investitsiya loyihasi bo‘yicha kredit qaytarish ko‘rsatkichlari bank uchun ma’qul bo‘lsa, ayrim hollarda bank kengashi ruxsati asosida, Kredit komissiyasi qarzdorning loyihadagi o‘z mablag‘lari ulushini kamaytirish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Investitsiya kreditini olish uchun qarzdor filialning kreditlash bo‘linmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:

  • investitsiya kreditini olish uchun ariza (kredit buyurtmasi), bunda majburiy tartibda, so‘ralgan investitsiya kreditining maqsadi, summasi, to‘lov valyutasi, muddati va ta’minoti ko‘rsatiladi;

  • qarzdorning ta’sis hujjatlari nus’halari (ustav, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma, faoliyatini amalga oshirish uchun ma’muriy idoralardan olingan litsenziya). Bunda, muddati o‘tgan barcha hujjatlar yangilanishi yoki muddati uzaytirilishi (prolongatsiya qilinishi) kerak;

  • investitsiya kreditini olish yuzasidan ta’sischilarning rozilik bildirish haqida majlis qarori;

  • investitsiya loyihasini butun kreditlash davri davomida qarzdorning bank hisobvarag‘iga kelib tushadigan pul tushumlar istiqboli (pul oqimi) majburiy tartibda ko‘rsatilgan biznes-reja. Bundan tashqari, biznes-rejada yana quyidagilar ifodalanishi kerak: kreditlanayotgan tadbirning texnik-iqtisodiy asoslantirilishi va loyihaning o‘zini qoplashi; sotib olinayotgan tovar tavsifi, sotuvchi mamlakati, qiymati, asbob-uskunalar sotib olinayotganda esa – zarur xom-ashyo bilan ta’minlash haqida ma’lumotlar; butun qurilish davri davomida qurilish ishlari, uskunalarni sozlash va ishlab-chiqarish quvvatlarni o‘zlashtirish bo‘yicha majmuaviy jadval; kredit ishlatilishi va so‘ndirilishi yuzasidan hisob-kitoblar; loyiha ishlab-chiqarish-tijoriy faoliyatini normal ishga tushirilishini va investitsiya loyihasini amalga oshirilishi muddatlari kreditlash shartlari bilan to‘g‘ri kelishini ta’minlaydigan potensial xaridorlar bilan tayyor mahsulotni sotib olish yuzasidan tuzilgan kelishuv bayonnomasi va shartnomalari; investitsiya loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi boshqa ma’lumotlar;

  • oxirgi ikki hisobot yili bo‘yicha tuman (shahar) davlat soliq idorasi tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-sonli shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotlar (2-sonli shakl) nusxalari, 90 kundan ortiq qarzdorliklar yuzasidan solishtiruv bayonnomalar nusxalari ilova qilingan holda debitor va kreditor qarzdorliklar yoyilmasi;

  • qarzdorning qoniqarli moliyaviy ahvolini tasdiqlaydigan auditorlik tashkiloti xulosasi nusxasi (O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» qonuniga muvofiq auditorlik tekshiruvlar amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan korxonalarga tegishli);

  • boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lar va boshqa banklarda saqlanayotgan bo‘sh pul mablag‘lari mavjudligi haqida ma’lumotnoma hamda o‘z kapitali bilan boshqa korxonalar tashkil qilinishida qatnashishi to‘g‘risida ma’lumotlar;

  • qarzdor nomidan kredit shartnomani imzolash huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, imzolar namunasi;

  • investitsiya kreditini qaytarilishi ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar;

  • Bank ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

Ayrim hollarda, filialning kreditlash bo‘linmasi investitsiya loyihasini tahlili jarayonida zarur bo‘lganda qarzdordan uning moliyaviy holati hamda ko‘rib chiqilayotgan masalada u taqdim qilayotgan ta’minotga tegishli qo‘shimcha hujjat yoki ma’lumotlar talab qilishi mumkin.
Investitsiya kreditining so‘ndirilmaslik xataridan saqlanish uchun qarzdor, loyihani amalga oshirish uchun, bankka ma’qul bo‘lgan ta’minotni taqdim qilishi kerak. Ta’minotga asosiy talab – uning tez va erkin sotilishi. Qarzdor quyidagi ta’minotlardan birini taqdim qilishi mumkin:
- qarzdorga tegishli mulk garovi yoki yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan uchinchi shaxslar mulk garovi;
- bank uchun ma’qul bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari kafolati yoki sug‘urta polisi;
- tekshirilgan to‘lov layoqatliligi va barqaror moliyaviy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi uchinchi shaxslar kafilligi (bank oldida hozir yoki oldin muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan, bankka ma’qul bo‘lmagan kreditga layoqatliligiga ega bo‘lgan, zarar bilan ishlaydigan tashkilotlar, nolikvid balansga ega bo‘lgan tashkilotlar kafilligi qabul qilinishi mumkin emas);
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va investitsiya kreditini etarli darajada himoyalanganligi yuzasidan oqilona ishonch beradigan va sotilishi mumkin bo‘lgan boshqa ta’minot turlari.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling