Globallashuv va ekologiya. Globallashuv sharoitid ekologiya soxasida vujudga kelayotgan ayrim muammolar


Download 277 Kb.
bet9/27
Sana18.06.2023
Hajmi277 Kb.
#1581542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Globallashuv va ekologiya

Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kiradi va pirovardda u halok bo‘ladi deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma'lum darajada e'tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hyech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. Chunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.
Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit'alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o‘sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va boshqalar tobora bo‘rtibroq namoyon bo‘la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o‘rin olib, qizg‘in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.
Ko‘rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki urinishlarning o‘ziyoq texnokratik tendensiyalarga zid bo‘lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e'tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan holdir.
Ko‘pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o‘z o‘tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning yangi to‘lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‘lqin ta'sirida paydo bo‘lgan g‘oyalar «aksiliste'mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o‘rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo‘lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo‘yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‘oyasi ham shubha ostiga olindi. O‘z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‘riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo‘ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‘xtatish» taklif qilindi.

Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling